106
nikoh», Reynoldsning «Admiral Xitfildning portreti», Uilkinning
«Derevenskiy prazdnik» kabi asarlari e’tiborlidir.
Bulardan tashqari,
yana bir qancha kolleksionerlar ham bo‘lgan. Bomontning topshirgan
kartinalari tufayli galereyada ularning soni 54 gacha ko‘paydi.
Galereya ish faoliyatining birinchi o‘n yilliklarida Pussenning «Vak-
xanaliya», Titsianning «Vakx va Ariadna», korredjoning «savatli
Madonna» kabi asarlari sotib olinadi. 1831-yili esa yirik kolleksi-
oner hisoblangan Xoluell-karr galereyaga o‘zining noyob va badiiy
qiymatga ega bo‘lgan kolleksiyalarini vasiyat orqali topshiradi.
Galereya faoliyatining ilk davrida 44 ta italyan kartinalaridan
tashqari, 17 ta boloniyaliklarning polotnolari, 13 ta venetsiyaliklar,
23 ta anglyaliklar, 20 ta fransuzlar (ulardan 10
tasi klod Lorrenning
asarlari), 9 ta flamand, 8 ta golland rassomlari (6 tasi Rembrand qa-
lamiga mansub) ning ishlari mavjud edi. Ispanlar maktabi esa hali
to‘laligicha o‘zini namoyon etmagan edi. Bu noyob san’at asarlar-
ning barchasi kolleksioner Angersteynning uyida joylashtiriladi.
Vaqt o‘tishi bilan kartinalar ko‘payib boradi va to‘plangan asarlarga
joy yetmay qoladi. shu sababli 1831-yil maxsus galereya binosini
qurish ishi amalga oshiriladi. Qurilma me’mor Uilyam Uilkins loyi-
hasi bo‘yicha quriladi. Maxsus bino uchun joy Trafalgar maydoni-
ning shimoliy qismidan ajratiladi. Binoning markaziy qismi gum-
baz bilan yopiladi. Fasad qismida esa antik davrga xos 8 ustunli
peshayvon joylashtiriladi. 1838-yilgacha Angersteyn uyida joylash-
gan galereya ushbu binoga ko‘chirilib, omma uchun tantanavor
ravishda ochiq deb e’lon qilinadi. har yili
tomoshabinlar soni oshib
boradi. Masalan, 1839-yili ularning soni 114 ming bo‘lsa, 1841-yili
538 mingga yetadi. shu bilan birga, kolleksionerlarning soni ham
o‘sib boradi. Jumladan, 1838-yili lord Farnbru galereyaga Pussen,
Reysdal, Gvardi, Rubens kabilarning kartinalarini berishni vasi-
yat qiladi. 1851-yili esa taniqli ingliz rassomi Djozef Mallard Uilyam
Tyorner 300 ga yaqin kartina va 19
mingga yaqin chizmatasvir, akva-
rel xomaki ishlanmalarini davlatga topshiradi. 1897-yili Tyornerning
asarlari Teyt galereyasiga ko‘chirilib, u yerdan 9-zalni egallaydi. Mil-
107
liy galereyada esa Tyornerning «Didone, karfagen», «Tumandagi tong
otishi» kabi asarlari qoladi. 1855-yili Charlz Istleyk galereyaga direk-
tor etib tayinlanadi. U boshqargan davrda galereya gullab-yashnaydi,
uning fondi boyib boradi. Uning galereyaga qilgan xizmati nihoyatda
katta. Istleyk ilk niderlandiya, Germaniyaning Uyg‘onish davriga oid
kartinalarini, Venetsiya, Boloniya maktabiga oid kvatrachento davriga
doir kartinalarni yig‘ib, galereyaga to‘playdi. Istleykdan so‘ng, Uilyam
Bonsxol galereyani boshqargan paytida Mikelandjeloning «Tobutga
qo‘yish», «Avliyo Ioann va go‘dak ushlagan Madonna» kabi asarlarni
qo‘lga kiritadi. kartinalar soni o‘sib bordi. shu boisdan galereyaga
qo‘shimcha bino qurilishi uchun yana harakatlar boshlanadi. 1876-yili
me’mor ed Berri loyihasi asosida galereyaning sharqiy qanoti quriladi.
1885-yili esa me’mor Dj.Teylor tomonidan
zinali markaziy vestibyul
qurilib, galereyaga yana 5 ta zal qo‘shiladi. Zallarning soni ko‘paygani
uchun yig‘ilgan asarlarni xronologik, sistematik ravishda joylashtirish
sharoiti tug‘iladi. Asarlar kelib chiqish joyi, maktabi bo‘yicha bo‘linadi.
1871-yili Ser Robert Pil orqali galereyaga ko‘p sonli flamand va golland
rassomlarining kartinalari kelib tushadi. Ularning soni 70 taga yaqin
bo‘lib, bu yerda Mestyu, ostade, Terborx, Xobbem, Rubenslarning
mashhur asarlari kiradi. 1875-yili esa Uinn ellis 94 ta noyob asarlarni
Milliy galereyaga taqdim qiladi. Bu kartinalarning 70 tasi Flandriya,
Gollandiya, niderlandiya maktabi rassomlariga tegishlidir. To‘plangan
kartinalarning soni 1000 tadan oshadi. 1880-yilda Galereyaga Leonar-
do da Vinchining «Qoyalar ichidagi Madonna» kartinasi kelib tushadi.
1889-yili Rafaelning «Madonna Aksidel», Van Deykning «karl I por-
treti» kabi asarlari galereya uchun sotib olinadi. 15 yildan so‘ng esa,
Velaskesning «oyna ushlagan Venera», 1895-yili el Grekoning «sav-
dogarlarning ibodatxonadan quvilishi» kartinalari galereya to‘plamidan
o‘rin oladi. 1903-yili Angliyada yangi badiiy o‘quv yurti ochiladi. Bu
badiiy o‘quv yurtining ochilishi galereyaning rivojiga katta ta’sir
o‘tkazadi. 1910 — 1915-yillarda galereyaga
ilk bor XIX asr fransuz
rassomlarining kartinalari kelib qo‘shiladi. Bularga Russo, Dyupre,
Diaz, Dobini, e.Mane, Dega, k.Lorren kabi rassomlarning asarlari ki-
108
radi. Urush davrlari barcha muzeylar kabi Milliy galereyaga ham og‘ir
keladi. Urushdan so‘ng galereyada asarlar saqlanadigan xona tashkil
qilinadi. U yerda asarlar yaxshi kuzatuvda bo‘lib, ta’mirlana boshlana-
di. 1970-yili Milliy galereyaning shimoliy qismiga yangi korpus qurila-
di. 1975-yili bu qurilma yakuniga yetkazilib,
uning tantanavor ochilish
marosimi o‘tkaziladi. Milliy galereyaning yangi qurilmasida 9 ta katta
va 3 ta kichik hajmdagi zallar joylashtiriladi. Umumiy zallarning soni
esa 46 taga yetadi. Bulardan tashqari, yangi qurilgan korpusda katta
auditoriya tashkil qilinib, u yerda vaqtinchalik ko‘rgazmalar, leksiyalar
o‘tkazilib turiladi. Butun ekspozitsiya uchun mo‘ljallangan zallarning
22 tasida italyan
rassomlarining asarlari, qolgan 15 tasida Uyg‘onish
davri rassomlarining ishlari o‘rin oladi. Ispan maktabiga oid kartinalar
esa 2 - zalda joylashtiriladi.
hozirgi kunda galereya dunyodagi eng nufuzli Milliy galereyalar-
dan biri hisoblanadi. Unda Uyg‘onish davridan boshlab, XIX asrgacha
bo‘lgan yetuk rassomlarning badiiy qiymatga ega noyob asarlari saqla-
nadi. Tomoshabinlarning soni esa har yili oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: