N. A. Kayumova



Download 3,82 Mb.
bet59/166
Sana10.02.2022
Hajmi3,82 Mb.
#441257
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

An’anaviy nazorat

Kompyutersiz nazorat

Aralash
nazorat

Kompyuterli nazorat

-og‘izaki so‘rov
-mustaqil ishni og‘izaki bajarish
-xabarlar almashish
-blits-so‘rov

-yozma ish
-mustaqil ish
-nazorat ishi
-sinov
-test
-olimpiada

-amaliy ish bajarish
-laboratoriya ishini bajarish

Noan’-anaviy nazorat

-kichik guruhda loyihaviy
topshiriq,
-o‘quvchi qiziqishini
hisobga olib
individual topshiriq

- tadqiqot ishi
-ijodiy ish
-referat
-musobaqa(KVN, konkurslar)
-konferensiya
-auksion
-kichik keys
-krossvord
-viktorina

-тabaqalashtirilgan testlar
-Blum taksonomiyasiga asoslangan testlar



Og‘zaki so‘rovda o‘tilgan mavzu bo‘yicha 3-5tagacha savollar qo‘yilib, savollarga talabalar og‘zaki javob beradilar. Baholashning bunday turida talabalarning mustaqil mushohada yuritishi, o‘rganilgan bilimlarni, mavzu mohiyatini tushunib, bilib, fikrlab nutqi orqali yetkazib berishida ko‘ramiz. Og‘zaki so‘rov o‘quvchilarda:

  • Nuqtning ravon bo‘lishga;

  • Nutq madaniyatini shakllanishiga

  • Olingan bilimlarni tizimli so‘zlashga;

  • Savoldagi tushunchani anglab yetishga;

  • Eshitish madaniyatni shakllantirish, rivojlantirishga va hokazolarga olib keladi.

O‘qituvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan pedagogik texnikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri uning nutq texnikasidir (nutq tempi, diksiyasi, tovush ohangini baland, o‘rta, past qila olishi va hokazo).
Past ohangda gapiradigan o‘qituvchining darsi o‘quvchilar uchun zerikarli bo‘ladi, nihoyatda baland gapirish, oddiy suhbat chog‘ida ovozni baland qilib so‘zlashish o‘quvchilarni darsdan bezdiradi va charchatadi. O‘quvchilarning bunday o‘qituvchi ta’limidan ko‘ngillari soviydi. Shuning uchun informatika o‘qituvchisi savodli gapirishi, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon qilishi, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini, informatikaga oid xalqaro so‘zlarni nutqda aniq ifodalash malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Nutqqa qo‘yiladigan talablarga biz talaffuzning aniqligi, ifodaviylik, emotsionallik, diksiyaning tushunarligi, tovushlarning aniq talaffuz qilinishi, obrazlilik, nutq madaniyati, so‘zdan foydalanish qoidalariga rioya qilish, nutq tempi(bir minuda 120 ta so‘z)ga amal qilishni tushunamiz [23].
Men faqat “buyoqqa kel” so‘zini 15-20 xilda gapira olganimdan, yuz, tashqi qiyofa va ovozni 20 xil ko‘rinishda bera olganimdan so‘nggina haqiqiy mahorat egasiga aylandim, - degan A.S. Makarenko.
Yuqoridagilarni hisobga olib, taklif sifatida shuni aytmoqchimanki, pedagogika yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalarning nazorat ishlari testdan ko‘ra qo‘proq og‘zaki bo‘lgani maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yozma ishda ham o‘tilgan mavzu bo‘yicha 3-5tagacha savollar qo‘yilib, savollarga talabalar yozma javob beradilar. Yozma ish yozish jarayonida o‘quvchida:

  • yozma nutq madaniyatini shakllanadi;

  • olingan bilimlarni tizimli yozma bayon etishni o‘rganadi;

  • savoldagi tushunchani anglab, yoritib berishadi;

  • yozish malaka va ko‘nikmalari shakllanadi, hamda rivojlanadi.

  1. Тest. Теsт (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi [32].


Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish