Kasbiy faoliyat davomida informatika o‘qituvchisi o‘rganilgan bilimlarni bevosita amaliyotda qo‘llaydi. Bu davrda o‘qituvchi:
o‘quv, mustaqil ta’lim jarayonini, ma’naviy-tarbiyaviy, darsdan tashqari ishlarni, tashqil etishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydaladi;
ta’lim jarayoni uchun elektron ta’lim vositalari, nazorat etuvchi vositalarni ishlab chiqib, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.
faoliyati davomida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari, metodlar va ta’lim vositalaridan unumli foydalanadi;
pedagogik faoliyatda mustaqil qarorlar chiqarish, ta’limga kirib kelayotgan zamonaviy ta’lim metodlari va vositalaridan xabardor bo‘lib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasbiy faoliyatini loyihalashga erishishi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |