* LOCK TABLES — ko‘rsatilgan ulanishlar(oqim) uchun jadvallarni bloklash xuquqi.
* EXECUTE — har xil protseduralarni ishga tushirishga ruxsat.
* REPLICATION CLIENT, * REPLICATION CLIENT — server va kliyent joylashgan joyi va jurnallarini ko‘rish xuquqi.
Yuyuqoridagilardan tashqari, quyidagi maxsus resurslarga oid ruxsatlar ham bor:
* MAX QUERIES PER HOUR — bir soatdagi maksimal so‘rovlar sonini belgilash.
* MAX UPDATES PER — ma’lumotlar bazasi yoki jadvallarni o‘zgartrish mumkin bo‘lgan maksimal buyruqlar soni(soatda).
* MAX CONNECTIONS PER HOUR — bir soat mobaynida maksimal ulanishlar soni.
Agar yuqoridagi ruxsatlar qiymati»0» bo‘lsa, resurs cheksiz hisoblanadi.
Ruxsatlar haqida umumiy ma’lumotlar shular, keyingi maqolalarda foydalanuvchilarni ochishni ko‘rib o‘tamiz.
MySQL MBBTda ma’lumotlar bazasi yaratish va u bilan ishlash
Qo'shilgan sana: 2015-12-19
Muallif: Orifjon Sobirov
MySQL MBBTda ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni boshlaymiz. Dastlab MySQL xizmatini yoqamiz va «root» foydalanuvchisi bilan ulanamiz (xizmatni yoqish va ulanish). Dastur o‘rnatilganda, MySQL bizga bir necha ma’lumotlar bazasini yaratib beradi. Bu bazalarni ko‘rish uchun, to‘g‘rirog‘i foydalanuvchiga tegishli nechta ma’lumotlar bazasi borligini bilish uchun «show databases» komandani teramiz.
Ko‘rib turganingizdek, mysql bizga to‘rtta ma’lumotlar bazasini yaratib bergan. Albatta, so‘rovlarni biz bitta bazaga beramiz, shuning uchun bittasini tanlab olishimiz lozim. Qaysi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashimizni e’lon qilib qo‘yamiz. Buning uchun «Use» kalit so‘zidan foydalanamiz.
Demak xulosa, har safar MySQLga yangi ulanganda, ya’ni yangi sessiya ochilganda qaysi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashimizni belgilab qo‘yishimiz lozim ekan. «USE» kalit so‘zidan keyin «;» shart emas ekan.
Keling endi, o‘zimiz biror ma’lumotlar bazasi yaratamiz, uning uchun «create database» so‘zlaridan foydalanamiz va bazaga nom beramiz.
Agar, yaratilayotgan baza nomi mavjud bo‘lsa, xatolik chiqadi, lekin «IF NOT EXISTS» kalit so‘zi orqali mavjud baza nomi ustiga ochish mumkin, bunda eski baza o‘chib ketadi.
Undan tashqari, butun boshli ma’lumotlar bazasi kodirovkasini ham, uni yaratishda berish mumkin. Bu holda agar jadvallar alohida kodirovka bilan yaratilmasa, barja jadvallar baza kodirovkasi bilan bir xil bo‘ladi.
Sizning MySQL versiyangiz qanday kodirovkani qabul qilishi mumkinligini bilish uchun «Show character set» buyrug‘ini berish kifoya qiladi.
Keyingi termin «Collate«. Bazadagi axborotlar qanday tartiblanishini belgilovchi termin. «Show Collation» buyrug‘i orqali barcha tartiblashlarni nomini ko‘rish mumkin. Baza yaratishda ham ko‘rsatib ketish mumkin. Bu haqida to‘liqroq keyingi maqolalarda berib borishga harakat qilaman.
Baza yaratildi, bu bazani barcha parametrlarini «show create database» buyrug‘i orqali ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlar bazasi nomi 64 simvoldan oshmasligi, slesh(/) va nuqta (.) ishtirok etmasligi lozim.
Ma’lumotlar bazasi operatsion tizim turiga qarab, ma’lum bir joyda saqlanadi, chunki unga ham joy kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |