Nervlarning jarohatlanishi. Nervlarning jarohatlanishi oqiba-
tida travmatik nevrit bo‘lishi va bunda bemor ushbu nerv inerva tsiya si
(nerv tolalari bilan ta’minlanishi) sohasida doimiy simillov chi og‘riqlar
bo‘lishidan shikoyat qiladi. Pares teziyada esa nerv iner vatsiyasi soha-
sida sezish hususiyati pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Pastki jag‘ning inyeksiyadan so‘nggi kontrakturasi. Pastki jag‘-
ning inyeksiyadan so‘nggi kontrakturasida pastki jag‘ harakati chega-
ra lanib qoladi va natijada bemor og‘zini to‘liq ocha olmaydi.