Loyiha
bosqichi
|
Jarayonning borishi
|
O‘qituvchi faoliyati
|
O‘quvchi faoliyati
|
1-bosqich
Tayyorgarlik (izlanish).
|
O‘quvchilar bilan uchrashishi lozim bo‘lgan informatika sohasi mehnat faxriysi, fidoiylarini aniqlaydi: Ismi sharifi, turar joyi, qayerda yashashi, sog‘-salomatligi, uchrashuv joyini (ta’lim muassasasidami yoki soha faxriysi uyidami), qaysi vaqtda uchrashuv belgilanishi va h.k.
|
Soha fidoiysi, mehnat faxriysi bilan uchrashuv bo‘lishini eshitadi, maqollar, she’rlar yodlaydi, aytishni mashq qiladi, faxriyga beriladigan namunaviy savollar bilan tanishadi.
|
2-bosqich
Loyihani tayyorlash
(konstruk-torlik).
|
Uchrashuvga nom tanlaydi. Uchrashuvning taklifnomasi va e’lonini tayyorlaydi, tarqatadi, e’lonni e’lonlar doskasiga osadi. O‘quvchilarni uchrashuvga tayyorlaydi (maqollar, she’rlar, savollarni topib, o‘quvchilarga taqsimlab berali, mashq qildiradi)
|
Uchrashuvni o‘tkazilish jarayoni bilan tanishadilar, maqollar, she’rlar, savollarni o‘qituvchidan olib yodlaydilar, chiroyli, ifodali aytib berishga tayyorlanadilar, mashq qiladilar)
|
3-bosqich
Loyihani bajarish, amalga oshirish.
|
Uchrashuvni o‘qituvchi kirish so‘zi bilan ochadi. Faxriyni o‘quvchilarga tanishtiradi, o‘quvchilarni faxriy bilan tanishtiradi. Soha faxriysi o‘z mehnat faoliyati, qanday ishlagani mamlakatimiz rivojlanishiga qo‘shgan hissalari haqida gapirib beradi (20 minut)
|
O‘quvchilar o‘qituvchi va faxriyni eshitadilar, o‘zlariga biriktirilgan maqollar, she’rlar tartib bilan aytib beradilar. Faxriyga savollar beradilar, savol javobini tinglaydilar.
Sovg‘alarini topshiradilar
(40 minut)
|
4-bosqich
Yakunlovchi bosqich.
|
Uchrashuv yakuni o‘qituvchi so‘z olib bugungi kun uchrashuvining yoshlarga bergan saboqlarini aytadi, faxriyga, yakunlovchi so‘z beradi savol berishi mumkin. Faxriy javobini tinglaydi. (10 minut)
|
Tinglaydi, qo‘shimcha savol berishi mumkin. O‘z fik–mulohazalarini bildiradi
(10 minut).
(Jami 80 minut)
|
5-bosqich
Xulosa va tavsiyalar berish.
|
O‘qituvchi o‘zi o‘tkazilgan uchrashuvni tahlil qiladi, xulosa chiqaradi. Yutuq va kamchiliklarni belgilab oladi. Keyingi uchrashuvda kamchiliklarni tuzatish tavsiyalarini ishlab chiqadi.
|
(O‘quvchi ishtiroki yo‘q)
|
Soha fidoiylari bilan uchrashuv natijasida o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlar shakllanadi:
informatika fani sirlarini o‘rganishga qiziqish;
she’r, maqollar yodlab, xotirani mustaqkamlash;
nutqni rivojlantirish;
savol berish, eshitish madaniyati shakllanadi;
yoshi ulug‘larni hurmatlash va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |