N. A. Egamberdieva



Download 6,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/99
Sana16.01.2022
Hajmi6,31 Mb.
#373528
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99
Bog'liq
2 5278661355363112465

ga
  dan  iborat  ark  va  qishloqdan  iborat.  Ark  qishloqdan 
chuqur  jarlik  bilan  ajratilgan.  Ark  xom  g ‘isht  va  paxsadan  qurilgan. 
Unda 3  qurilish  bosqichi  aniqlangan:
1-bosqich  V-V I  asrlar  bo‘lib,  bu  davrda  ark  bunyod  etilgan.  Uning 
tarxi  kvadrat  (80x80m )  boMib,  perimetri  bo'ylab  ikki  (ustki  va  pastki) 
qator tuynuksiz gum bazli yoMaklari boMgan.


2-bosqich  VII  asr  boshlarida 
tor  xonalar  tuproq  bilan  ko‘mib 
tashlanib,  mustahkam tagkursi qilinib, ustiga binolar qurilgan.
3-bosqich  VII  asr  oxiri  -VIII  asr  boshlarida  3  qism ga  boMingan  ark 
qurilgan.  Bular  minoradagi  turar  joy,  diniy  m arosim lar  o'tkaziladigan 
va  yordamchi  xo‘jalik  xonalariga  boMgan.  Bu  esa  arkning  shahaming 
m a’muriy,  diniy va mudofaa markazi  boMganligini  ko‘rsatadi.  Turar joy 
qismining  devorlari  rasmlar  bilan  bezatilgan.  Diniy  marosimlar 
oMkaziladigan  xonada  sajdagoh  boMgan.  U  erdan  metalldan  ishlagan 
m ehnat  qurollari,  qurol-aslahalar,  shisha,  sopol  buyum lar,  bezaklar, 
o ‘yinchoqlar, tangalar topilgan.  Q al’ada  mudofoa devori  boMmagan.
Q al’a  arab  qo'shinlari  tomonidan  vayron  qilingan.  IX-XII  asrlarda 
qishloq boMib qayta tiklangan.  XIII asr boshlarida inqrozga uchragan.
Ilk  o‘rta  asrlarda  0 ‘rta  Osiyoda  to‘qimachilik  rivojlangan.  Ayniqsa, 
ipak  mahsulotlariga  talab  katta  boMgan.  Ipakchilik  S o‘g ‘diyona  va 
Farg‘ona  vodiysida  ham  keng  yoyilgan.  VI-VII  asrlarda  Buxoroning 
«zandanachi»  ipak mahsulotlariga  talab  katta boMgan.  Zandanachi  ipak 
mahsulotlarining  namunalari  Afrosiyob  devoriy  suratlarida  saqlanib 
qolgan.
Ilk  o‘rta  asrlarda 
binolar 
devoriy  suratlar  va  haykallari  bilan 
bezatilgan.  Qadimgi  davrda  binolar  asosan  haykallar  bilan  bezatilgan 
boMsa,  ilk  o ‘rta  asrlarga  ko'proq 
devoriy  suratlar  bilan  bezatilgan. 
Ulardan  saroylar,  dehqon  qasrlari,  zardushtiylik  va  buddaviylik 
ibodatxonalarining inter’erlarini  bezashda keng qoMlanilgan.
Arxeologik tadqiqotlar davomida  Bolaliktepa,  Varaxsha,  Afrosiyob, 
Panjikentdan  devoriy  suratlari topilgan.  Bu suratlarda  ilk o ‘rta asrlardagi 
tarixiy  voqealari,  ajdodlarimizning  urf-odatlari,  axloq  normalari,  xulq- 
atvorlari  mohirona  aks  ettirilgan.  Masalan,  Bolaliktepa  (V-VI  asrlar) 
devoriy  suratlarida  moviy  osmon  fonida  bazm  tasvirlangan.  Unda 
shohona  kiyimdagi  erkak  va  ayollaming  qoMlarida  oltin  va  kumush 
qadahlarni  ko'tarib  turgan  holatlari  aks  ettirilgan.  Afrosiyob  devoriy 
suratlarida  Samarqand  ixshidi  Varxumanning  taxtga  kelishi  munosabati 
bilan  mamlakatlararo  diplomatik  munosabatlar,  diniy  va  dunyoviy 
mavzulardagi syujetlar va o‘sha davr madaniy hayoti  aniq tasvirlangan.
1948  yilda  arxeolog  A.I.Terenojkin  A frosiyobning  ilk  o ‘rta  asrlarga 
oid  qatlamlarini  tekshirdi.  Qazish  ishlari  natijasida  VI  asrga  mansub 
Tolu  Barzu  yodgorligi,  VIII  asrga  oid  sopol  idishlar,  sosoniy  tangalari 
topildi.  1958  yildan  buyon  Afrosiyobni  o ‘rganilish  ishlari  davom 
etmokda  va  hozirgacha  turli  davrlarga  oid  bir  qancha  yodgorliklar 
topildi.


Tadqiqotlar  natijada  IV-V  asrlarda  Samarqandning  tushkunlikka 
uchragan davri ekanligi  aniqlandi.  Uning rivojlanishi yangitdan  VI  asr­
dan  boshlangan.  Bu  davrda  ark  yangi  devor  bilan  o‘rab  olingan  va 
uzunligi  1,5  km   boMgan  4-devor  qurilgan.  Shahar  janubga  qarab 
kengaytirilib,  uzunligi  3  km boMgan  ichki devor qurilgan.
VII  asrlarda Afrosiyobda maxsus  saroy  devori  quriladi  va shaham ing 
to ‘rtinchi tashqi  devori butunlay  qayta qurilgan.  Saroy devorining  ichida 
yirik  inshootlar  qurilgan.  Shahar  aholisi  kasbiga  ko‘ra  maxallalarga 
boMingan.
V a ra x sh a   Buxoro  xukumdorlarining  qarorgohi  boMib,  bu  erdan 
saroy qoldiqlari  bilan bir qatorda devoriy suratlar ham topilgan.
M azkur  yodgorlik 
1938-1953  yillarda  tekshirilgan. 
Varaxsha 
devorlariga  loy  suvokdan  so‘ng  elimli  rang  bilan  suratlar  solingan. 
Ularda  podsho  saroyi  hayoti  tasvirlangan.  Shuningdek,  Varaxshadan 
ganchdan  ishlangan haykallar ham topilgan.
V araxsha  devoriy  suratlarida  (VII-VIII  asrlar)  buxorxudodlam ing 
hayot  tarzi,  y a ’ni  saroy  hayoti,  ibodat  va  ov  manzarasi  tasvirlangan. 
Saroyning  sharqiy  zali  janubiy  devorining  o ‘ng  tomonida  qanotli  tuya 
shaklida  ishlangan taxtda podsho tasviri, devorning chap tom onida saroy 
ahlining  altar  qarshisidagi  ziyorati,  saroyning  qizil  zal  devoriy 
suratlarida  esa  fil  mingan  ovchining  yoMbars  bilan  olishuv  manzarasi 
tasvirlangan.
P a n jik e n t  harobasini  tekshirish  1946  yildan  buyon  olib  borilmoqda. 
Tadqiqotlar  natijasida  V-VII  asrlarga  oid  boMgan  turar  joylar 
aniqlangan.  Turar-joylar  jum lasiga  Divashtich  saroyi,  boy  va  oddiy 
shahar  axolisi  uylari  kiradi.  Boy  xonadon  uylari  murakkab  reja  asosida 
qurilgan.  Bu erda ham ijtimoiy uylar va 2 ta ibodatxona ochib o'rganildi. 
Saroy  va  yirik  binolarning  devorlariga  hayotiy  va  diniy  mavzudagi 
rasmlar  solingan.  Samarkand,  Varaxsha,  Panjikent  rasmlari  ilk  o ‘rta 
asrlarda  0 ‘rta  O siyoda  tasviriy  san’at  yuqori  darajada  boMganligini 
ko‘rsatadi.
Ilk  o ‘rta  asrlarda  saroylar  haykaltaroshlik  namunalari  bilan  ham 
bezatilgan.  Q uva  ibodatxonasi  Budda  haykallari  topilgan.  Badisatvalar, 
farishta  v a  jin la r  birgalikda  tasvirlangan  bu  Farg'ona  haykaltaroshlik 
m aktabining  o 'z ig a   xos  tomonlari  mavjudligini  aks  ettiradi.  Uning 
shaklanishida  hind  ikonografiyasi  bilan  mahalliy,  ilohiy  sanamlari  o ‘z 
aksini  topgan.
H aykaltaroshlik  san’atining  izlari  mil.  IV -V  asrlarga oid  Tohariston- 
ning  K uyovqo‘rg ‘on  qal’adan  topilgan.  K uyavqo‘rg‘on  haykallari  zeb-


ziynatli  bezaklarga  boy  engil  kiyim lardagi  erkak  va  ayol  tasvirlaridan 
iborat.
Ilk 
o ‘rta 
asrlar 
davri 
m onumental 
m e’morchiligida 
ganch 
naqshinkorligi  keng  qo‘llanilgan.  Unda  antik  davr  an’analari  umuman 
uchramaydi, 
balki  o‘z  zamonasiga  xos  yangi  uslubiy  yo'nalishi 
shakllangan.  Buni  Afrosiyob,  V araxsha  va  Dumaloqtepa  (Tohariston) 
qasr bezaklarida uchratish mumkin.
Monumental  san’at  bilan  birgalikda  ilk  o 'rta  asrlarda  amaliy 
san’atning 
barcha 
yo'nalishlari 
rivojlangan. 
Ular 
shaharlaring 
rivojlanishi  va  shahar  hunarmandchiligining  taraqqiyoti  bilan  uzviy 
bog‘langan  edi.  Oltin  va  kum ushdan  liar  xil  idishlar  yasash  k o ‘lami 
kengayadi.  Ayniqsa,  bu  m asalada  Xorazm  maktabi,  Tohariston  va 
So‘g ‘d ustalari katta yutuqlargaerishadilar.
Arxeologik  qazish  materiallari  va  tasviriy  san’at  asarlari  ilk  o ‘rta 
asrlar  davrida  zargarlik  va  tosh  o ‘ymakorlik  san’ati  yuksak  darajada 
rivojlanganligini  tasdiqlaydi.  V -V I  asrlarda  oliy  nasabli  m ulk  egalari- 
ning  shaxsiy  muhri  sifatida  qim m atbaho  tosh-serdolikdan  gem m alar 
yasash davom etgan.
Ilk  o ‘rta  asrlar  madaniyatida  sa n a m la r  yasash  va  ularga  oilaviy 
sig‘inish  keng  tus  olgan.  U lar  Baqtriyada,  So‘g‘dda,  Choch  va 
Farg‘onada  mavjud  bo‘lgan.  Arxeologiyada  «koroplastika  sanamlari» 
deb  nom  olgan  badiiy  san’atning  . markazi  So‘g ‘diyona  bo'lgan. 
Koroplastika 
Samarqand,  Rabinjon,  halibarzu,  K ofirqal’a,  Buxoro, 
Poykent  va  Erqo‘rg‘onda  ko‘plab  uchraydi.  Ular  oilaviy  kult  obrazlari, 
qahramonlik  epos  va  rivoyatlarining  personajlari  sifatida  ilk  o ‘rta  asrlar 
madaniyatida  keng  o‘rin  olgan.  K o ro p la stik a  bu  haykalchalar  bo‘lib, 
ko‘pincha 
sopoldan 
ishlangan, 
uning 
mum, 
gips 
va 
boshqa 
materiallardan  ishlangani  ham  topiladi.  Koroplastikada  ko‘pincha  ayol- 
m a’budalamiing  xaykalchalari  ishlangan.  Lekin  mil.avv.II  asrdan  erkak 
kishi  va  hayvonlarning  koroplatikalari  ham  uchraydi.  Sopol  ko‘za  va 
tutatkich dastalarini  har xil hayvonlar shaklida ishlash an’anaga aylandi.
Ilk  o ‘rta  asrlarda  hunarmandchiligida  ostodonlar  tayyorlash  keng 
rivojlandi.  Chunki  zardushtiylik  dinida  murdalami  bevosita  erga 
ko‘mishni  taqiqlagan  va  ulaming  tozalangan  suyaklarini  ostodon  deb 
atalgan  maxsus  sopol  yashiklarda  ko‘mishni  taqozo  etgan.  Bu  sopol 
yashiklarning  qopqoqlari  va devorlarining tashqi  tomoni  har xil  bo'rtm a 
naqshlar-ilohiy  personajlar  va  m e’moriy  kolonnalar,  daraxt  va  o ‘simlik 
barglari  bilan  bezatilgan.  O stodonlarning  ishlanishi  turli  joylarda 
turlicha  bo‘lgan.  Masalan:  X orazm da  m e’moriy  va  statuar  ostodonlar,


C hochda 
chizm a  naqshli  yashiksimon  ostodonlar, 
So‘g‘da  esa 
otashparastlik  ilohiyati  e’tiqodi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  syujetli  ostodonlar 
keng tarqalgan.  Ostodonlar m axsus  inshoot -  nauslarda saqlangan.
VII  asm ing  ikkinchi  yarmi  va  VIII  asming  boshlarida  0 ‘rta  Osiyo 
hududlariga  islom diniy mafkurasining kirib kelishi  mahalliy  madaniyat 
rivojlanishida  to'sqinlikni  keltirib  chiqardi.  Islom  aqidashunosligi 
m ahalliy  m uhitga  majburan  kiritildi,  mahalliy  an’anaviy  badiiy 
m adaniyat va san’at olami  islomiylashdi.

Download 6,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish