N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

fotosintetik potensial
(FP) ortadi, ammo SFM kamayib 


88 
borishi mumkin. Tadqiqotlarda hosildorlik bilan FP va SFM o’rtasida kuchsiz 
korrelyativ bog’lanish bo’lib, salbiy (teskari) yo’nalishga ega. 
YUqori hosil olish uchun ekinzorda yetarli darajada fotosintetik potensial 
hosil qilinishi kerak. Kechpishar navlar nisbatan yuqori FP hosil qiladi, ertapishar 
navlar uchun FP ... 1,5...2 mln. m
2
kun/ga, o’rtapishar navlar uchun 2,5...3, 
kechpishar navlar uchun 3...5 mln.m
2
kun/ga bo’lishi talab qilinadi.
Bitta nav doirasida FPni oshirish barglar yuzasini va uning maksimal 
ko’rsatkichini ko’paytirishga asoslanadi. Tup qalinligi ham FPni boshqarishning 
muhim omillaridan biridir. Ammo tup qalinligini juda oshirish o’simliklarning bir-
birini soyalashiga va SFMning kamayishiga, reproduktiv organlarning kam hosil 
bo’lishiga sabab bo’ladi. 
O’zbekistonda ekilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining navlari yuqori 
potensial hosildorlikka ega, lekin bu imkoniyat ekin o’stirishdagi noqulay omillar 
tufayli, FP shu nav, mintaqa uchun xos optimal kattalikka yetmasligi tufayli 
foydalanilmaydi. Odatda ekinlarning dastlabki rivojlanish fazalarida barglar yuzasi 
sekin kattalashadi, optimal barg yuzasi qisqa davr mobaynida faoliyat ko’rsatadi. 
Barg yuzasining sekin ortishi ayniqsa, o’simliklar siyrak bo’lgan ekinzorlarda 
mutlaqo maqsadga muvofiq emas, sababi FAR foydalanish uchun zarur bo’lgan 
vaqtdan samarasiz foydadanishga olib keladi.
Barg yuzasining ortishi juda tez sodir bo’ladigan (tup qalinligi yuqori) bo’lsa 
xo’jalik jihatdan qimmatli boshoq, dukkaklar, so’talarning shakllanishiga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. O’g’itlash va sug’orish bir paytda amalga oshirilganda o’sish 
jarayonlarini 
shunday 
kuchaytiradiki, 
natijada 
barglar 
yuzasi 
optimal 
ko’rsatkichdan yuqori bo’ladi. Bu hol yorug’lik rejimining buzilishiga, generativ 
organlar rivojlanishining sekinlashishiga sabab bo’ladi.
Ekinzorda suv yetishmaganda barglar yuzasi va FP hamisha past bo’ladi. 
Bunday sharoitda yuqori miqdordagi ma’danli o’g’itlarni qo’llab mo’l hosil olib 
bo’lmaydi. Bunday holda namlik cheklovchi omil bo’lib xizmat qiladi.
YUqori hosil olish uchun namlik bilan bir qatorda ma’danli oziqlanish ham 
muhim ahamiyatga ega. Ma’danli o’g’itlarni ayniqsa, azotni ko’p qo’llash 
o’simlikning shiddat bilan o’sishiga, barg yuzasining optimal kattalikdan ham 
oshib 
ketishiga, 
o’simliklarning yotib qolishiga, fotosintez jarayoni 
ko’rsatkichlarining pasayishiga olib keladi. Namlikning va azotli oziqning ko’p 
bo’lishi bug’doy hosilida don hissasi kamayib somon miqdori ortishiga olib keladi. 
Juda ko’p navlar seleksiya jarayonida suv ta’minoti va tuproq unumdorligi 
cheklangan sharoitda yaratilib, bu ko’rsatkichlar (fon) yaxshilanganda kuchli 
o’sish xususiyatiga ega qilib yaratilgan. Bu foydali xususiyat yuqori me’yorlarda 
o’g’it, suv yetarli sharoitda qo’llanilsa salbiy natija berishi mumkin (yotib qoladi).
O’simlikning suv ta’minoti va ma’danli oziqlanishini muqobillashtirib, o’sish 
jarayonlarini va fotosintezni boshqarish usullari mavjud:
-o’suv davrining ikkinchi yarimida suv ta’minotini chegaralash;
-ma’danli oziqlantirishni optimallashtirish;
-mikroo’g’itlardan samarali foydalanish;


89 
-qirqish, shakl berish, chekanka yo’li bilan hosil elementlarining 
shakllanishini boshqarish;
-fiziologik faol moddalar (retardantlar, o’sish regulyatorlari) dan foydalanish.
Fotosintez mahsuldorligini oshirishda, yangi navlarda foydali hosil (don, 
ildizmeva, tuganak qismi) ko’p, vegetativ organlarining kam bo’lishi, nisbatan past 
bo’yli, barglarda hosil bo’lgan assimilyatlarni hosil elementlariga tez o’tkazish 
talab qilinadi.
Hosilning shakllanish jarayoni bosqichlarga bo’linadi. Dukkakli don 
ekinlarida boshlang’ich (ekish-unib chiqish) va oxirgi (pishish) bosqichlari bor. 
Oxirgisida fotosintez bo’lmaydi. O’simliklarning maysalanishdan pishishigacha 
biologik davri farqlanadi:
-maysalash-gullashning boshlanishi;
-gullash va mevalarning hosil bo’lishi; 
-mevalarning o’sishi; 
-donning to’lishi;
Birinchi davrda barglar va FP oshib boradi. Ikkinchisida – barg yuzasi va FP 
maksimal ko’rsatkichga yetadi. Uchinchi davrda barglar asta-sekin kamayib 
boradi, ammo hali yuqori darajada bo’ladi, biomassa oshib boradi. To’rtinchi 
davrda o’simlik uchinchi davrda to’plagan mevalar va urug’lar soniga bog’liq 
holda fotosintez o’tadi. Bu davrda donlar to’lishadi, barglar, poyalar, ildizlar, 
dukkaklarning po’stidagi plastik moddalar urug’larga o’tadi.
Urug’lar, mevalar ko’p bo’lsa to’rtinchi davrda o’simlikni faol ravishda 
fotosintez jarayonini o’tkazishga majbur qiladi. To’rtinchi davrda 1000 urug’ 
massasi, hosildorlik va oqsil hosili ko’rsatkichlari shakllanadi.
Ekinzorda uchinchi va to’rtinchi davrlarda fotosintez tizimi faol faoliyat 
ko’rsatadi va bu davrlar davomiyligi birinchi davr davomiyligiga teng bo’lsada, 
umumiy biomassaning 60...70 % i to’planadi.
SHunday qilib, ekinzordagi hosil va uning sifati o’suv davridagi fotosintetik 
tizimning faoliyatiga ko’p jihatdan bog’liq. 
Ekish.
Urug’larni ekishga tayyorlashda serhosil, kasallik, zararkunandalar va 
tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, davlat reyestriga kiritilgan 
navlarning urug’lari tanlanadi. Urug’lar ekishdan oldin tozalanadi, saralanadi
fitosanitar holati yaxshilanadi va Davlat andozasi talabiga javob beradigan holatga 
keltiriladi. 
O’zbekiston sharoitida ekinlar bahorda, yozda, kuzda, qishda ekilishi 
mumkin. ekish muddatlari ekin turi, navi, ekilish maqsadi va biologiyasiga bog’liq 
bo’ladi. Tur, nav, duragay biologik xususiyatlaridan kelib chiqib har bir tuproq –
iqlim mintaqasi uchun eng maqbul ekish muddatlari aniqlanadi. 
Uzun kunli donli ekinlar urug’lari 1-2 
0
S haroratda una boshlaydi, maysalari 
3-8 
0
S sovuqqa bardosh beradi. Bu o’simliklar erta bahorda ekilishi mumkin. 
Kuzgi ekinlar tuplanish fazasida past haroratga chidamli bo’ladi. SHuning 
uchun ular shunday muddatda ekilishi kerakki, doimiy sovuqlar tushguncha ular 
tuplanib olishlari kerak. Kuzgi ekinlar qish tushguncha 40 –60 kun qolganda, 
O’zbekiston sharoitida sentyabrining oxiri oktyabr oyida ekilishi tavsiya etiladi. 


90 
Qisqa kun o’simliklari issiqsevar, urug’lari 8-12 
0
S unib chiqadi, maysalari – 

0
S sovuqda nobud bo’ladi. Bu ekinlarni ekishda tuproq harorati shuningdek 
kalendar muddatlar hisobga olinadi. 
Lalmikorlikda ekish muddatlari tuproqdagi namlikka, yog’ingarchiliklarning 
boshlanishiga bog’liq holda belgilanadi. 
Ekish usuli, me’yori ekindan olinadigan mahsulot turiga bog’liq bo’ladi. Bitta 
ekinning o’zi don, urug’ yoki ko’k massa uchun ekilishiga qarab turli me’yorda, 
qalinlikda ekiladi. 
Ekish muddatlari tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvlarining joylashish 
chuqurligiga bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Mexanik tarkibi yengil, qumoq 
tuproqlar tez isiydi, loy tuproqlar aksincha sekin isiydi, sizot suvlar uzoq 
joylashgan tuproqlar tez yetiladi, yaqin joylashgan tuproqlar kech yetiladi. SHunga 
ko’ra bir xo’jalikning o’zida ham ekinlar dala sharoiti hisobga olinib turli 
muddatlarda ekilishi mumkin. 
Ekinlar keng qatorlab, tor qatorlab, qatorlab, yoppasiga, lenta usulida, qo’shib 
ekilishi mumkin. ekish usullari ekinning turi, navi, biologik xususiyatlari, ekilish 
maqsadi, dalaning begona o’tlar bilan ifloslanishi hisobga olinib belgilanadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish