1.O‘quv maqsadiga muvofiqlik Test topshiriqlari mazmunini o‘quv maqsadiga qaratilishi lozim. Har bir test savoli ma’lum bir o‘quv maqsadining ro‘yobga chiqishini ta’minlashi zarur.
2.Materialning ahamiyatliligi. Testda topshiriqlar soni cheklanganligini hisobga olib, testni tuzishda o‘quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim.
З.Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo‘lgan haqqoniy ma’lumotlar kiritiladi. Test topshiriqlari tabiati asosan, avvaldan ma’lum, aniq javob berishni taqozo etib, munozarali qarashlarni savollariga kiritish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |