Xovos tumani 17 - umumta’lim
maktabi tomonidan Guliston davlat universiteti San’atshunoslik
fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yо‘nalishi
52-18 guruh amaliyotchi talabasi
Ziyodjonov Sarvarga berilgan
T A V S I F N O M A
Amaliyotchi talaba Ziyodjonov Sarvarga 2021 yil 10-sentabr kuni Xovos tumani 17-umumta’lim maktabiga pedagogik amaliyotni о‘tash uchun kelib, dars beruvchi amaliyotchi sifatida о‘z faoliyatini boshladi. U amaliyotni dastlabki kunlaridan boshlab, maktabning ish faoliyati va tartib-intizom qoidalari bilan yaqindan tanishdi. Amaliyot davrida о‘zining yaxshi xulqi, odobi va pedagogik mahorati bilan boshqa amaliyotchilardan ajralib turdi.
Pedagogik amaliyotining birinchi kunidan о‘zining tashkilotchilik qobiliyatini namoyon eta oldi. Amaliyoti 11.05.2022 yilgacha davom etdi. Ushbu davr maboynida amaliyotchi о‘zining olgan nazariy bilimlarini asoslab, amaliyotda qо‘llay oldi. Hujjatlarni tartib asosida yuritganligi va о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlariga tirishqoqlik bilan harakat qilishini kuzatdim. Amaliyotchining tashkilotchilik qobiliyatini, bilim saviyasi, dunyoqarashi va qilgan mehnatlaridan kо‘rish mumkin. Ziyodjonov Sarvar о‘ziga biriktirilgan 6-“F” sinfning rahbari Xazratkulova Dilnoza bilan hamkorlikda ishlay oldi.
Ziyodjonov Sarvarga 19-aprel kuni 6-“F” sinf bilan “Xotirada natyurmort ishlash” mavzusida sinov ochiq darsini о‘tdi. Ushbu ochiq darsida Ziyodjonov Sarvar о‘zining pedagogik mahoratini kо‘rsatib, darsda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalandi, video-roliklardan foydalanib о‘quvchilarning fanga qiziqishini yanada orttirdi. 6-may kuni 6-“F” sinf “Tarixiy xotirasiz kelajak bulmaydi” mavzusida tarbiyaviy sinov ochiq darsini о‘tdi. Ushbu ochiq darsda amaliyotchi о‘qituvchi darsga noan’anaviy yondashib, darsda zanjir, klaster, aqliy xujum kabi interfaol metodlardan hamda kо‘rshazmali materiallardan tо‘liq foydalana oldi. 30-aprel kuni Ziyodjonov Sarvar о‘ziga biriktirilgan 6-“F” sinfni maktab ma’muriyatidan ruxsat olib Guliston davlat universitetiga sayohatga olib bordi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, amaliyotchi talaba Ziyodjonov Sarvar Xovos tumani 17-umumta’lim maktabida о‘tagan pedagogik amaliyotini a’lo baho bilan baholab, uni kelajakda yuksak malakali mutaxassis bо‘lib yetishishiga ishonch bildiramiz.
Maktab direktori: Abdullayeva M.A,
Fan о‘qituvchisi : Xazratkulova D.
6-“F”sinf rahbari: Xazratkulova D.
Do'stlaringiz bilan baham: |