u yerga kirib, otam ning qabrini ziyorat qilib o ‘tishni
m a’qul k o ‘rdim. Q abriston eshigidan kirar ekanm an,
ichimdan vulqonday otilib chiqayotgan y ig ‘ini to ‘xta-
tolmadim. M ung‘ayib turgan qabrni quchoqlab uzoq
yig ‘ladim. D adajonim ga x o ‘rlanganlarim ni,
nohaq tuh-
matlarga qolayotganim ni, ichimdagi butun dard-u has-
ratlarim ni to ‘kib soldim. Onam o ‘rgatgan oyatlam i
o ‘qib, otam ning ruhi pokiga tilovatlar qildim.
Q abristondan chiqar ekanm an, ancha yengil tortdim.
U yim izga kirib borganim da osm onda yulduzlar charaq-
lab, qosh qorayib qolgandi.
N egadir chiroqlar o ‘chiq, uyda hech kim y o ‘qday
ko ‘rindi. Eshiklar ochiq b o ‘lgani
uchunm i, to ‘g ‘ri uyga
kirib boraverdim . K atta uyning eshigini ochishim bilan
qop-qora m ushuk o ‘zini derazaning siniq oynasiga urib
tashqariga chiqib ketdi. Butun vujudim bilan ko'ngilni
behuzur qiladigan allaqanday yoqim siz hidni tuydim.
Shoshib chiroqni yoqdim -u, uydagi dahshatli manzarani
ko ‘rib, seskanib ketdim.
G ‘aribgina k o ‘rpachada Zulum buva g ‘ujanak b o ‘lib
o‘lib yotar, uning burni va yuzining ayrim qism larini
mushuk yam lagani bilinib turardi. Q o‘rqib ketganim dan
tashqariga o ‘qday otilib, Tillavoy
akaning uyiga qarab
chopdim. O qarib ketgan rangim ni k o ‘rgan To‘paniso
xola darrov suv ichkizib, ortganini yuzlarim ga sepa
boshladi. Tez orada uyim iz odam ga to Tib ketdi. Zulum
buvaning o ‘g ‘il-qizlariga xabar qilindi.
U lar ham tezda yetib keldilar va qotib qolgan jasadni
to ‘g ‘rilash uchun k o ‘p urindilar. Ilojini qilolmagach,
g ‘ujanak holicha katta choyshabga o ‘rab, murdani olib
ketdilar.
Q ariyalam ing aytishicha, Zulum buvaning jo n i
ikki-uch kun oldin uzilgan b o ‘lib, jasad buzilib, ayniy
boshlagan ekan. Birov u dedi, birov bu dedi. K im dir
bolalarini aybladi, yana kimdir... X ullas,
bir paytlar
qam chisidan qon tom gan Zulum buvaning ayanchli
oTimi u ch-to‘rt kun ham m aning o g ‘zidan tushmadi.
127
0 ‘sha kuni Tillo akanikida tunab qoldim. Ertasi kuni
azonda uyim izga kirib atrofni kuzatdim. Katta qiziqish
bilan ekkan gullarim suvsizlikdan madori qurib qovjirab
qolgan, qarovsiz uyim izdan fayz k o ‘tarilgan edi.
Egasiz daraxtlar ham m enga m ung‘ayib qarab tur-
ganday k o ‘rindi.
Katta uyga kirishga negadir yuragim dov bermadi.
Qayerga
qarasam , Zulum buva tikilib turganday tuyula-
verdi. Eshikni qulflab, m aktabga qarab y o ‘lga tushdim.
Q adam im ni qancha tezlatmay, darsga bir soat ke-
chikib bordim. Sinfga kirib, o ‘z joyim ga o ‘tirdim. Tum-
tayib o ‘tirgan Otash « o ‘g ‘ri bilan o ‘tirm aym an», deb
sumkasini k o ‘tarib boshqa partaga o ‘tib ketdi.
0 ‘ziga xushom ad qilib yuradigan bolalarni y ig ‘ib,
pichirlab nim alarnidir kelishib olishdi.
Keyingi tanaf-
fusda boshqa bolalar ham bir ovozdan: «Biz o ‘g ‘rining
qatorida o ‘tirm aym iz», deb b o ‘sh partalarga o ‘tib ke-
tishdi. Birinchi qatorda bir o ‘zim qoldim.
S inf rahbarim izga «Davron birinchi darsga kelmadi!
Davron o ‘g ‘irlik qipti!» degan chaquvlar avj oldi.
K atta tanaffiisda ham m a tashqariga chiqib ketdi.
O tashning ayrim sodiq «d o ‘st»lari « 0 ‘g ‘ri! 0 ‘g ‘ri!» de-
yishganicha qiyqirib sinfni tark etishdi.
- X afa boTm a, o ‘rtoq. Otash «D avron dadam ning
pulini o ‘g ‘irladi», deb gap tarqatib yuribdi, yaramas.
M en senga ishonam an. M ana k o ‘rasan, o ‘sha y o ‘qolgan
pulni uning o ‘zi olgan b o ‘lib chiqadi, dedi Rahm atjon
oldim ga kelib.
- Otash seni yakkalab q o ‘ym oqchi. Parvo qilma.
M ayli desang, men sening yoningda o ‘tiraman.
Indamadim. Rahm atjon m ening partam ga o ‘tdi.
Beixtiyor k o ‘zlarim yoshga to ‘ldi. M enga qaratilgan
tagdor gaplar dars paytidayam tinmadi.
- Domla, « 0 ‘g ‘ri» hikoyasini
A bdulla Q ahhor yoz-
gan-a?
128
- Domla, « 0 ‘g ‘rigina bolam»ni G ‘afur G ‘ulom yoz-
ganmi?
Oxirgi soat qolganda sabr kosam to ‘ldi. Kitobla-
rimni olib, tushkun kayfiyatda sinfdan chiqib ketdim.
Ko‘zlarim tinib, boshim g ‘uvullar, q ulog‘imda o ‘yin-
ga tushib m asxara qilayotgan ayrim surbet sinfdosh-
larimning b eo ‘xshov kulgisi, yoqim siz ovozi tinmay
jaranglardi.
- Davron darsdan qochdi! 0 ‘g ‘ri darsdan qochdi!
0 ‘g ‘rini tutinglar!
Do'stlaringiz bilan baham: