Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi. Bu muhim bosqich, bunda yaratilgan loyihaning oxirgi bosqichidagi natijalar asosida umumlashtiriladi, Xulosalar chiqariladi. Loyiha bajarilishi jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, qo‘llanilgan metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalarining samaradorligi hisobga olinib, tavsiyalar beriladi.
Informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish. Olib borilgan tadqiqot davomida biz yetuk olimlar fikrlarini o‘rgangan holda umumlashtirish tizimni loyihalashtirilishi ikkita qismdan tashkil topishini anglab yetdik. Ular:
Pedagogik vazifani belgilab olish:
o‘quv mavzusi(fanini) mazmuniga asosan tahlil etib, maqsadni belgilab olish;
o‘quv mavzusi (fanini) mazmuni tuzilishini o‘quv elementlari ko‘rinishida tizimlashtirish;
o‘quv elementlari o‘zlashtirish darajalari ketma-ketligini belgilash;
talabalarning bilimini boshlang‘ich darajasini aniqlab, o‘quv mavzusi (fanini) mazmuni bazasida o‘quv materiallarini tayyorlab olish.
mavjud o‘quv materiallari bazasida ta’limni tashkil etish sohalarini belgilash(qaysi mazmunni, qanday o‘quv materialidan foydalanib, qanaqa holatda, qancha vaqtda o‘qitishni tashkil etish)
Didaktik jarayon (o‘qituvchi faoliyati)ni ta’lim shakliga mos metod va vositalardan foydalanib tashkil etish loyihasini ishlab chiqadi.Ta’limning shakli o‘quv rejalarida ilgaridan belgilab qo‘yilib, ta’limning metodi va vositalari yordamida talab etilgan maqsadga erishish mumkin. Ta’limdagi zamonaviy metodlarining asosiy qismini bu pedagogik texnologiyalar, vositalarning asosiy qismini esa axborot texnologiyalari tashkil etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, metodik tizimni loyihalashda quyidagilar zarur deb hisoblaymiz:
O‘quv rejaning mazmuni va tuzilishini tahlil etish. Fanga ajratilgan soatlar, o‘quv soatlari tuzilishi, fanni o‘qitish haftasiga necha soatga to‘g‘ri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolar tahlil etiladi [90].
Masalan, 2016 yilgi 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi namunaviy o‘quv rejasida “Informatika o‘qitish metodikasi” fani 3-bo‘lim “Umumkasbiy fanlar” blokida 3.3 bandida bo‘lib, bu fanni 5-6 semestrlarda haftasida 6 soatdan o‘qitish lozimligi, shundan ma’ruza 80 soat, amaliy 40 soat, laboratoriya 40 soat, seminar darslari 62 soatdan, va kurs ishi bilan yakunlanishi keltirilgan. Demak, o‘quv rejasiga mos ishchi dastur tuzish, tuzilgan ishchi dastur soatlari aynan o‘quv rejasida ko‘rsatilgan soatlarga mos bo‘lishi kerak (1-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |