N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


— mezoderma; 8 — nefrotom; 9 — splanxnotom visseral varag'i; 10 —



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

— mezoderma; 8 — nefrotom; 9 — splanxnotom
visseral varag'i; 10 — pariyetal varag ‘i; 11 — ichak endodermasi;
12 — qon hujayralari; 13 — ektoderma
Embrion tanasidan tashqarida joylashgan ektoderma, mezo­
derma va endoderma sariq modda yuzasi bo'ylab o ‘sa boshlaydi. 
Har 
uchala embrion varag'i hisobiga tana burmasi shakllanib, u 
embrionni sariq moddadan ajratib turadi, embrion varaqlarining 
embrion qismi va embriondan tashqarida joylashgan qismlari endi 
aniq 
tafovut qilinadi.
41


Embrion varaqlarining embriondan tashqi qismlari hisobiga 
embrion pardalari hosil bo'ladi.
Embriondan tashqi ektoderma va mezodermaning parietal 
(tashqi) varag'i asta-sekinlik bilan embrionning dorsal tomoniga 
qarab bukilib o'sadi. Bu o'smalar amnion burmalar nomini oladi. 
Amnion burmalari o'sishda davom etib bir-biri bilan tutashadi. 
Bunday tutashuv dastlab bosh qism ustida yuz berib, keyin 
tutashuv kaudal tomonga qarab tarqaladi. Amnion burmalarning 
tutashuvi natijasida ikkita parda - amnion va seroz (zardob) parda 
hosil bo'ladi 
(10-rasm).
Amnion (amnion-kosa) iehida suyuqlik to'planuvchi parda 
bo'lib, bu suyuqlik embrionni hamma tomonidan o'rab turadi. 
Suyuqlik am nion hujayralari tom onidan ishlab chiqariladi. 
Amnion yoki suv parda dastlab quruqlikda hayot kechiruvchi, 
embrional taraqqiyoti quruqlikda o'tadigan hayvonlardan reptiliya- 
larda paydo bo'ladi va embrion atrofida suyuq, suvli muhit yaratadi. 
Yuqori umurtqalilar — reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilar 
am niotlar (am nion pardaga ega hayvonlar), bunday pardasi 
bo'lmagan (tuban) hayvonlar anamniyalar deb ataladi.
Amnion ichidagi suyuqlik embrionning nozik to'qimalarini 
m exanik shikastlanishdan saqlaydi. A m nion hosil bo'lishi, 
shuningdek suyuqlashgan sariq m odda ichiga em brionning 
cho'kishi nofaol hodisa bo'lm asdan, balki tana burmasi va 
em briondan tashqi qismlarning hosil bo'lishi bilan bog'liq. 
Reptiliyalar amnioni hali mezoderma paydo bo'lmasdan shaklla- 
nadi, proam nion deb atalib, faqat ektoderm adan iborat va 
muskulga ega emas.
Qushlarda amnion burmasi oqsilning ko'pligi sababli sekinroq, 
Inkubatsiyaning uchinchi kunida hosil bo'ladi, bu paytgacha esa 
mezoderma hosil bo'lib ulguradi. Amnionning qisman muskul 
to'qimaga aylanuvchi mezodermasi, uning ritmik ravishda qisqa- 
rishini ta ’minlaydi. Binobarin, amnion suyuqligi doimo aralashib 
turadi, embrion terisi ishlab chiqargan zararli moddalar embrion 
yaqinida to'planib qolmaydi.
Seroz (zardob) parda amnion burmalarining tashqi qismi 
hisobiga hosil bo'ladi, uning barcha pardalari bilan birga tashqaridan
42


o'rab turadi. Bu parda embrion pardalaridan yana biri — allantois 
bilan birgalikda gazlar almashinuvi, mineral moddalaming embrion 
tanasiga yetkazilishida xizmat qiladi. Amnion hosil bolguncha 
suyuq muhit rolini o‘tagan tuxum oqsili, keyinchalik sariq modda 
tagiga qarab siljiydi.
Seroz pardaning tuxum po‘chog‘iga zich tegib turadigan 
hujayralari p o ‘choqdagi tu zlarn i erishi, em brion tanasiga 
yetkazihshini ta’minlaydi.
Embriondan tashqi endoderma mezodermaning visseral varag‘i 
bilan birga sariq moddaning ustiga o ‘sishda davom etib, sariq 
modda xaltasini hosil qiladi. Sariq xalta ichida tuxum sarig‘ining 
maydalanmasdan qolgan qismi joylashgani uchun embrionning 
oziqlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sariq xalta devori 
boshlanglch qon hujayralari va qon tomirlari hosil boMishida

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish