N. A. Parpiev, X. R. Raximov, A. G. Muftaxov Anorganik kimyo nazariy asoslari



Download 17,87 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi17,87 Kb.
#481210
Bog'liq
N.A.Parpiev(1)


N.A.Parpiev, X.R.Raximov, A.G.Muftaxov
Anorganik kimyo nazariy asoslari
I-bobidan savol javoblar.



  1. M.Djua va butun dunyo olimlarining kimyoning rivojlanishini ajratgan beshta davrni ayting.

  • Alkimyoda avvalgi davr

  • Alkimyo davri

  • Kimyoviy bilimlarning birlashishi

  • Miqdoriy qonunlar davri

  • Xozirgi zamon kimyosi.

  1. Dastlab “Alkimyogacha” amaliy kimyo rivojlangan davlatlar qaysilar?

Misr, Mesopotamiya, Xindiston, Xitoy.

  1. Kimyo soʻzining maʼnosi?

2 ta fikr bor.
Kimyo-arabcha “qora” soʻzidan
Kimyo-yunoncha “asl metal ishlab chiqarish texnologiyasi”.

  1. Kimyoga dastlabki falsafiy qarashlar qaerda shakllanadi?

Yunonistonda.

  1. Materiya qaerdan kelib chiqqan savollar asnosida Yunon olimi Fales qanday fikrni bildiradi?

Dastlabki materiya suv boʻlib, barcha narsalar suvdan xosil boʻladi.

  1. Yunon olimlari Fales, Anaksimen, Geraklit, Empedokl, Levkip-Demokrit materiya qaysi unsurlar asosiga qurilgan deydi?

  • Fales-suv

  • Anaksimen-xavo

  • Geraklit-olov

  • Empedokl-suv, xavo, olov, tuproq

  • Levkip-Demokrit- atom

  1. Misrni arablar zabt etgach kimyo qanday nomlandi?

Alkimyo

  1. Abu Rayhon Beruniyning “Qimmatbaho toshlarni bilib olish boʻyicha maʼlumotlar toʻplami” asari oʻz davri uchun qaysi soxaga asosiy qoʻlyozma boʻldi?

Madanshunoslik

  1. Alkimyo davrining asosiy maqsadi?

  1. Falsafa toshi nazariy jihatdan qanday kuchga ega edi?

Temirni oltinga, kamida kumushga aylantirishi kerak edi

  1. Alkimyogacha va Alkimyo davrida Arastu (Aristotel) unsurlari?

  • Alkimyogacha- “suyuqlik”,”issiqlik”,”quruqlik”ning dastlabki materiya “kvintessensiyaga” qoʻshilishi.

  • Alkimyo davrida- 7 ta 1. Xavo 2. Olov 3. Suv 4. Tuproq 5. Oltingugurt 6. Simob “metallik” 7. Tuz “eruvchanlik”

  1. Element tushunchasiga R.Boyl taʼrifi?

Murakkab moddalar parchalanganda xosil boʻladigan oddiy moddalar.

  1. Flagiston nazariyasi va asoschisi asoschisi?

G.Shtaling- yonuvchi moddalar oʻzida maxsus qisim “flagiston” saqlash nazariyasi.

  1. J.Pristli qanday moddani toza flagiston deb nomladi?

Vodorod

  1. M.Lomonosov qay tariqa flagiston nazariyasi notoʻgʻriligini isbotladi?

Metallar yopiq sharoitda qizdirilganda massa oʻzgarishi (flagiston oʻzgarishi) boʻlmadi. Ochiq havoda metallar havo bilan birikish gʻoyasini berdi.

  1. M.V.Lomonosov flagiston tajribalarini kim takrorladi?

A.Lavuaze

  1. M.V.Lomonosov matematika va fizikaning zichlik, yorugʻlik sindirish, qaynash temperaturasi kabi tushunchalar asosida moddani xarakterlash asnosida qaysi fanga asos soladi?

Fizik kimyo

  1. A.Lavuaze flagiston nazariyasi oʻrniga kislorod nazariyasi orqali qaysi qonuni taʼrifladi?

Modda massasining saqlanish qonunini

  1. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi kim tomonidan yaratiladi?

A.M.Butlerov

  1. Oʻrta Osiyoda birinchi kimyo laboratoriyasi qaysi shaharda tashkil etiladi?

Toshkent 1870-yil.

  1. Oddiy modda tushunchasini taʼriflang.

Oddiy modda- kimyoviy elementning erkin xolda mavjud boʻla oladigan turi. 400 dan ortiq.
Faqat bir element atomidan tashkil topgan moddalar.

  1. Murakkab modda tushunchasi, noorganik va organik murakkab moddalar soni qancha?

Bir necha element atomidan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar boʻlib 200 mingdan ortiq noorganik, 10 milyondan ortiq organik shakli bor.

  1. Materiyaning eng katta tezligi qancha!

Yorugʻlik tezligi c=300 000 km/s

  1. Enshteynning massa-energiya bogʻliqligi tenglamasi?


E- energiya oʻzgarishi
m- massa oʻzgarishi
c-yorugʻlik tezligi

  1. Modda massasining saqlanish qonuni asoschilari kimlar?

Dastlab M. V. Lomonosov , keyinchalik A .Lovuaze tomonidan modda massasining saqlanish qonuniga taʼrif berilgan.

  1. Modda massasining saqlanish qonunining taʼrifi qanday?

(15) Kimyoviy reaksiyalarda qatnashuvchi dastlabki moddalar massalarining yigʻindisi reaksiya maxsulotlari massalarining yigʻindisiga tengdir.

  1. Reaksiyada katta energiya ajralishida yoʻqolgan modda massasini topish formulasi?

(15)


  1. Yadro reaksiyalari uchun modda massasi saqlanish qonunidagi oʻzgarishlarni qanday atash mumkin?

(15) Materiya saqlanishi.

  1. Dastlabki tarkibning doimiylik qonuni kim tomonidan aniqlanib, taʼriflanadi?

(15) A.Lavuaze aniqlab, “xar qanday kimyoviy toza moddani tashkil etuvchi elementlarning massalari oʻzgarmas nisbatda” deya taʼriflanadi.

  1. Tarkib doimiyligi toʻgʻrisidagi Bertolle nazariyasi qanday?

(15) Reaksiya maxsulining miqdoriy tarkibi reaksiyaga kirishuvchi moddalar miqdoriga bogʻliq.

  1. Tarkibning doimiyligini kim isbotlab, qay tariqa taʼrif berdi?

(16) J.L.Prustning-Tarkibning doimiylik qonuni “xar qanday kimyoviy toza modda, olinishi usulidan qatʼiy nazar, oʻzgarmas miqdoriy tarkibga ega”.

  1. Bertoletlar va daltonitlar haqida tushuntiring.

(16) Akademik Kurnakov taʼbiriga koʻra oʻzgaruvchan –“Bertolled”, oʻzgarmas-“Daltonid” tarkibli moddalar.
Daltonitlar- gazlar, suyuqliklar, oson suyuqlanuvchi qattiq modda.
Bertolitlar- qattiq moddalar, koʻpchilik suyuqliklar,yuqori molekulyar birikmalar.

  1. Ikki elementning turli murakkab moddalar xosil qilishini ifodalovchi qonuni ayting.

(16) J.Daltoning karrali nisbatlar qonuni-“Agar ikki element birikib bir necha kimyoviy birikma xosil qilsa elementlardan birining birlik massa miqdoriga toʻgʻri keluvchi ikkinchi element massa miqdorlari oʻzaro kichik butun sonlar nisbatida boʻladi.

  1. Ekvivalent soʻzining maʼnosi va ekvivalentga taʼrif.

(17) Ekvivalent- teng qiymatli “teng kuchli” boʻlib, elementning bir massa qism vodorod, sakkiz massa qism kislorod bilan birika oladigan yoki ularga almashina oladigan miqdori.


  1. Kvivalentlar qonunining asoschisi va taʼrifi qanday?

(17) Volstoning ekvivalentlar qonuni- “Elementlar bir-biri bilan oʻzining ekvivalentiga proportsional miqdorda birikadi”.


  1. Dastlabki atom-molekulyar taʼlimot asoschisi va taʼriflari qanday?

(19) M.V.Lomonosovning atom-molekulyar taʼlimoti.

  • Barcha moddalar molekuladan tuzilgan boʻlib ular oraliq fazo bilan ajraladi.

  • Molekulalar atomlardan tashkil topgan.

  • Atomlar ham molekulalar ham toʻxtovsiz harakatda.

  • Atomlar aniq massa va oʻlchamga ega.

  • Oddiy modda molekulasi bir-xil atomdan, murakkab modda molekulasi turli atomlardan tashkil topgan.

Izoh; Lomonosov asarida atom maʼnosida element, molekula maʼnosida korpuskula soʻzi qoʻlgʻanilgan.

  1. Geyl-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonunini ayting.

(21) Geyl-Lyussak xajmiy nisbatlar qonuni “Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gazlarning xajmlari oʻzaro va reaksiya natijasida xosil boʻladigan gazlarning xajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbatida boʻladi. Reaksiya bir xil sharoitda amalga oshirilganda.

  1. Bersellius Geyl-Lyussakning xajmiy nisbatlar qonunini qanday talqin qildi?

(21) Bir xil xajmda olingan moddalar atomlari teng boʻladi dedi.

  1. Avogadro qonuni qanday?

(22) Bir xil sharoitda teng xajmli gazlar molekulalari soni teng boʻladi.

  1. Molekula nima?

(23) Molekula moddaning mustaqil mavjud boʻla oladigan va moddaning kimyoviy xossalariga ega boʻlgan eng kichik zarrasi.

  1. Allatropiya nima?

(24) Muayyan kimyoviy element atomining bir-necha xil oddiy modda xosil qilish xodisasi allatropiya deyiladi.

  1. Kimyoviy element nima?

(24) Kimyoviy element- bir xil yadro zaryadiga ega boʻlgan atomlar turi.

  1. Avogadro soni nima?

(24) Moddaning 1moll miqdorida mavjud boʻlgan molekulalar soni Avogadro soni deb nomlanib

  1. Zich joylashgan zarrachalar 1moli xajmni egallasa xar-bir zarracha rasiusini qanday aniqlash mumkin.

(25)

  1. Avogadro qonunini ayting.

(25) Bir xil sharoitda hamma gazlar baravar hajmida bir-xil miqdorda molekula boʻladi.

  1. Klapeyro tenglamasini koʻrsating.

(26)

  1. Universal gaz doimiysi R-qanday aniqlanadi?

(26-27) Klapeyron tenglamasini 1moll gaz uchun xisoblab olib uning qiymatini universal gaz doimiysi deb belgilaymiz.


  1. Endeleyv-Klapeyron tenglamasini koʻesating.

(26)


  1. Daltoning parsial bosimlar yigʻindisi umumiy bosimga tenglogini ifodalovchi formulasini (Umumiy bosim uchun Dalton formulasi) koʻrsating.

(28)

  1. Nisbiy atom massasini aniqlash uchun Dyulong-Pti qoidasi nimag asoslangan?

(32) Qattiq xoldagi elementlar uchun nisbiy issiqlik sigʻimi koʻpaytmasi oʻzgarmas miqdor 26 ga teng boʻladi. Yani:
A*C=26

  1. Kanitsaro usulida atom massasini aniqlash nimaga asoslangan?

(33) 1 moll molekuladagi atomlar soni 1 moldan kam boʻlmasligiga.

  1. Mendeleyev usulida atom massasini aniqlash nimaga asoslangan?

(35) Element davriy jadvaldagi oʻrniga koʻra oʻz atrofidagi elementlar oʻrtacha atom massasini topishga.

  1. Atom va molekula mavjudligini kim rad etdi va kim mavjudligini isbotladi.

(36) B.Osvalt- rad etdi
Perren- borligini isbotladi.

  1. Solishtirma issiqlik sigʻimi c=130 J/kg*K boʻlgan simob atomlari uchun nisbiy atom massasi qanday?

Dyulong-Pti qoidasiga asosan A*c=26 bundan A=26/0.13=200
Download 17,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish