N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

gistopreparatini о‘rganish
Mashg‘ulotning maqsadi:
1. Me ’da va ichaklar tuzilishining о ‘ziga xosliklari bilan tanishish;
2. Me ’da tubi va 12-barmoq ichak preparatlarini о ‘rganish, chizish va belgilash.
♦ Gistopreparat
Yirtqichlar me’dasining fundal bolim i. Mushuk me’dasi 
(65-rasm).
Gematoksilin va eozin bilan bo‘yalgan.
Yirtqichlar rne’dasining fundal bo‘limi ba’zi bir o‘ziga xosliklari 
bilan ajralib turadi. Fundal bo‘lim preparati o‘rganish, ayniqsa, 
chizib olish, ancha qiyinchiliklar bilan bog‘liq preparatdir. Me’da 
tubi shilliq pardasini qarab chiqish bilan chegaralanamiz. Preparatni 
kichik obyektivda o‘rganamiz va chizib olamiz. Me’da chuqur- 
chalari (
1
) mushukda chuqur emas, ammo og‘zi ancha kengdir. 
Chuqurchalarni qoplovchi bir qatlamli prizmatik epiteliy (2) apikal 
qismi keskin shilliqlangan baland bo‘yli hujayralardan iborat. Bu 
yerda me’da chuqurchalari orasida shilliq pardaning epiteliyosti 
xususiy qavati (3) yaxshiroq ko'rinadi. 0 ‘z shakliga ko‘ra oddiy 
naysimon bezlarga kiruvchi fundal bezlar (4) xususiy qavatni 
butunlay egallab yotadi. Bez tanasida o'zining oksifilligi bilan ajralib 
turuvchi pariyetal glandulotsitlar (5), ular orasida chegaralari aniq 
ko'rinmaydigan asosiy glandulotsitlar (
6
) ko'rinadi.
Bezning tub qismida bez bo'shlig'ini (7) farq qilish mumkin.
Tub qismi faqat bosh hujayralardan iborat. Ammo mushuk me’dasi
bezlarining tub qismlari aniq ifodalangan qavat hosil qilmaydi.
Fundal bezlar naychalarining turli yo'nalishdagi kesimlari orasida
xususiy qavat biriktiruvchi to'qimasining yupqa qatlamchalarini
(3) ko‘rish mumkin. Yirtqichlarda bezlar tubi tagida hujayralarga
boy va donador qavat (
8
) nomini olgan biriktiruvchi to‘qima ajralib
turadi. Uning tagida yirtqichlar me’dasiga xos boigan yana bir
qavat ~ kompakt qavat (9) ajralib turadi. Bu qavat yirtqichlar
me’dasi kesimlarida doimo yaxshi farqlanadigan gomogen oksifil
tasmacha ko‘rinishiga ega. Bevosita uning ostida shilliq pardaning
muskul qavati (
10
) joylashadi: yirtqichlarda u kavshovchilardagiga
231


nisbatan yaxshiroq rivojlangan va muskul tolalaming ikki qavaiidan 
iborat. Ichki qavat yupqaroq va muskul tolalari sirkulyar joylash­
gan, tashqisi qalinroq va tolalari uzunasiga joylashgan bog'lam- 
chilardan tuzilgan. Chuqurroqda shilliq pardaning oxirgi qavati 
juda yumshoq (siyrak) biriktiruvchi to ‘qimadan iborat va ancha 
qalin shilliqosti qavat (II) yotadi. Unda qon va limfa tomirlarining 
kesimlari, shuningdek shilliqosti chigalining nerv tugunlari 
uchraydi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish