Olimpiya shonshuhrati muzeyi — 1996.;
"Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi — 2002-yil;
Toshkent tarixi muzeyi — 2003-yil;
Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi — 2002-yil
Yuqoridagi yangi muzeylar hozirgi kunda o’z faoliyatini olib bormoqda. Respublikamizdagi bir qator oʻlkashunoslik muzeylaridagi tarix fani yoʻnalishidagi boʻlimlar zamona ruhiga moslab taʼmirlandi.Oʻzbekiston tarixida yangi qoʻlga kiritilgan yutuqlar asosida boyitildi. Tarix muzeylariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi madaniy boyliklarining olib chiqilishi va olib kirilish masalasini tartibga solish toʻgʻrisida"gi qarori tufayli Oʻzbekistondagi Tarix muzeylari dunyoning taniqli muzeylariridan joy olmoqda.Yurtimizda hozirgi kunda 1200 dan ortiq muzeylar faoliyat ko'rsatmoqda.Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanishida Tarix muzeylarining tadqiqotchilik oʻrni salmoqlidir. Tarix muzeylarining asosiy maqsadi xalq taqdiri bilan bogʻliq boʻlgan tarixiy jarayonlarni xolis yoritish va keng mushoxada etib ilmiy tadqiq etishdir.5
Temuriylar tarixi davlat muzeyi — Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi Muzey binosi oʻrta asr meʼmorligi anʼanalari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, balandligi 31 m (diametri — tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m), uni qurishda temir ustun, gʻisht, turli beton blok va yengil tayyorlangan sunʼiy qurilish uskunalari qoʻllanilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Muzey 3 qavatdan iborat. 1-qavatda koʻrgazma va kinoleksiya zali (200 oʻrindiqli) bor. 2-qavatdagi koʻrgazma zali 8 boʻlimdan iborat. Koʻrgazma zalidagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar Oʻzbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996-yilda Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan koʻrgazmadagi eksponatlar ham muzeyga oʻtkazilgan. Muzeyda arxeologiya, etnografiya numizmatika yodgorliklari, qoʻlyozmalar, tasviriy sanʼat namunalari bor. Shuningdek, I. Karimovning Amir Temurga boʻlgan hurmatini ifodalovchi dil soʻzlari va "Temur tuzuklari"dan keltirilgan iboralar eksponatlarni mazmunan boyitgan.Koʻrgazma zalining markazidagi devoriy tasvirdan "Buyuk Sohibqiron — buyuk bunyodkor" nomli 3 qismdan iborat asar oʻrin olgan. Birinchisi — "Tugʻilish" qismida Sohibqironning tugʻilishi bilan bogʻliq urfodatlar ramziy tasvirlarda ifodalangan. Ikkinchisi — "Yuksalish"da "Rosti—rasti" ("Toʻgʻrilik najotdir") degan shior oltin harflar bilan bitilgan. Bu qismning markazida taxtda oʻtirgan Sohibqironning vazir, ulamo, harbiy aʼyonlar davrasidagi mashvaratlari aks ettirilgan. Pastroqda esa Sohibqironning nabira va abiralari (Muhammad Sulton, Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur) bobolaridan meros qolgan tuzuklarni mutolaa qilayotganlari va Amir Temur yaratgan meʼmoriy obidalar tasvirlangan. Uchinchisi — "Faxrlanish" boʻlimida merosning avloddan avlodga oʻtib kelayotganlik gʻoyasi oʻz aksini topgan. Muzeyga har yili 100 mingdan ziyod tomoshabin kiradi.6
XULOSA
Muzeylar - tarix o'tishimizni anglashda o'rni beqiyosdir. Muzeylar orqali biz o'lkamiz hududida dastlab qanday odamlar yashaganligi, ularning tarixi, ota bobolarimiz bizga qoldirgan moddiy va ma'naviy merosi, o'lkamizning qadimgi tarixi bilan yaqindan tanishmiz. Muzelar ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlod uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni tarixini o'rganishda, o'zligini anglashda o'rni beqiyosdir. Muzeylar xalq ma'naviyatining ko'zgusidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |