5-mavzu. Informatika fanlarini o‘qitishda innovatsiyalar.
Reja
5.1.Ta’lim tizimida informatika fanlarining maqsadi va mazmunini aniqlashda innovatsiyalar
5.2.Informatika fanlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsiyalar
5.1.Ta’lim tizimida informatika fanlarining maqsadi va mazmunini aniqlashda innovatsiyalar. Ta’lim jarayonini tahlil etadigan bo‘lsak, u ta’limning maqsadi, mazmuni, shakli, metodi, vositalari va nazorat kabi qismlardan tashkil topib, bu jarayonda o‘qituvchi faol subyekt bo‘lishi talab etiladi.
SH.Amanashvili o‘z tadqiqotlarida -“Pedagogik jarayon-bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi binar (ikki tomonli)faoliyati bo‘lib, bunda o‘qituvchi o‘quvchilariga fanni o‘rganish qiyinchiliklarini yengish, bartaraf etishda yaqindan yordam beradi”- deb ta’kidlaydi [9]. Pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchiga yordam berishi: tushuntirish, eslatish, maslahat berish, o‘quvchida ishonch hosil qilish, motivatsiya berish,ilhomlantirish, ruh bag‘ishlash kabilar o‘quvchi shaxsini shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Innovatsion o‘qitish texnologiyalarining o‘qitish jarayoniga kirib kelishi o‘qituvchilarni ijodiy izlanishga yo‘naltiradi. Buning uchun informatika o‘qituvchisi har bir dars mashg‘uloti uchun o‘qitish maqsadini aniqlash-nega, nima maqsadda o‘qitish, o‘qitish mazmunini aniqlash-nimani o‘qitish, o‘qitish shaklini aniqlash-nazariy, amaliy, laboratoriya, mustaqil ta’limni qanday qilib tashkil etish, vositani aniqlashtirish-nimalar yordamida darsni tashkil etish, erishilgan natijani aniqlash-qaysi usulda (test, og‘zaki so‘rov, yozma ish, loyihalar tuzish va h.k.) foydalanib baholashni tashkil etish kabi faoliyatlarni amalga oshiradi.
Bizga ma’lumki, hozirgi vaqtda darsning aniq maqsadlari uch turga bo‘linib, ular ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni o‘zida mujassamlantiradi [39, 77].
Ta’limning maqsadi innovatsion metodik funksiyani bajaradi, agarda:
maqsadning qo‘yilishida innovatsiyalar mavjud va unga muvaffaqiyatli erishish o‘qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo‘lsa, o‘quvchi va ota-onalar uchun ham shunday bo‘lishi (aniq va tushunarli bayon) ta’minlansa;
maqsadni qo‘yish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi so‘zlardan o‘rinli foydalanish. Masalan, “... bajara olish”, “... bilib olish”, “...qo‘llash”, “..innovatsion bilimga ega bo‘lish”, “... innovatsion xususiyatlarni ifodalay olish” kabi so‘z tuzilishlaridan foydalanish, maqsadni asosi sifatida o‘zlashtiriladigan tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan foydalanilsa;
maqsadning qo‘yilishi davlat ta’lim standartlari talabini ifoda etsa. YA’ni o‘qituvchining metodik mahorati davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib maqsad aniq, puxta, pishiq ifodalangan, qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonida o‘quvchining yangi qirralarini namoyon etib, innovatsiya darajasiga ko‘tarilishiga erishilsa. An’anaviy metodikada ko‘p hollarda metodistlar ham, o‘qituvchilar ham maqsadning aniq qo‘yilishi va unga erishishga emas, balki materiallarning hajmiga e’tibor qaratadilar, zamonaviy ta’limda asosiy e’tibor maqsadni qo‘yish va unga erishishda innovatsiyalardan foydalanishni lozimligini ko‘rsatmoqda;
maqsadni qo‘yishda uni tashxislashning ta’minlanganligiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa. Tashxislash (baholash) ta’lim maqsadiga muvaffaqiyatli erishish mexanizmini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad ham, kutiladigan natija ham ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi qismlardan tashkil topib, shaxsga ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi bir butun jarayon sifatida qaraladi.
maqsadni qo‘yishda qat’iy ketma-ketlikka amal qilingan bo‘lsa.
Informatika ta’limining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan fanning Davlat ta’lim standarti (DTS)da mavzular shaklida ko‘rsatiladi [39].
5.2-rasm. Informatika ta’limining mazuni
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab innovatsion ta’lim metodlari qo‘llaniladi.
Keyingi vaqtlarda ta’lim mazmuni tubdan o‘zgardi, bunga sabab axborot texnologiyalari sohasida ikkita yo‘nalishda o‘zgarishlar bo‘ldi. Birinchisi-bu Internet va telekommunikatsiyaning tez rivojlanishi, dunyoning ixtiyoriy joyidagi fan o‘zgarishlarini, yangiliklarini tezda bilib olish, bilimlarni ko‘paytirish imkoniyati va ayni vaqtda dasturiy ta’minotlar, PDV, axborot resurslarning internetdan olish, web texnologiya, mobil texnologiya, bulutli texnologiyalar va internet interfeysining o‘zlashtirilishining osonlashganligi bo‘lsa, ikkinchidan-katta hamdagi (yuzlab gigabaytlarda) axborot tashuvchi qurilmalarning CD-ROM (Compact Disk Read Only Memory) kompakt disklari va tashqi xotira qurilmasi (fleshka) ishlab chiqilib amaliyotda foydalanilayotganligi. Ular yordamida ixtiyoriy gipermatnli, multimediali PDVni olib yurish, elektron ta’lim resurslaridan foydalanish mumkinligi, hamda AKT doimiy ravishda rivojlanib, ta’lim tizimida har bir ish joyi avtomatlashtirilib, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanilayotganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |