N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

Kartoshka namlikka talabchan
bo’lishi bilan birga, qurgoqchilikka ham 
nisbatan chidamlidir. qurgoqchilik – tuproq va havo namligi yetishmasligi boshlanishi 
bilan kartoshka tuganaklar hosil qilishdan to’xtaydi, ammo u nobud bo’lmaydi. 
qurgoqchilik o’tib ketgandan so’ng u tuganak hosil qilishni davom ettiradi, bunda 
hosildorligi keskin kamayib, uni sifati pasayadi. 
Kartoshka tuproqdagi oziq mineral moddalarga nisbatan talabchandir. Bir tonna 
tuganakmeva va tegishli poya-barg yetishtirish uchun 6,2 kg azot, 2 kg fosfor va 8 kg 
kaliy jami 16,2 kg sarflaydi. 
Kartoshka donador, yumshoq, havo aeratsiyasi yaxshi tuproqlarda ko’p hosil 
beradi. Mexanik tarkibi ogir, bo’z tuproqlarda, yengil qumoq va qumloq 
tuproqdagilarga nisbatan yomon o’sadi, bunday yerlarda mo’l va sifatli hosil 
yetishtirish uchun ekishdan oldin yerni bmshatib turish kerak. 
Kartoshka sho’r yerlarda yaxshi o’smaydi, unga xlorli tuzlar salbiy ta’sir etadi. 
Tuproq tarkibidagi xlor 0,015-0,020 %.dan ko’p bo’lsa, hosildorlik sezilarli darajada 
kamayadi, 0,05-0,07% bo’lganda esa tuganaklar deyarli hosil bo’lmaydi. SHuning 
uchun sho’r yerlarda kartoshka yetishtirishda tegishli meliorativ tadbirlarni amalga 
oshirish zarur. 
Kartoshkaning «Akrab», «Zarafshon», «To’yimli», «Umid», mahlliy navlari, 
va yigirma uchdan ortiq chet el navlari: «Romana», «Sante», «Diamant», «Pikasso» 
va boshqa navlari bor. Kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olishda ekiladigan nav toza 
hamda shu iqlim sharoitiga moslashgan bo’lishi kerak. Tumanlashtirilgan navlar 
hosildorligi jihatidan ko’pincha aralash navlardan ikki-uch marta afzal bo’ladi. 
Hozirgi vaqtda kartoshkaning 2000ga yaqin madaniy navlari bo’lib, shundan 20 ga 
yaqini respublikamizda yetishtiriladi. Xo’jalik ahamiyatiga ko’ra kartoshka navlari 


47 
to’rt guruhga – oziq-ovqatga ishlatiladigan, xashaki, texnikaviy va har xil 
maqsadlarda foydalanadigan universal kartoshkalarga bo’linadi. 
Navlarga baho berishda quyidagilar eng muhim belgi hisoblanadi: hosildorligi, 
tezpisharligi, ikki hosilligi va kartoshkaning taomlik sifati, serkraxmalligi hamda 
saqlanish xususiyati. Bulardan tashqari, tuganaklarning yirikligi, shakli, rangi, ko’zlari 
yuza va chuqur joylashishi va uning rangi ham asosiy belgilardan hisoblanadi. 
Kartoshka pishib yetilishiga qarab: tezpishar (nihollar unib chiqishdan 
pishguncha 60-65kun), ertagi-o’rtagi (70-80kun), o’rtapishar (90-100), o’rtagi-kechki 
(110-120kun) va kechpishar (130-150kun). 
Kartoshkaning aynishi. Kartoshkaning aynishi odatda tashqi noqulay ekologik 
sharoit hamda turli xildagi viruslar ta’sirida nav xususiyatlarini yomonlashtirish 
hamda hosil sifatini pasaytirish va uni keskin kamaytirishga olib keladi. Aynigan 
kartoshka o’simligi barglarida xlorofill donalari keskin kamayadi, fotosintez hamda 
transpiratsiya jarayoni susayadi, kasalliklarga bardosh bera olmaydi, hosilda tovarbop 
tuganaklar miqdori kamayadi va shu bilan birga uning mazasi o’zgaradi. 
Markaziy Osiyoda o’stiriladigan kartoshkalarda X,K,U,S va boshqa viruslar 
borligi aniqlangan. Kartoshka alohida viruslardan yoki ularning infektsiyalardan, 
ayniqsa, qattiq zararlanadi. Kartoshka o’simligini ayniganligi turli ko’rinishda 
namoyon bo’ladi. Jumladan, barlari bo’rtib qoladi, maydalashadi, jigarrang tusga kirib 
dagalashadi, poyadagi bo’gin oraligi uzayib ketadi va tupdagi poyalar soni keskin 
ko’payib ketadi. 
Respublikamizda aynish kasalligining quyidagi turlari eng ko’p tarqalgan: 
Burishgan mozaika.
Barglarining burishganligi bilan ifodalanadi. Bu virus X va S 
ta’sirida yuzaga keladi va uning barglarida to’q qo’ngir doglar hosil bo’ladi. 
Yo’l-yo’l mozaika.
Barg tomirlarida jigarrang doglar paydo bo’ladi, bu virus U 
ta’sirida hosil bo’ladi. 
Gotika
. Bu kasallik belgisi, poyalar bo’yi qisqarib, barglari poyaga o’tkir 
burchak hosil qilib qo’shilib o’sadi. Kasallikka uchragano’simlik barglari 
maydalashadi, tuganaklar shakli o’zgarib, urchuqsimon ko’rinishga ega bo’ladi va 
uning mazasi keskin yomonlashadi. 
O’rta va kechpishar kartoshka navlari ko’p yillar mobaynida reproduktsiya 
qilinsa, bu kasallik keskin ko’payib, hosilga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish