Muzeyshunoslik va arxivshunoslik fanidan



Download 187,26 Kb.
bet1/8
Sana28.06.2022
Hajmi187,26 Kb.
#712878
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muzeyshunoslikdan mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MAXSUS SIRTQI (SIRTQI) FAKULTETI
410-GURUHI


MUZEYSHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK FANIDAN
KURS ISHI
Bajardi:Utamurodov B
Tekshirdi:Radjabova D
Samarqand -2022
Reja

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Buyuk Britaniya Muzeylari .

  2. Turkiston General-gubernatorligining arxiv ishining tashkil etilishi.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Insoniyatning tamadduniy davrlari turli jabhalarini qamrab olgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy munosabatlarni hujjatlarsiz tasavvur etish qiyin. Besh ming yildan oshibdiki, yozuv madaniyati bilan yonma-yon hujjatchilik amaliyoti davom etib kelmoqda. Jahonning turli mintaqalarida ko‘plab hujjat jamlamalari vujudga kelgan. Ular uzoq tarix varaqlarini zarur mazmun bilan to‘ldirishda muhim ahamiyatga ega.


MUZEYLAR (yun. musion — muzalarga bagʻishlangan joy) — tarixiy, moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiymaʼrifiy muassasalar. Muzeylar xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hoz. davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega qoʻlyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
Zamonaviy Muzeylarning koʻplariga tadqiqot va taʼlimtarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos. Muzeylarning oʻziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari — ekspozitsiya, koʻrgazmalar.
Zamonaviy ilmiy tasnifda Muzeylar tur va sohalar boʻyicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga koʻra ilmiy tadqiqotmaʼrifat (M. ning asosiy qismini tashkil etadi, baʼzan ular xalq M., ommaviy Muzeylar deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot intlari qoshida oʻziga xos lab. vazifasini oʻtovchi) va oʻquv Muzeylar iga boʻlinadi. Sohalar boʻyicha tarix, q. x., tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa Muzeylarga boʻlinadi. Shuningdek, Muzeylarning memorial muzeylar, maj-mua oʻlkashunoslik kabi turlari bor.
Muzeylar katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: toʻplamlarni butlaydi va oʻrganadi; ilmiy qujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va taʼmirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yoʻl-koʻrsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozi-siyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir.
Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi Muzeylarning paydo boʻlish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi. Muzeylarning oʻtmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xoʻjalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Kritdagi Knos saroy xazinasi (mil. av. 16-a.), Vanlar saroyi va ink ko-hinlarining arxivi (mil. av. 13—12-a. lar, Xitoy), Nineviya saroy kutubxonasi (mil. av. l-z..) va b. shular jumlasidan. Kdsimdan ibodatxona, keyinroq xususiy toʻplamlarda (mil. av. 3-a. dan) asosan sanʼat asarlari jamlangan (Varres, Sulla galereyalari, Serviliy, Krase, Lukull, Pompei, Sezar va b. toʻplamlari). Vizantiya sobor va monastirlarida, keyinroq Fransiya, Italiya, Germaniya va b. mamlakatlar soborlarida turli xil toʻplamlar saqlangan. Yevropada ilmiy vazifalar yuklatilgan Muzeylarning paydo boʻlishi buyuk geografik kashfiyotlar, amalga oshayotgan davr — Uygʻonish davriga toʻgʻri keladi; bu davrda xayvonot va oʻsimlik dunyosi namunalari, minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar jamlangan; tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiybadiiy noyob narsalar jamlangan saroy toʻplamlari (kunstkameralar, myunskabinetlar va b.) shuxrat krzongan. Dastlab Muzeylar va ular haqidagi dastlabki tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo boʻldi. Florensiya (L. Medichi, 15-a.), Rim (Vatikan muzeyi, 16-a.), Drezden (Avgust Saksonskiy, 16-a.) va b. joylardagi antik davr yodgorliklari toʻplamlari shu davrga mansub. 17—18-a. larda keyinchalik koʻplari davlat milliy Muzeylar negizini tashkil qilgan xususiy toʻplamlar (tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik) shakllandi.
Oʻzbekistonda Muzeylar 19-a. ning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. 20-a. boshida Oʻzbekistonda faqat 3 muzey — Toshkent oʻlkashunoslik muzeyi (1876, hoz. Oʻzbekiston tarixi muzeyi), Samarqand xalq muzeyi (1896, hoz. A. Ikromov nomidagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi), Fargʻona xalq muzeyi (1899, hoz. Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi) bor edi. Ularning toʻplamlari kam, ekspozi-siyalarining kupi tasodifiy materi-allardan tashkil toptan. 20-a. 20-y. laridan turli sohadagi Muzeylar tashkil etila boshladi. Muzeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga oʻtkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, Muzeylar uchun kolleksiyalar toʻplash ishi yoʻlga qoʻyildi, koʻplab Muzeylar tashkil etildi. Hozir Oʻzbekistondagi Muzeylarning asosiy qismi Oʻzbekiston madaniyat ishlari vazirligi qaramogʻida. Yirik Muzeylar: Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston sanʼat muzeyi (1918), A. Ikromov nomidagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi, Oʻzbekiston tabiat muzeyi (1876) va b., Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida oʻlkashunoslik Muzeylari, jahon ahamiyatiga molik memorial Muzeylar bor.
Muzeylar, taʼlimtarbiya va ilmiy vazifalarga ega boʻlgan Muzeylar tizimi taraqqiyotiga obyektiv ehtiyojlar ortib bormoqda. AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va b. mamlakatlar eng taraqqiy etgan Muzeylar tizimiga ega.
Muzeylarning xalqaro maydonga chiqishi b-n ularning taʼsir doirasi kengayib bormoqda. Bunda koʻrgazmalar ayirboshlash birinchi oʻrinda turadi. Muzeylar jahonning turli mamlakatlariga oʻz xazinalarini yuboradi, ayni paytda chet mamlakatlarning koʻrgazmalarini oʻzlarida qabul qiladi va koʻrgazma hamda Muzeylarda namoyish etadi. Muzeylar xalqaro madaniy alokalarni kengaytirishga yordam bermoqda, milliy madaniyatlarning oʻzaro boyishi va xalqlar oʻrtasida hamfikrlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda.
Jahon Muzeylari xalqaro tashkilotga birlashgan, YUNESKO tarkibida Muzeylar xalqaro kengashi (IKOM) mavjud, uning tarkibiga milliy Muzeylarning qoʻmitalari kirgan.
Markaziy Osiyo hududida ham arxiv ishining vujudga kelishi va rivojlanishi qadimiy asoslarga ega bo‘lib, davlatchilik tarixi hamda kichik va katta davlat uyushmalarining barpo qilinishi bilan bog‘liq. Markaziy Osiyoda yozuv paydo bo‘lishi bilan muhim voqea-hodisalarni qandaydir qattiq ashyolar yuzasiga - devor, tosh, sopol buyumlar, metall, qayin po‘stlog‘i, yo‘nilgan yog‘och tayoq yoki yog‘och taxtachalarga qayd qilib borish amaliyoti paydo bo‘ldi. Shunday qilib, muhim voqealar hujjatlashtirilib borilgan va hujjatlarni saqlash an’anasi paydo bo‘lgan. Bu esa xo‘jalik hisobi yoki huquqiy taftish, soliq nazorati, mulkchilik mubosabatlarini boshqarishga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrlarga oid bir qator arxiv majmu’a- to‘plamlari topilgan. Masalan: Eski Niso arxivi (Turkmaniston), Ravatak arxivi (Afg‘oniston), Tuproqqal’a arxivi(Xorazm) kabilar shular jumlasidandir. Arxiv hujjatlarida parfiyoniy, xorazmiy, yunon-boxtariy va b. yozuvlardan foydalanilganki, bu qadimiy yozuv madaniyatning yuksakligini ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidan Tuproqqal’a xarobalaridan topilgan III-IV asrlarga taalluqli hujjatlar kompleksi fanga 1930 yillar oxirida ma’lum bo‘ldi. Zarafshon daryosining yuqori qismida VII asr oxiri-VIII asr birinchi choragiga oid sug‘d hujjatlarining ulkan arxivi topilgan. Tarix fanida bu arxiv “Mug‘ tog‘i sug‘d hujjatlari” nomi bilan ataladi.
Arablar bosqinidan keyin devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishlari yanada rivojlandi va kengaydi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo hududlarida kechgan davlatchilik va ma’muriy-xo‘jalik tizimlari rivojlangan sari boshqaruv jarayonlarida ish yuritishning hujjatli hamda hisobotli asolari tarixiy zaruratga aylangan. Qadimgi Misr, Mesopotamiyada Shumer, Akkad, old Osiyo, Qadimgi Eron kabilar qatori Markaziy Osiyoda ham hujjatchilik ishi shakllandi. Bu jarayon mil.avv. I ming yillik o‘rtalaridan boshlanib, bir necha bosqichlarda davom etdi: qadimiyat, antik yunon- boxtar davri, kushanlar davri boxtariy tilli arxivchilik, xioniylar, kidariylar, abdaliylar, ilk o‘rta asr Markaziy Osiyo davlat uyushmalari arxivchilik an’analari, islom davri..., nihoyat hozirga qadar bu soha davomiy rivojlanib kelmoqda.
O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlarda devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishi kengamal qilgan. Ushbu qo‘llanmada qadimiy va ilk o‘rta asr arxivlari, ularning yetib kelgan darajada qoldiqlari, Somoniylar, Qoraxoniylar, davlatchiligimizning yana bir qator boshqa bosqichlari, nufuzli xonadonlarning arxivlari (Buxoroda Boxarziy vaqflari, Jo‘ybor shayxlari arxivi), Bu- xoro amirligining Qushbegi arxivi, Xiva xonligining Qozilik arxivi, Turkiston general-gubernatorligi arxivi , sovet davri, mustaqillikka erishilganidan keyingi arxiv ishi hamda sohadagi islohotlar qamrab olingan.
Tashkilotlarda hujjatlarni saqlash va arxivlashtirish ishiga sobiq sho‘ro‘lar davrida katta ahamiyat berilgan. Biroq, arxivlar faoliyatida davlat siri, mahfiylik, mutlaqo mahfiylik kabi tamg‘lar ostida aksariyat hollarda turli fondlar hujjatlaridan ochiq, emin-erkin foydalanish mumkin emas edi. Mustaqillik sharoitida, ya’ni 1999yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan “Arxivlar to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligi munosabati bilan Respublika arxiv ishida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
2004 yilda Respublika Vazirlar mahkamasining 49-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi arxiv agentligi “O‘zarxiv” tashkil qilindi. Uning tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Kino-foto hujjatlar markaziy davlat arxivi kiritildi. Ushbu tuzilmaning Qoraqalpoq Respublikasi, viloyatlar,
Toshkent shahri hududiy boshqarmalari hamda Qoraqalpoq Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat arxivlari hamda ularning filiallari tashkil etildi.
Mazkur 2004 yil 3 fevraldagi 49-sonli Qarorga Ilova sifatida “O‘zarxiv” to‘g‘risida Nizom qabul qilindi. Nizom 4 bo‘limdan iborat. I bo‘lim “Umumiy qoidalar”, II bo‘lim “O‘zarxiv” agentligining asosiy vazifalari, III bo‘lim “O‘zarxiv” agentligining huquqlari va javobgarliklari, IV bo‘lim “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini tashkil etish kabi nomlangan. Nizom O‘zarxiv agentligi faoliyatining barcha sohalarini qamrab oluvchi hujjatdir.
“2008 yil 26 avgustda Vazirlar mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirish to‘g‘rsida” yana bir muhim qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq 2008-2011 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda arxiv ishini va uni boshqarishni takomillashtirish dasturi qabul qilindi.
2009 yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi “Arxiv ishi to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. 2010 yil 7 mayda bu Qonunni Senat ma’qulladi. Qonun arxiv ishining takshiliy asoslarini, vazifalari va funksiyalarini, huquqiy jihatlarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish, qog‘oz shaklidagi, kino, foto va fono hujjatlarini raqamlashtirishni yanada jadallashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi
negizida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tashkil etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi negizida
O‘zbekiston Milliy arxivi; O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi;
O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi; Toshkent shahar davlat arxivi negizida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi tashkil etildi.
Ushbu darslik arxiv ishiga zamonaviy talablardan kelib chiqib uzoq o‘tmishdan to hozirgacha davlatchilik bosqichlarida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlarning hujjatlarda qayd etilishi, mahkamachilik tarixi, hujjatchilik madaniyatini o‘rganishga xizmat qiladi, degan umidda yaratildi.
Arxivshunoslikning o‘quv fani sifatida joriy etishdan maqsad - talabalarda jahon miqyosida, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida arxivshunoslik va arxiv ishining yo‘lga qo‘yilish tarixii arxiv materiallaridan tarixiy ma’lumotlar olish masalalari bo‘yicha tasavvur, bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.


        1. Download 187,26 Kb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish