Muzey amaliyot hisoboti
Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 4-bosqich talabalari etnografik amaliyotiga yuborildi.Amaliyot davomida olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash hamda amaliyotda qo’llay bilish malakasiga ega bo’lish maqsadida joriy yilning 23-maydan 13-iyungacha sanasiga qadar muddatga tuman va shahar davlat qishloqlariga etnografik amaliy o’quv mashg’ulotlariga yuborildi.
Biz 2022-yil 23-may sanasida . Bizga amaliyotda yordam beruvchi va yo’l yo’riq ko’rsatuvchi ma’sul shaxslar biriktirildi.
Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasi professor-o’qituvchilar bilan amalyotga chiqish, uni o`tkazish, hisobotlar tuzish, kundalik yuritish, etnografik ma`lumotlar to`plash, har bir hududning o`ziga xos urf odat va an`analarini o`rganish kabi masalalarga to`xtalib o`tildi. Yig`ilishda ustozimiz professor S.N Tursunov tomonidan barcha zaruriy ko`rsatmalar berildi.
Shundan so`ng barcha talabalar hududlarga bo`linib har bir hudud uchun amalyot rahbari Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori bizni shaxsan o’zi muzey tarixi, joylashuvi, muzey eksponatlari hamda muzey ish faoliyati tartib qoidalari, intizomlari haqida so’zlab berdi.
Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1934-yilda Surxondaryo o’lkashunoslik muzeyi sifatida tashkil etilgan bo’lib, 2019-yilda voha tarixini, san’at asarlarini o’zida jamlab, 85 yildan buyon beminnat xizmat qilib kelayotgan viloyat o’lkashunoslik muzeyiga Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi nomi berilib, uning kolleksiyalarini saqlash va tashrif buyuruvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan yangi muhtasham binoga ko’chirildi.
Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi binosi Termiz shahrining ko’rkiga ko’rk qo’shish bilan birga aholi, shu jumladan yoshlarimizning tariximizga, milliy urf -odat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 3 qavatli muzey ekspozitsiyasi “Tabiat”, “Arxeologiya va tarix”, “Tasviriy san’at”, “Mustaqillik davri”, hamda “Etnografiya” singari 5 ta bo’limdan iborat.
Uning fondida 16 ta yo’nalishda 61 ming 325 ta eksponat mavjud bo’lib, shundan, 3150 ta eksponat noyob ashyo va kolleksiyalar sirasiga kiradi. Bu yerda saqlanayotgan nodir eksponatlardan xalqimizning ming yillik an’analari, qadriyatlarini o’rganish mumkin.
Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1.3 gektar maydoniga ega yangi binosi uchun 19.5 mlrd mablag’ ajratilgan bo’lib, shundan 15.0 mlrd so’m qurilish ishlariga, 4.5 mlrd so’m esa eksponatlar bilan jihozlash ishlariga sarflangan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi qarori bilan bilan muzey negizida “Termiz davlat muzey qo’riqxonasi” tashkil etilib, Termiz tumanidagi “Zurmala minorasi” va “Eski Termiz”, Sherabod tumanidagi “Zarautsoy”, Jarqo’rg’on tumanidagi “Jarqo’rg’on minorasi”, Sho’rchi tumanidagi “Dalvarzintepa”, Muzrabot tumanidagi “Kampirtepa” madaniy meros obyektlari unig tasarrufiga o’tkazilgan.
Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori Rustam Jumagulovich Tursunaliyev bizlarga quydagi qonun va qonunosti hujjatlar bilan tanishib chiqishni tavsiya etdi. Ular qatorida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-сон qaroriga asosan “Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk obyektlari milliy ro`yxati”, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3-martdagi 119-son qarori “Moddiy madaniy meros obyektlari va Yuneskoning umumjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora tadbirlari to`g`risida” Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 31 oktyabrdagi 237-son qarori “Milliy muzey fondi to`g`risida” Nizom, 2008-yil 12-sentabr,
O‘RQ-177-son O`zbekiston Respublikasining qonuni “Muzeylar to‘g‘risida”
Muzeyshunoslik amaliyoti davomida Termiz davlat muzey qo`riqxonasi operativ boshqaruv tarkibiga kiruvchi Dalvarzintepa o`rganish uchun sho`rchi tumaniga bordik.
Manbalarga ko‘ra, Dalvarzintepa kushonlar davri yodgorligi bo`lib, 47 gektar maydonni egallaydi. Dalvarzintepani 2 ta qismga bo`lib o`rganish mumkin . shahar qalin devor bilan o`rab olingan bo`lib unda
Kushonlar davrining moddiy madaniyatida juda katta ahamiyat kasb etadi. O`rganish jarayoni 1962 yildanboshlab sa`natshunoslik ekspedetsiyasi tomonidan ilmiy o`rganilish jarayoni boshlangan. Dalvarzintepadan modiy madaniyat uchun zarur bo`lgan juda katta miqdordagi 36 kg tilla buyumlari topilganligini 1972 yilning kuzida topilfanliginiadabiyotlar yordamida ko`rib o`tdim. Shuningdek B.Turg`unovning arxeologik izlanishlari haqida ma`lumotlar bor. O`zbek yapon qo`shma ekspedeysiyasi tomonidan 1993 yildan boshlab Dalvarzintepada arxeolgik izlanish ishlari olib orila boshlangan. Yaponiyalik arxeolog olim K.Katoning dalvarzintepadagi ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir.Sho`rchi tumanidagi 43 maktabga yaponyalik olim K.Katoning nomi beriligan. Dalvarzintepada buddaviy lik ibodatxonalarin qoldiqlari ham topilgan shimoliy mudofaa devori qoldiqlariostidan juda kop budda haykallari majmui topilgan, shuningdk dalvarzin shaxmati donalari topilgan bo`lib, ular Hindistonda tayyorlangan bolsa kerak chunki bu yerdagi shaxmat donalari Hindistondagi shaxmat donalari bilan o`xshashdir. Menasosan dalvarzintepaning ilmiy o`rganilishida B.Turg`unovning ilmiy ma`lumotlariga tayandim. Amaliyot davomida muzey fondidagi ekspanatlar bilan yaqindan tanishdik.Amaliyotimiz davomida kerakli bilim va malakalarga ega bo`ldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |