SATTOR BOBONING HIKOYASI
Dam olish kunlarining birida kattalar bosh bo‘lib,
mahallamiz hovuzini hashar yo'li bilan kovlashni
boshlab yubordilar. Onam qatlama pishirib dasturxonga
o‘radi-da, hasharchilarga berib kelishimni tayinladi. U
yerda ish bir maromda borar, mehnatga yaroqsiz uch-
to‘rt qariya supaga solingan ko‘rpachalarda suhbatlashib
o ‘tirardi. Davrada Sattor bobo ham bor. Dasturxonni
berib, izimga qaytayotgandim u:
- Kel, o ‘g ‘lim, o ‘tir, qani mana buni darrov yeb
olgin-chi, - dedi qo‘limga issiqqina somsani tutqazib.
- X o‘p bo ‘ladi.
0 ‘tirib ularning suhbatiga quloq tutdim. Sattor bobo
urush haqida hikoya qilmoqda edi.
- Xullasi kalom, urush rosa quturgan bir payt.
Hamma quduqlar zaharlangan. Ichimlik suvi anqoning
urug‘iga aylangan. Ochlikdan ham ko‘ra suvsizlikka
chidash qiyinligini o ‘shanda bilganman. Faqat o ‘n
chaqirimlar naridagi ovloq bir joyda zaharlanmagan
quduq qolgan. 0 ‘sha quduqdan nemislar ham, sovet
soldatlari ham suv ichardik. Har ikki kunda bir marta
ikkita soldat navbati bilan borib, quduqdan suv kelti-
ramiz. Bu juda xavfli edi. Chunki minaga yo‘liqib o ‘lib
ketish ham hech gap emasdi-da. Navbatimiz kelib,
Morozov degan o‘ris sherigim bilan idishlami olib
yo‘lga chiqdik.
40
Bir amailab yetib borgach, tepalikdan quduqni ku-
zata boshladik. Ikki nafar nemis soldati betonlarga
suvlami olib qo‘yib, yonboshlashib maishat qilishardi.
Ulaming qurollari bir chetda turar, o'zlari g‘irt mast
edilar.
Nemischalab «qo‘lingni ko‘tar!» - deya baqirib
ularga qurol o‘qtaldik. Buni kutmagan nemis soldatlari
dovdirab qoldi va ikkisi ham darrov qo‘lini ko‘tardi. Bir
payt yoshi kattaroq nemis chala-chulpa ruschalab:
- Ti xorosho, ya xorosho, Gitler ploxo...
- Ti xorosho, ya xorosho, Gitler ploxo, - deya
yig‘lay boshladi. Yerda sochilib yotgan oilasi, bolalari-
ning rasmlariga ko‘zlarini javdiratib imo qilar:
- Deti xorosho, ti xorosho, Gitler ploxo.
- Ti xorosho, ya xorosho, Gitler ploxo, - deganicha
tinmay yalinar, yuz-ko‘zlari bilan imo-ishoralar qilib,
bizni ham ichishga undardi. Bechora nemisning ya-
linishlariga odamzod tugul, tosh ham erib ketardi.
Bir zumda qishlog‘im, ota-onam, jiyanchalarim ko‘z
oldimga keldi. Sherigimga qaradim. Uning horg'in
nigohlari, ertaga jangda o ‘lib ketamizmi... Kel, inson-
ligimizcha qolaylik, - deganday tuyuldi. Nima bo ‘lsa
bo Tar, Morozov ikkimizning ham ko‘nglimiz yumshab,
qurollami bir chetga qo‘yib, ularga sherik boTdik.
Nemis soldatlarida anchagina spirt bor ekan.
To‘ygunimizcha ular bilan birga xursandchilik qil-
dik. Oyoqlarimiz chalishib, og‘zimizda kuylar cha-
lib, to‘rtalamiz rosa raqsga tushdik va quchoqlashib
xayrlashdik. Yarim tunda suvlarini olib nemislar o ‘z
tomonlariga, biz o ‘z yo‘limizga qarab ravona bo‘ldik.
41
Do'stlaringiz bilan baham: |