Surunkali periodontitlarni davolash
Surunkali periodontitni davolash og‘riqsiz kechadi. Surunkali pe-
rio dontitlarni muvaffaqiyatli davolash uchun ildiz kanallari o‘tuvchan
bo‘lishi kerak. Surunkali fibroz periodontitda ildiz kanali apikal te-
shikkacha, surunkali granulyatsiyalovchi va granulematoz periodon-
titda ildiz apikal teshigidan oshirib plombalanadi.
Bemorning birinchi kelishida kariyes kovagiga ishlov, shakl berilib,
pulpa bo‘shlig‘i kengaytirilib, pulpekstraktor yordamida chirigan, par-
chalangan pulpa to‘qimasini ohistalik bilan bosqichma-bosqich chi-
qariladi. Tozalangan ildiz kanali antiseptik modda eritmasi 2% xlora-
min, 0,1% xlorgeksin bilan yuviladi, quritiladi. Ildiz kanalida anti-
septik modda yoki fermentli turunda vaqtinchalik germetik plomba
ostiga qo‘yiladi.
Bemorning ikkinchi kelishida vaqtinchalik plomba, turunda olib
tash lanadi. Ildiz kanaliga ximik ishlov berilib quritilgandan so‘ng
plom balanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |