44
1.
Solahum ahdigehum Juz et Buk tetraploidli (2p-48) madaniy tur – Argentinada
uchraydi.
2.
Solahum Ieptostigma Zuz – tetraploidli tur, ser kraxmalli, rak kasaliga
chidamli.
3.
Solahum phureja ef Buk Solahum rubihi Juz Buk diploidli (2p-24)
turlar
Janubiy Amerikada uchraydi.
4.
Solahum devissum Lahdli –yovvoyi gaploidli tur (2p-72) meksikada uchraydi.
5.
Solahum stohiferum – allotetraploidli tur, And tog’larida uchraydi
Madaniy kartoshka – tuganakmeva hosil qiladigan ko’p yillik o’simlik
bo’lib, uning yer ustki qismi – barg va poyalari har yili o’sadi va nobud bo’ladi.
Kartoshka tuganaklari mo’’tadil iqlim sharoitida tuproqda saqlanmaydi,
chunki sovuq harorat uni zararlaydi. SHuning uchun bu tuganaklar kuz faslida
kovlab olinib, bahorda qayta ekiladi va xuddi bir yillik o’simlik sifatidat o’stiriladi.
Havo temperaturasi va namligi kartoshkaning gullash quvvatiga va urug’
hosil qilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qurg’oqchil janubiy viloyatlarda shimoliy
yoki tog’oldi salqin viloyatlardagiga qaraganda kartoshkaning gul va urug’i sekin
hosil bo’ladi.
Kartoshka tuganagi muhim biologik xususiyatga – tinim davriga ega,
shuning uchun u kavlab olingandan so’ng tezda o’smaydi tinim davri turli navlarda
turlicha bo’lib, u ko’pchilik navlarda 60 kundan ko’p vaqt talab etadi.
Kartoshka past haroratli o’smlikdir. SHuning
uchun tuganaklarning
ko’karishi va o’simliklarning o’sish uchun ko’pchilik navlarda 6-7
0
dastlabki
harorat deb hisoblanadi. Tuganaklarni yaxshi o’sish uchun esa o’rtacha harorat 19-
23
0
. Tuganak o’stirilayotgan vaqtida harorat 3-5
0
va 31
0
dan yuqori bo’lsa, u
ko’karishdan to’xtaydi.
Tuganaklar bir necha kun maboynida –1 va 35
0
harorat ta’sirida bo’lsa ular
zararlanadi va o’simtalar hosil qilmaydi. Ularga 5-7
0
va 43-45
0
da qisqa muddatda
ishlov berilsa zararlanmaydi.
45
Kartoshka ildizidagi tuproq harorati 7
0
dan yuqori bo’lsa hosil yaxshi
rivojlanadi. Uning poyasi esa 5-6
0
da o’sa boshlaydi, jadval o’sish esa 17-22
0
dan
yuzaga keladi, harorat 40
0
dan oshganda esa o’sishdan to’xtaydi. Harorat –1-1,5
0
da
kartoshkaning yer ostki qismi nobud bo’ladi. Tuganaklar –1-2
0
sovuqda muzlaydi,
lekin salqin sharoitda uzoq saqlanadi –3-4
0
sovuqqa bardosh mumkin.
Harorat 18-21
0
bo’lganida kartoshkaning gullashi tez o’tadi, tuganaklarn
jadal hosil bo’lishi uchun eng qulay harorat 16-19
0
dan yuqori bo’lsa
tuganaklarninig kattalashishi sekinlashadi va tuproq harorati 28-29
0
yetganda
tuganaklar umuman semirmaydi. Assimilyatsiya jarayoni uchun eng qulay xarorat
bundan oshib ketsa, fotosintez jarayoni sekinlashadi, 40
0
ga yetganda esa fotosintez
assimliyatsiya
jarayoni
to’xtaydi.
YUqori xarorat ta’sirida fotosintezning uzoq vaqt to’xtab qolishi natijasida
kartoshka tuganaklari keyingi o’sish qobilyatini yo’qotadi.
YUqori xarorat
kartoshkaning irsiyatiga va sifatiga ham yomon ta’sir ko’rsatadi, uning ko’pincha
aynishiga, hosildorligining surinkasiga kamayishiga va tovarlik sifatining
pasayishiga olib keladi. Kechki muddatda – yozda ekildaigan uruglik kartoshka
saqlash vaqtida yuqori harorat ta’sirida ko’plab nobud bo’ladi. ekilganda yerda
chirib ketadi. Natijada ekin ko’pincha siyrak chiqadi va hosil keskin kamayadi.
Kartoshkaning to’liq o’sib rivojlanishi va hosil to’plashi uchun (10
0
S.dan
yuqori) ertapishar navlari uchun 1000-1400, kechpisharlar uchun esa 1400-1600
miqdorda xarorat talab etadi. Kartoshka yorugsevar o’simlik. Tuganklari
undirilayotgan vaqtda yoruglik yetarli bo’lsa
rangi oq, mo’rt va tezda sinib
ketadigshan o’simta hosil qiladi. Kartoshka stoloni yorug sharoitda hosil
bo’lmaydi. YOruglik yetarli bo’lsa, poyalarning o’sishi, gullashi va tuganak hosil
bo’lishi susayib, natijada hosildorligi pasayadi. Kartoshka o’simligi neytral
fotoperiodizm uzun va qisqa kunda ham yaxshi rivojlanishi mumkin.
Kartoshka vatani hisoblangan CHilining dengiz bo’yi hududlari iqlimi
yumshoq, salqin, sernam, tuprogi kaliyga boy. Tuganaklarning hosil bo’lishi
46
seryogin (300 mm.dan ortiq) havoning nisbiy namligi yuqori (75%
va undan
ziyod) bo’lgan sharoitda o’tadi. SHuning uchun kartoshka o’simligi tuproq
namligiga talabchandir, ammo uning tuproq namligiga bo’lgan talabi o’sish va
rivojlanish davrlarida turlicha bo’ladi.
Kartoshka hosil to’plash davomida namlikka juda talabchan bo’ladi.
atmosferaning quruqligi kartoshkaning meva qilishiga, ayniqsa, yomon ta’sir qiladi,
ya’ni gul va mevalarni to’kib yuboradi. Ammo tuproqdagi namlik 70-85% bo’lsa,
havoning quruqligi kartoshkaga poyalari o’sishiga va tuganaklar hosil bo’lishiga
unchalik kuchli ta’sir etmaydi.
YOsh nihollar rivojlanishning dastlabki paytlarida tuproq namligiga unchalik
katta
ehtiyoj sezmaydi, lekin gullash, tuganak hosil qilish davrida namlikka bo’lgan
talabi keskin oshadi. Bu davrida tuproqda nam bo’lmasa, oziq moddalarning
tuganaklarga keishi to’xtaydi, natijada tuganaklarning o’sishi kechikadi yoki butunlay
o’sishdan qoladi. YOmgir yoqqandan yoki ekin sugorilgandan keyin shakllangan
tuganaklar ikkilamchi o’sa boshlaydi, ya’ni bolalaydi.
Bunda bolachalar va
stolonlarda shakllanmagan tuganaklar paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: