Ikkilamchi model. Ta’lim muassasasida o‘qish ham kunduzgi ta’limda, ham qisman kunduzgi va qisman masofaviy ta’limda olib boriladi. Har ikkalasida dars jadvali va o‘qitish dasturi bir xil. Ikkilamchi modeldan Avstraliyaning universitetlarida foydalanib kelinmoqda (http:// www.une.yedu.au).
Aralashgan model. Bu model masofaviy o‘qitishning turli shakllarini qamrab oladi, to‘g‘rirog‘i turli masalalar integratsiyasi, masalan, ta’lim oluvchilar o‘quv materialining ma’lum bir qismini masofaviy o‘qitish bilan ketma-ket, boshqa qismini parallel ravishda kunduzgi bevosita o‘qitish orqali oladilar. O‘qitishning bu integratsiya shakllaridan Massey va Yangi Zelandiya universitetlarida foydalanilmoqda (http://massey.ac.nz).
Do'stlaringiz bilan baham: |