Музейшунослик indd


Rivolidagi zamonaviy san’at muzeyi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/94
Sana01.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#288044
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
Bog'liq
muzeyshunoslik BOSMAGA 1 (2)

              Rivolidagi zamonaviy san’at muzeyi
Italiyaning Rivoli shaharchasidagi zamonaviy san’at muzeyi 1984-
yil omma e’tiboriga havola etildi. Iqtidorli arxitektor Andrea Bruno 
keyinchalik Italiyaning mashhur zamonaviy san’ati muzeyiga aylan-
tirish maqsadida, 1979-yildan boshlab Rivoli ovchilik saroyini qayta 
tiklab qurdi. Muzey ekspozitsiyasida Arte Povera (Bechora san’at) 
art harakati birlashmasi ishtirokchi rassomlarning ajoyib to‘plamlari 
taqdim etilgan. Ular  Renessansdan keyin Italiya san’atidagi yangi va 
mashhur yo‘nalish bo‘lib qoldi.


69
Rivoli saroyi aslida savoysk qirollik dinastiyasining rezidensi-
yasi bo‘lib, me’moriy obida va tarixiy obyekt sifatida ham ko‘proq 
qiziqish uyg‘otadi. saroy qurilishining tarixi IX–X asrlarga borib 
taqaladi,  birinchi yozuvli ma’lumotlarni, saroyga bo‘lgan haq–
huquq Turin yepiskoplariga biriktirilgani to‘g‘risida, 1159-yildagi 
Barbarossa imperatori Fridrix  I ning sovg‘a qilingan yorlig‘ida uch-
ratish mumkin. Rivoli saroyiining mavjudligini tarixda qoldirgan 
savoysk sulolasidagi birinchi monarx Amadey IV bo‘lgan. Aynan 
u 1330-yil qasrni graflik bo‘limining muhim ma’muriy – hokimiyat 
kengashi yig‘ilishining maskaniga aylantirdi. Rivoli saroyiga yana 
bir tarixiy sana mashhurlikni keltirdi, ya’ni Pemont provinsiyasin-
ing    Turin plashanitsasi nomli mashhur artefakti ilk bora aynan 
Rivoli saroyida ommaga havola etildi.
1559-yildagi  Kato  Kambreziyskiy  kelishuviga  muvofiq,  gersog 
emmanuel Filibertiga toki birinchi merosxo‘r o‘g‘il tug‘ilmaguncha, 
Turin saroyida yashash man etilgan. Gersogga Rivoli saroyini o‘ziga 
moslashtirishdan o‘zga chora yo‘q edi, saroy restavratsiyasi ustida 
arxitektor Askanio Vitots mehnat qilgan. Uch yildan so‘ng merosxo‘r 
tug‘ilgach, gersog Turinga qaytib boradi.
1644-yil saroyda savoysk sulolasining pinakotekasiga bag‘ishlangan, 
“Uzun yeng” nomini olgan, g‘aroyib me’moriy imorat qurgan karlo va 
Amedeo di kastellamonte ismli arxitektorlar ishlaydilar. hozirda u XVII  
asrdan beri saqlanib kelinayotgan regiondagi  yagona bino hisoblanadi.
1683-yil fransuzlar Rivolini egallaganlarida, pinakotekaga katta 
zarar yetdi. Maroderlar kolleksiyaning ko‘p qismini o‘g‘rilab ketdilar, 
saroyga esa o‘t qo‘yib yubordilar. kartinalar galereyasi izlari tarixda 
yo‘qolib ketgan ko‘pgina qimmatbaho suratlaridan ayrildi. saroy-
ning butunlay qayta tiklanish davri, fransuzlarning ustidan qozonil-
gan g‘alabadan so‘ng va ularni shahardan butunlay quvib yubor-
gach, 1706-yilda boshlandi. saroyning rekonstruksiyasini va quri-
lish ishlarini me’mor Mikelandjelo Garove boshqardi. katta hajmli 
ishlar juda uzoq davom etib, keyinchalik boshqa me’mor – Filippo 


70
Yuvarra tomonidan davom ettirildi. Lekin u ham savoysk monar-
xlari rezidensiyasining fasadlarini o‘zgartirish loyihasini butunlay 
namoyon eta olmadi.
Keyin Rivoli saroyi, avvaliga taxtdan voz kechgan, so‘ngra fikridan 
qaytib, taxtni qaytarib olishda omadsizlikka uchragan  Viktor Amadey 
II — qirolning surgun qilingan maskani bo‘ldi. natijada saroy oynalari 
temir panjaralari bilan to‘silib, savoysk pinokotekasiga kirish taqiq-
landi.  Bundanda ayanchli taqdir Viktor Amadeyni quvg‘in qilishgach 
sodir bo‘ldi, saroy butunlay tashlab qo‘yildi va u sekin-asta yemirila 
boshladi.
1863-yil shahar hokimiyati Rivoli saroyidagi savoysk uyi mebel-
larining bir qismini ko‘chirib, harbiy kazarmani joylashtirish uchun 
berib yubordilar. II Jahon urushi davrida saroy katta zarar ko‘radi: ustki 
tomonidan buzilib ketdi va bir necha o‘n yil bo‘shab yotdi. Faqatgina 
1979-yil  o‘zining devorlari yonida mingga yaqin sayyohlarni qabul qi-
lish uchun yangi ko‘rinishda yaralish imkoniga ega bo‘ldi. Zamonaviy 
san’ati muzey 1984-yilda ochildi va o‘sha vaqtdan boshlanib kastello 
di Rivoli kolleksiyasi butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘ldi.
Urbanistik Arte Povera harakati Turinda urushdan keyin katta 
masshtabli industrialga uchraganidan so‘ng paydo bo‘ldi. 1960-yillarda 
Turinda talabalar hayajonining to‘lqini bo‘lib o‘tdi. Aynan mana shu 
ikkita voqea  “Bechora san’at”ning ma’nosini anglab yetishga sabab 
bo‘ldi. Asarlar hayot tarzida doimiy ishlatiladigan buyumlar va xom 
ashyodan yaratilgan: daraxt, tuproq, temir, kiyimlar, plastika, rezina, 
gubka va hatto chiqindilardan (shisha qoldiqlari, eski ro‘znomalar, ar-
qonlar va h.). 
“Bechora san’at” Rivoli saroyining devorlarida juda ham o‘zgacha 
ko‘rinishga ega. Tantanovor zallarining devorlarini va shiftlari  bezab 
turgan xom, dag‘al, asketik galereyalar, freskalar juda noodddiy mate-
riallardan  ishlangan “bechora san’at” asarlari bilan juda go‘zal va ajoy-
ib uyg‘unlashib ketgan.


71
Mana shu uyg‘unlashuvda qadimiylik va revolyutsion rassom-
chilik harakati o‘zining yengilligini va odamiyligini saqlab qolgan 
holda, san’at va atrof olam orasida yangi munosabatlarni  bildiradi
36
.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish