Ortopantomografiya. Ortopantomografiya usulida bitta plyonkada
tasvir yoyilgan va kattalashtirilgan holatda aks ettiriladi. Bu esa tekshi-
rilayotgan sohani boshqa sohalar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi.
Tomografiya. Tomografiya to‘qima va organlarning ma’lum qatla-
mini rentgen tasvirini aks ettiradi. Rentgenografiyaning ushbu usuli
tek shi rilayotgan to‘qimani qatlamma-qatlam o‘rganish, tekshirish im-
koniyatini beradi.
Elektroodontometriya. Elektroodontometriya usuli tish pulpasi
va parodont to‘qimasining elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga
asos langan. Bu tekshirish usuli maxsus apparatlar (EOM-REOM-3,
UVN-1) yordamida amalga oshiriladi. Sog‘lom tishlar 2–6 mkA da,
chuqur kariyes 20–40 mkA da, pulpaning faqat toj qismida yallig‘-
lanishi 60 mkA da og‘riqli reaksiya bilan javob beradi. EOD da
og‘riqli reaksiya 100 mkA dan katta bo‘lsa, pulpaning toj va ildiz
qism lari nobud bo‘lganligidan, hamda periodont to‘qimasida pato logik
o‘zgarish bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Elektro odontometriya
solishtirma tashxis o‘tkazish uchun tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |