67
XULOSALAR
1. Samarqand shahri va viloyati tumanlarida 17 oila, 23 turkum, 25 tur asriy
daraxtlar mavjud. Shulardan 4 oila, 7 turkum, 7 tur daraxtlar Qarag’aytoifalar
(Pinophyta) bo’limiga, 13 oila, 16 turkum, 18 tur daraxtlar esa
Magnoliyatoifalar (Magnoliophyta) bo’limiga mansub.
2. Samarqand viloyatining botanik yodgorliklari sirasiga kiruvchi o’simliklarning
turlar bo’yicha tuplar soni quyidagicha:
Qarag’aytoifalar (Pinophyta) bo’limidan:
qrim qarag’ayi (Pinus pallasiana) – 100 tupdan ortiq, virjiniya archasi
(Juniperus virginiana) – 8 tup, botqoq sarvi (Taxodium distychum ) – 5 tup,
livan kedri (Cedrus libani) – 1 tup, sharq sauri (Platycladus orientalis) – 5 tup(1
tupi qurigan), mamont daraxti (Sequajadendron giganteum) – 1 tup, ikki
bo’lakli ginkgo (Ginkgo biloba) – 2 tupi asriy daraxtlar sifatida saqlanib
qolgan.
Magnoliyatoifalar (Magnoliophyta) bo’limidan
sharq chinori(Platanus orientalis) – 100 tupdan ortiqroq, pista (Pistacia vera) –
1 tup, jo’ka (Tilia cordata) – 8 tup, eman (Quercus robur) – 19 tup, soxta
kashtan (Aesculus hippocastanum) – 5 tup, gledichiya (Gleditschia triacanthos)
– 6 tup, yapon soforasi (Sophora japonica) – 3 tup, arg’uvon (Cercis
siliquastrum) – 1 tup, tugma daraxti (Gymnocladus dioica) – 1 tupi o’sib
turibdi.
3. Botanik tabiat yodgorliklari Samarqand shahri va viloyati tumanlarida
quyidagicha tarqalgan:
Sharq chinori – Samarqand shahrida: Xo’ja Ahror Valiy, Xo’ja Abdi Dorun,
Xo’ja Abdu Berun ziyoratgohlarida, Universistet xiyoboni, Urgut, Jomboy,
Nurobod, Ishtixon, Oqdaryo tumanlarida; Pista daraxti – Doniyor payg’ambar
ziyoratgohi; Sharq savri – Qo’shrabot tumani; Qrim qarag’ayi – Omonqo’ton
o’rmon xo’jaligi, Ohalik qishlog’idagi “Shifo” sanatoriysi, Samarqand shahri
68
ko’chalari va xiyobonlari; Virjiniya archasi, botqoq sarvi – A.Navoiy nomidagi
xiyobon; Livan kedri, jo’ka, eman, soxta kashtan, gledichiya, yapon saforasi,
tugma daraxti – Samarqand shahri Universitet xiyoboni, SamDU Tabiiy fanlar
fakulteti Biologiya bo’limi hovlisi, Ohalik qishlog’idagi “Shifo” sanatoriysi;
Arg’uvon – Ohalik qishlog’idagi “Shifo” sanatoriysi; Mamont daraxti, ikki
bo’lakli ginkgo – SamDU Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya bo’limi hovlisi.
4. Botanik tabiat yodgorliklari hisoblangan o’simliklardan Sharq chinori, Sharq
savri O’zbekiston “Qizil Kitob”iga kiritilgan, bu turlarni muhofaza etish
choralarini ko’rish lozim.
5. Samarqand viloyati va shahridagi asriy daraxtlarni muhofaza etish hamda
sayyohlar uchun ekskursiya davomida ko’rsatsa bo’ladigan – ekoturizm
maqsadlarida foydalansa bo’ladi.
6. Har bir hududdagi asriy daraxtlar muhofazasini o’sha hududda joylashgan
tashkilotlarga, shahar tabiatni muhofaza qilish tahskiloti bilan birga rasmiy
ravishda birkitish lozim.