Myunskamera – bu nishonlar va medallar saqlanadigan xona
bo‘lib, shuningdek, bu xonada qadimiy tangalar ham saqlanadi.
Shatskamera – bu qimmatbaho toshlar va metallar saqlanadigan
xazina bo‘lib, bu kameralar har bir muzeyda saqlangan
29
.
Renessans davrida ekospozitsiyalar va terminalogiya muammo-
si. o‘rta asrlarda burjuaziya namoyandalari tomonidan kolleksiya tu-
zish namunalari, terminalogiya muammolari paydo bo‘lgan. Ular o‘z
kolleksiyalarini qaysi turga kirishidan qat’i nazar, galereya va kabinet
deb atay boshlagan. keyinchalik Renessans davrida boshqa terminlar
ishlatila boshlangan. Galereya so‘zi sifatida “pinokateka” so‘zi ishla-
tilgan. Bu vaqtda bu so‘z rassomchilik kolleksiyasi borasida ishlatil-
gan. shuningdek, “garderob” so‘zi ham ishlatilgan bo‘lib, bu xa-
zina yoki qimmatbaho buyumlar ombori sifatida qo‘llanilgan. XVI
asr oxirlarida buyuk konstant gersogi kozimo Medichi garderobida
qimmatbaho kiyimlar bilan bir qatorda buyuk musavvirlar rasmlari
ham saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |