N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


Y  jinsiy xromosomaga ega bo'ladi. 35



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B


jinsiy xromosomaga ega bo'ladi.
35


Shaklianish davri — «nishonlangan» atomlar bilan o‘tkazilgan 
tekshirishlaming ko‘rsatishicha, yetilish va shaklianish davridagi 
erkaklik hujayralarida murakkab o‘zgarishlar yuz berishiga qara- 
may, ularga tashqaridan moddalar kirishi keskin 
tormozlanadi.
Sitoplazmaning eng faol zonasi — plastinkali kompleks zonasi 
hisobiga m ukopolisaxaridlarga boy akrosom a hosil b o la d i, 
o ‘zakning akrosom aga qaram a-qarshi tom onida sentriollar 
joylashadi. Distal sentrioldan dumchaning o‘q ipchasi o£sadi. Distal 
sentriolning ikkiga bolinishidan hosil bo‘lgan halqa dumcha o‘sishi 
bilan o‘q ipcha bo‘ylab orqaga suriladi va o‘zi bilan sitoplazma, 
mitoxondriyalami ergashtirib ketadi hamda bog‘lovchi bolim ni 
hosil qiladi. Sitoplazma orqaga qarab siljishni davom ettirib, 
dumcha asosiy bo‘limining qobiglni hosil qiladi. Spermatidaning 
spermiy tarkibiga kirmagan qismlari so‘rilib ketadi.
Oogenez (ovogenez) uch davr: ko‘payish, o ‘sish, va yetihsh 
davrlariga bo'linadi. Bu jarayonning spermatogenezdan muhim 
farqi shuki, u juda uzoq davom etadi. Ovogenezning ko£payish 
davri embrionning tuxumdonida yuz beradi, organizm tug‘ilish 
vaqtiga kelib tugallanadi. Ayrim tadqiqotchilar bu jarayon 
kemiruvchilarda hayvonning butun umri davomida yuz berishini 
qayd qiladilar. Organizm tug‘ilgach, tez orada uning tuxumdonida 
ovogenezning o£sish davri boshlanadi.
Tuxum hujayraning etilishi urg£ochi hayvon jinsiy balog£atga 
etgach, ovulyatsiyadan (uchlam chi follikul yorilib, ovotsit 
tuxumdondan chiqqandan) so£ng yuz beradi.
K o£payish davridagi yosh tuxum hujayralar — oogoniyalar 
nisbatan mayda, sitoplazmasi kam bo'lib, yanada maydaroq 
follikulyar hujayralar bilan o'ralgan.
0 £sish davri spermatogenezning o£sish davriga nisbatan ham 
murakkabroq bo‘lib, bu davrda meyozga tayyorgarlik bilan birga 
oziq moddalarning to £planishi ham yuz beradi. O'sayotgan hujay­
ralar birinchi tartibli ovotsitlar deyiladi. Ko‘payish davrining oxirgi 
bolinishidan keyin hosil bolgan yosh birinchi tartibli ovotsitlar 
interfaza holatiga olm asdan, bolajak meyozga tayyorgarlik k o la
boshlaydi (bu jarayonning batafsil bayoni genetika kursida berila- 
di), ya’ni leptoten, zigoten, paxiten va diploten fazalami o lad i.
36


Keyin xromosomalar bir-biridan uzoqlashadi, despiralizatsiyaga 
uchraydi va o'sish davrining oxirigacha ko'rinmay qoladi. Bu 
vaqtda ovotsitda sintetik jarayonlar intensiv ravishda boradi va 
bunda xromosomalar faol qatnashadi. Birinchi tartibli ovotsitda 
moddalar to'planishi ikki faza — previtellogenez (kichik o ‘sish 
fazasi) va vittellogenez (katta o ‘sish fazasi)ga bo‘linadi.
Previtellogenezda kelajakda yuz beradigan oqsil sinteziga 
tayyorgarlik k o ‘riladi: sitoplazm a k o'payadi, ribosom alar, 
mitoxondriyalar soni ortib, plastinkali kompleks strukturalari 
taraqqiy qiladi. 0 ‘zak yaqinida «sariqlik tana» yoki «initoxondrial 
bulut» hosil boladi. Mitoxondria 1 bulut tarkibiga organellalar bilan 
birga yog' tom chilari ham kirishi mumkin. R N K sintezida 
o ‘zakchaning roli ham sezilarlidir.
Vitellogenezda intensiv ravishda oqsillar sintezlanadi va sariq 
modda to'planadi. Bu jarayonda ovotsitni kerakli moddalar bilan 
ta’minlaydigan follikulyar hujayralar ham faol ishtirok qiladilar. 
Follikulyar hujayralarga yaqin zonada birinchi tartibli ovotsitning 
po‘stloq (kortikal) qavatida sitoplazmaning mitoxondriyalarga boy 
faol qavati hosil boladi.
Poliletsital tuxum larda sariq m odda to'planishi, ayniqsa, 
intensiv boradi. Masalan: tovuqlarda ovotsit diametri 6 mm ga 
yetishi bilan sariq modda to'planishi keskin ortadi, bir kecha- 
kunduzda 2 mm qalinlikda, keyingi 24 soat ichida esa 5000 mm3 
gacha sariq modda to ‘planadi. 5—8 kun davom etadigan vitel- 
logenez fazasida jami sariq moddaning 99 foizi hosil boladi. Sariq 
modda sintezlanishida butun organizm, ayniqsa, jigar faol ishtirok 
qiladi va hosil bolgan sariq modda qon orqali ovotsitga keladi. 
Previtellogenezda moddalar ovotsitning o‘zida o'zak va uning 
atrofida joylashgan organellalaming faol ishtirokida yuz bersa, 
vitellogenezda m oddalar qism an yoki batam om ovotsitdan 
tashqarida sintezlanadi.
Bu paytda organellalar butun sitoplazma bo'ylab tarqalgan 
boladi yoki kortikal zonada joylashadi.
Yetilish ketma-ket yuz beradigan ikki marta bo'linish (meyoz) 
bolib, odatda tuxumdondan tashqarida, ayrim hollarda hatto urug' 
hujayra ovotsitga kirishidan so'ng amalga oshadi. Bu jarayon
37


natijasida tuxum hujayra gaploid holatga o'tadi. Birinchi tartibli 
ovotsitning bo‘linishidan ikkinchi tartibli ovotsit va birinchi tartibli 
reduksion tanacha hosil bo'ladi, ikkinchi tartibli ovotsitning 
bo'linishi natijasida yetilgan tuxum hujayra va ikkinchi tartibli 
reduksion tanacha vujudga keladi. Reduksion tanachalar ikkinchi 
tartibli ovotsit va yetilgan tuxum hujayraga nisbatan ko‘p marta 
kichik, ular yordamida yetilayotgan tuxum hujayrasi «ortiqcha» 
xromosomalardan xalos bo'ladi. Ular tez orada so'rilib ketadi. 
Yetilish (meyoz)ning ikkinchi bo'linishida tuxum hujayrasining 
sentrosomasi yo'qoladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish