Kasbiy faoliyatdagi axborotlarni olish imkoniyatlari. Axborotlarni olish turiga ko'ra tasnifi quyidagi diagrammada keltirilgan [46] (18.2-rasm).
18.2 - rasm. Axborotlarni olish
Cheklash mumkin bo’lmagan axborotlar: inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlariga, tashkilotlarning huquqiy maqomini va davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati vakolatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi, ekologik , davlat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar, kutubxonalar, muzeylar va arxivlarning ochiq to‘plamlarida, davlat axborot tizimlarida to'plangan axborotlar.
Olish cheklangan axborotlarga: davlat sirlari-bu iqtisodiyot, fan va texnika sohasidagi tashqi siyosat, tezkor qidiruv faoliyati, terrorizmga qarshi kurash sohasidagi axborotlar, maxfiy axborotlar- shaxsga oid sirlar, savdo, kasb, xizmat sirlari, tergov va sud sirlari shuningdek, ixtirolarni yaratish sirlarini kiritish mumkin.
Bugungi kunda informatika o’qituvchilari o’z kasblariga oid axborotlani internet, elektron pochta, telegramm, forumlar, turli ijtimoiy saytlarda axborot almashinuvi, elektron kutubxonalar, ma’lum kasbdoshlari guruhlaridan, fanga oid ilmiy adabiyotlar, o’quv va uslubiy qo’llanma va korsatmalardan olishlari mumkin.
18.3.Informatika fanlari mavzularini kasbga yo‘naltirib o‘qitish. Kasbga yo‘naltirib o‘qitish - bu o‘qitish jarayonini tashkil etishning mazmuni va tuzilishini o‘quvchilarningindividual qiziqishlari va ustuvor jihatlarini hisobga olgan holda, kasbiy o‘zini o‘zi belgilashga tayyorlashdir.
E.A.Klimovning so‘zlariga ko‘ra, har bir shaxs biror ish turini bajarish moyilligiga ega. Insonlar bilan ishlashda noqulay bo‘lgan kishi texnologiya bilan katta zavq bilan ishlashni yaxshi ko‘radi va aksincha, Insonlar bilan ishlash, muloqot qilish istagi ustun bo‘lgan odam texnik vositalardan foydalanmaslikni afzal ko‘radi va h.k [46].
Informatika o‘qituvchisi o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish jarayonlarida qo‘yidagi omillarga asoslanib yondashishi tavsiya etiladi:
o’quvchining individual kasbiy qiziqishlari, layoqatlari, qobiliyatlari asosida yondashish;
o‘quvchining rivojlanishida monelik qiluvchi kasalliklarni inobatga olgan holda yondashish;
o‘quvchi shaxsiga kasblar tasnifi va kasb egasiga qo‘yilgan talablar asosida ma’lumotlar yetkazib berish jarayonlariga e’tibor qaratish;
hududning ko‘proq qaysi kasbga, mehnat bozoriga bo‘lgan talablarini hosobga olish asosida yondashish;
o‘quvchining psixologik xususiyatlarini, kasbiy moyilligini hisobga olgan holda yondashish va h.k.
Informatika o’qituvchisining informatikani kasbga yonaltirib o’qitishi natijasida o’quvchilarda qo‘yidagi xususiyatlar vujudga keladi:
-o‘quvchida kasbiy o‘z-o‘zini aniqlashi, anglashi ortadi, kasbiy qaror qabul qilishi tezlashadi;
-kasb tanlashda qiynalayotgan, ba’zan ikkilanayotgan o‘quvchilarda tanlayotgan kasbi haqidagi zaruriy, kasbiy axborot, maslahatlarga ega bo‘ladilar;
-o‘quvchida tanlagan kasbiga nisbatan turg‘un (doimiy) kasbiy qiziqishi va moyilligi shakllantiriladi;
-o‘quvchi o‘zi tanlagan kasbi o‘zining psixologik va fiziologik imkoniyatiga mos kelish yoki kelmasligi haqida tushunchalarga ega bo‘ladilar;
-o‘quvchilarning o‘z qiziqqan kasb tanlashida jamiyat oldidagi burchi va ma’suliyat hissi ortadi.
Maktabda “Paint garfik muharriri” mavzusini kasbga yo‘naltirib o‘qitish. Umumiy o‘rta maktabning 5-sinflarida “Paint garfik muharriri” bobini o‘qitishga jami 6 soat ajratilgan. Informatika fani o‘qituvchisi ushbu mavzuni kasbga yo‘naltirib o‘qitish uchun quyidagicha ish bajaradi.
O‘qituvchi “Paint garfik muharriri bobini o‘qitishning birinchi darsida dastur oynasi qismlari, asboblar penelining tugmachalari, ranglar palitrasi haqidagi tushunchalarni beradi.
Ikkinchi, uchinchi va hokazo 6-darslar davomida va darsdan tashqari uyga vazifani bajarish uchun o‘quvchilarni kasbga qiziqishlari bo‘yicha quyidagicha kichik guruhga bo‘ladi va topshiriqlar beradi:
A . Dizayner, rassomchilik kasblariga qiziquvchilarga “Kichik rassomlar” deb nomlab, ularga Paint garfik muharriri “Bizning uy”, “Qishloqdagi bizning hovli”, “Tog‘ manzaralari” va boshqa nomlar bilan ataluvchi peyzajlar yaratish;
B. Kelgusida matematika, muhandislik, chizmachilik, kompyuter grafika kasblariga qiziquvchi o‘quvchilarni “Kichik muhandislar”, “Kichik muhandislar” guruhiga bo‘lib ularga Paint garfik muharriri “Matematikaning hayotdagi o‘rni”, “Geometrik figuralardan foydalanamiz” kabi mavzularda rasmlarni chizis;
C. Duradgorlik, ustachilik, xalq hunarmandchiligiga quzuquvchi o’quvchilarga hunarmandchilikka oid, quruvchilikka qiziquvchilarga, bino va obidalarni rasmlarni chizish,
D. Meditsinsga qiziquvchilarga insonning ichki a’zolarini, қон айланиш тизими, мия фаолияти ва бошқаларни chizish
E. Informatika va axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchilarga kompyuterning asosiy va vo‘shimcha qurilmalarini, internetda axborot almashinuvini chizish va shu kabi topshiriqlarni berishi maqsadga muvofiqdir.
Umuman aytganda informatika o’qituvchisi mavzularni kasbga yo‘naltirib o‘qitishda o‘zi ham shu kasb haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lib, kasbning nozik jihatlarini o‘quvchilar grafik muharrirda tasvirlay olishiga erishishi uchun beriladigan topshiriqlarni ijodiy ishlab chiqishi lozim bo‘ladi.
Umumiy o‘rta maktabning informatika o‘quv fani dasturlarida MS Excel elektron jadvalini o’rganish uchun 8-sinfda 16 soat, 10 sinfda 19 soat vaqt ajratilgan. MS Excel elektron jadvalini kasbga yo’naltirib o’qitishda quyidagi topshiriqlarni berish o’rinli:
Do'stlaringiz bilan baham: |