Muzeylar – o’tmish va kelajak orasidagi ko’prik Grammatika: Olmosh-mustqil so’z turkumi
Reja:
- Muzeylar – o’tmish va kelajak orasidagi ko’prik
- Olmosh so’z turkumi haqida ma’lumot
- Olmoshning ma’noviy guruhlari
Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o`tmishimiz, tariximiz aks etgan.
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz – kelajak yo`q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi. 1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan. Muzey uch qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat joylashgan.
Ikkinchi qavatdagi devor markazidan davlatimiz rahbari Islom Karimov g‘oyasi asosida miniatyurachi rassomlar S.Qoraboyev, G‘.Kamolov, X.Nazirov, T.Boltaboyev tomonidan ishlangan “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan.Dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni uch yarim mingdan oshadi.
Muzeyda turli mavzularda ko‘rgazmalar tashkil etish yaxshi ana’anaga aylangan. “Noyob qo‘lyozmalar xazinasidan”, “Amir Temur – Klavixo – Samarqand”, “Xorijdagi merosimiz”, “Samarqand durdonalari”, “Shohruhiya topilmalari” kabi ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Muzey xodimlarining sa’yharakati bilan “Temuriylar davri madaniy yodgorliklari”, “Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” to‘plamlari nashr qilindi. Ayni paytda “Temuriylar davri madaniy yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi”, “O‘rta Osiyoda kitobat san’ati (temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari)” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.O‘tgan davr mobaynida muzey xalqimizning qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylandi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy –ma’rifiy maskanlardan biri bo’lib, bu yerga doim o’qituvchi va o’quvchilar muzeyni tomosha qilish, uni o’rganish va
o’zlariga bir olam zavq, taassurotlar olish uchun tashrif buyurishadi. Muzeyga kirar ekansiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz aks etgan tarixiy buyumlarga, jihozlarga duch kelasiz.
Mamlakatimizga tashrif buyurgan oliy va yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar vakillari yurtimizning boshqa diqqatga sazovor joylari qatori Temuriylar tarixi davlat muzeyini ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar orasida davlat, hukumat va parlament delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar, fan va madaniyat namoyandalari, sayyohlarning ko‘pligi tariximizga xorijda ham qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolatdir.
Olmoshlar mustaqil so‘z singari shaxs, narsa, belgi yoki qiymat tushunchasini bildirmay, ular o‘rnida almashib keladigan, ularning mavjudligiga ishora qiladigan so‘zlardir. Masalan: men-shaxsga, nima-narsaga, shu, bu, o‘sha-belgiga, qancha, shuncha olmoshlari esa miqdor-ga ishora qilishi bilan o‘zaro farqlanadi. Olmoshlar aniq ma’no bilan mavhum ma’noning almashinib qo‘llanishini ta’minlaydigan so‘zlardir. Ularning qanday ma’noda qo‘llangani matnda ishtirok etuvchi til birlik-larining munosabatiga qarab oydinlashadi. Masalan: Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin, gapidagi shunday olmoshi narsa belgisini boshqasiga taqqoslab ko‘rsatish uchun xizmat qilgan. Biroq, ba’zi olmoshlar, xususan, kim, men, sen, qanday olmoshlarini ot yoki sifat bilan almashtirib bo‘lmaydi. Qayd etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, olmoshlar mustaqil so‘zlarning doimiy muqobili sifatida nutqning ixchamligi, qisqaligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Olmoshlar quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligi bilan xarakterlanadi:
1. Olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda so‘z yasalish tizimi-ga ega emas. Ya’ni boshqa so‘zlaridan olmosh yasalmaydi. Olmoshlar-dan affikslar orqali sanoqli so‘z yasalishi mumkin: manmanlik, men-simaslik, sensirash, shunday. Shuningdek, olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan birikib boshqa turkumga ko‘chadi: qayerda, ozmuncha, o‘zboshimcha.
3. Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilarni qabul qiladi: kimni, bizga, hech kimdan kabi. Ba’zi olmoshlar o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda turli fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: sen+ing, men+i; u+n+ga, shu+n+ga kabi.
4. Olmoshlar egalik affikslari bilan qo‘llanishda ayrim xususiyatlar mavjud: 1) ot tipidagi so‘roq, bo‘lishsizlik, belgilash, o‘zlik olmoshlari egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi: kimi, nimasi, hech kimim, hech nimam, o‘zim, o‘zing, o‘zi, hammasi, barchasi kabi; 2) paytga nisbatan so‘roq ishlatiladigan va sabab - maqsadni aniqlash uchun ishlatiladigan so‘roq olmoshlari, I, II shaxs kelishik olmoshlari egalik affiksini olmaydi, ya’ni qachon+im, nega+m, men+im deb ishlatilmaydi; 3) u ko‘rsatish olmoshi va qaysi, necha kabi so‘roq olmoshlari egalik affiksini, asosan, otlashganda qabul qiladi: qaysisi, unisi, kabi.
5. Ko‘plik qo‘shimchasi I shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga qo‘shilmaydi (men+lar tarzida ishlatilmaydi). II shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -lar qo‘shimachasi qo‘shilsa ko‘plik emas, hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi hosil bo‘ladi: Senlar. I-II shaxs ko‘pligi esa, bir so‘zlovchi va boshqalar, bir tinglovchi va boshqalar kabi ma’noga ega bo‘lib, guruh ifodalash uchun xizmat qiladi: bizlar, sizlar (biz va boshqalar) kabi. So‘roq olmoshiga -lar affiksi qo‘shilsa quyidagicha ma’nolar hosil bo‘ladi: a) taxmin ifodalaydi: Soat nechalar bo‘ldi?; b) ma’no kuchaytiriladi: Qanchalar qiynaldim! d) "qadim","ancha vaqt" ma’nosini ifodalaydi: Qachonlardir bu yerlarda hayot qaynagan edi.
6. Ma’no va gapdagi vazifasiga ko‘ra olmoshlar a) ot vazifasidagi olmoshlar, b) sifat vazifasidagi olmoshlar, g) son vazifasidagi olmosh-lar, d) ravish vazifasidagi olmoshlarga bo‘linadi: 1) men, sen, biz, siz, u, kim, nima, har kim, hamma, hech nima kabi ot vazifasidagi olmoshlar shaxs va narsaga ishora qilib, otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi-larni qabul qiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |