atrofini aylanib chiqish davrining kvadrati, uning elliptik orbitasining katta yarim o‘qi masofasining kubiga proporsional bo‘ladi.
Aytish joizki, Kepler o‘z qonunlarini keltirib chiqarishda, shunchaki faktlarni qayd qilishga asoslangan va kuzatuv natijalarini
umumlashtirgan xolos. Ya'ni, u mazkur qonunlarni keltirib chiqarishda qandaydir bir nazariy tayyorgarlik va isbotlashlarga suyanmagan.
Masalan, siz undan nima uchun ikkinchi qonunda sayyoraning teng vaqt oraliqlarida kesib o‘tgan sektorlari yuzasi ham o‘zaro teng
bo‘ladi? – deb so‘rasangiz, savolingizga ilmiy javob ololmagan bo‘lardingiz. Chunki, u shunchaki, bu amalda shunday ekanini kuzatishlar
orqali aniqlagan (ya'ni, empirik keltirib chiqargan) xolos. Ya'ni, u o‘tkazgan tahlillar shunday natija bergan, vassalom! Agar siz undan
boshqa yulduz sistemalaridagi sayyoralarning orbitasi qanday bo‘ladi deb so‘rasangiz, u yana hammasini boshidan boshlab, bir necha
yillik kuzatishlar o‘tkazib, natijalarni tahlil qilib chiqishiga to‘g‘ri kelar edi. Keyin esa, ushbu tahlillar asosida qandaydir qonuniyatni topsa,
sizga javob aytgan bo‘lardi. Ya'ni, u boshqa yulduz sistemasidagi sayyoralar harakati ham, Quyosh sistemasidagi sayyoralar
bo‘ysunadigan qonunlarga bo‘ysunishi haqida tasavvurning o‘zi bo‘lmagan.
Nyuton mumtoz mexanikasining eng buyuk yutuqlaridan biri ham aynan shunda. Ya'ni, Nyuton, Kepler qonunlarining fundamental
asoslarini ochib beradi va ularning istalgan sistemaga tadbiq qilinishi mumkinligini, ya'ni, universial ekanligini ta’kidlaydi. Oxir-oqibat
Yangilаndi: 14.05.2020 12:53
shunday bo‘lib chiqdiki, Kepler qonunlarini Nyuton qonunlaridan matematik yo‘l bilan keltirib chiqarish mumkin ekan! Basharti shunday
ekan, demak biz, Kepler qonunlari Koinotdagi istalgan sayyoralar sistemasi uchun yaroqli ekaniga ishonch hosil qilishimiz mumkin.
Astronomlar haqiqatan ham, hozirda ketma-ket ochilayotgan ekzosayyoralar sistemalari uchun ushbu qonunlarni tadbiq etishmoqda va
ular haqiqatan ham, katta aniqlik bilan o‘zini oqlamoqda! (Aytgancha, kashf etilayotgan ekzosayyoralar nomiga ham Keplerning nomi
qo‘shib aytilishi urfga kirdi. Buning sababi, u kashf qilgan mazkur qonunlar bilan emas, baliki, o‘sha ekzosayyoralarning kashf etilishi
uchun vosita-sababchi bo‘lgan «Kepler»
teleskop
i tufaylidir. Masalan, K2-18b ekzosayyorasi «Kepler» teleskopining ikkinchi missiyasi
davomida kashf qilingan).
Keplerning ushbu uchinchi qonuni zamonaviy kosmologiya fanida ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, olis galaktikalarni
kuzatish asnosida, astrofiziklar, galaktika markazlaridagi vodorod atomlaridan chiqadigan kuchsiz signallarni qayd etishadi. Ushbu
nurlanishlar spektridagi Doppler effekti bo‘yicha olimlar galaktika diskining vodorod periferiyasining aylanish tezligini aniqlashadi va bu
orqali, galaktikalarning o‘zining burchak tezliklarini topishadi.
Kepler qonunlari tabiat va borliqni anglashda insoniyat tushunib yetgan eng birinchi va eng muhim qonunlardan biridir. O‘zida fizika,
matematika va astronomiyani uyg‘unlashtirgan holda, Kepler qonunlari ilm-fanda, tabiat hodisalarini ixcham va oddiy formulalar bilan
ifodalash mumkinligini ham ko‘rsatib berdi va minglab keyingi avlod olimlari uchun namuna o‘laroq xizmat qildi.
[1]
Perigeliy – sayyoraning Quyoshga
eng yaqin keladigan nuqtasi, apogey esa Quyoshdan eng
uzoq ketadigan nuqtasi nomi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda:
https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda:
@OrbitaUz
Google+ :
https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz:
https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi
kеyingi >
Do‘stlaringiz nimani yoqtirishini ko‘rish uchun
Ro‘yxatdan o‘tish
.
Yoqdi