chinorlarning o’sib turganligi aniqlandi va ularning o’lchamlari olinib, hozirgi
oid tarixiy yodgorliklar sanaladi. Ularning hovlisida o’sib turgan azim
chinorlarning yoshi ham shu obidalar yoshiga teng. Ular ham asriy botanik
Payariq, Oqdaryo, Ishtixon tumanlaridagi chinorlar ziyoratgohlar – maqbara
va masjid hududida o’sib turibdi. Quyida bu chinorlar haqida batafsil ma’lumotlar
58
Payariq tumanidagi asriy chinorlar tumanga qarashli Imom Al-Buxoriy
maqbarasi hovlisida o’sib turibdi.
Imom Al-Buxoriy majmuasi Chelak tumani Xartang qishlog’ida joylashgan.
XV asrda Shayboniyxonlardan Abulxayrxon Imom Al-Buxoriy qabri atrofini
ta’mirlatib, maqbara va masjid qurdiradi. Chinorlar ham o’sha davrlarda ekilgan.
Chinorlarning yoshi 500 yildan oshgan. Chinorlar O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti tasarrufiga olingan. Har yili ularning holati o’rganilib, muhofaza etiladi.
Bu azim chinorlarning o’lchamlari quyidagicha:
1-tup ikkiga bo’lingan, tana aylanasi 2.5-4 m.
2-tup tana aylanasi – 5 m.
3-tup tana aylanasi – 4,5 m.
4-tup tana aylanasi – 4,5 m.
5-tup tana aylanasi – 6 m.
Chinorlarning barchasining balandligi 30-35 m ga yetadi. Chinorlarning
o’rtasida hovuz bor. Bundan ko’rinib turibdiki, daraxtlarning sug’orilish holati
yaxshi. Ularning atrofi temir panjara bilan o’ralgan, antropogen ta’sir
ko’rsatilmaydi.
Oqdaryo tumanidagi asriy chinorlar Maxdumi A’zam maqbarasi hovlisida
o’sib turibdi. Maxdumi A’zam maqbarasi tumanning Dahbed qo’rg’onida
joylashgan.
Maxdumi A’zam obidalarini Yalangto’shbiy qurdirgan. Bu XVI asr oxiri –
XVII asr boshlariga to’gri keladi. Chinorlar ham o’sha davrga xos, ya’ni 500 yillik
daraxtlardir. Ziyoratgoh hovlisida 5 tup chinor o’sib turibdi, 3 tupi eng yiriklari:
3,5-4-10 m tana aylanasiga ega. Tana aylanasi 10 m bo’lgan chinor bir metr
yuqorisidan ikkiga bo’lingan, juda yirik kovagi bor. Chinorlar aholi tomonidan
“muqaddaslashtirilgan”ligi tufayli ularga antropogen ta’sir ko’rsatilmaydi. Har bir
tup chinorning osti hovuzcha qilingan(Ilova. 3-rasm).
Ishtixon tumanidagi Qalandarxo’ja qishlog’ida joylashgan Qalandarxo’ja
jom’e masjidi hududida bir tup chinor o’sib turibdi. Bu chinorning yoshi 500
59
yildan oshgan. Balandligi 40-45 m, tana aylanasi yer yuzasida 12 m, 1 m
balandlikda 8 m. Yonidan yangi nihollar o’sib chiqqan. Daraxtning uchki
qismlarida qurish alomatlari bor (Ilova. 7-rasm).
Jomboy tumanining Eski Jomboy degan joyida ham asriy chinorlar
o’sayotganligi aniqlandi. Chinorlar borib ko’rilganda, ular o’sib turgan joy eski
maktab o’rni ekan. Ular 7 tup bo’lgan , 2 tupi kesilgan. Ularning o’lchamlari: tana
aylanasi 3,8 – 4,8 m, balandligi 35-40 m. Uchki qismlarida qurish alomatlari bor.
Muhofaza choralari ko’rilmagan, antropogen ta’sir ko’rsatilgan.
Nurobod tumaniga qarashli Oqsoy qishlog’ida Qo’shchinor degan joyda
buloq bo’yida 1 tup chinor o’sib turibdi. Tup ikkiga bo’lingan, joy nomi ham
shundan kelib chiqqan bo’lsa kerak. Tana aylanasi 3,7 – 4,25 m, balandligi 42-43
m ga yetadi. Uchki qismlarida qurish alomatlari bor. Chinor atrofida manzarali
daraxtlardan ko’k terak, mevali daraxtlardan yong’oq, tut daraxti va aylant
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: