Ishq lofida shoh sodiq emas.
SHu bilan birga shoh Bahromning halokatini tasavvuf ta’limotiga ko‘ra yana shunday izohlash mumkin: Butun jonzotlar, tabiat, hayvonot va nabotot olami Allohning zuhuridir. Ularning barchasini Alloh yaratgan ekan, ularga zarar etkazish YAratgan irodasiga qarshi borish bilan tengdir. SHu ma’noda shoh Bahromning tabiatga etkazgan jabr-zulmi uning halokatiga olib keldi.
SHoir Bahrom timsoli munosabati bilan o‘z davridagi ba’zi dolzarb masalalarga ham ishora qilib o‘tgan. Xususan, haqiqiy hukmdor har qanday illatlardan xoli bo‘lishi zarurligi, xalq ahvolidan g‘ofillik va aysh-ishratga berilish oxir-oqibat shohni va mamlakatni tanazzulga olib borishi mumkinligi shoir aytmoqchi bo‘lgan muhim g‘oyalardan biridir.
SHu ma’noda Navoiy dostonning o‘ttizinchi bobida tush ko‘rganligini aytadi. Tushida shoirni shoh Bahrom yo‘qlab, uni nazm mulkida sohibqiron deb atab, yozgan dostoniga yuqori baho beradi va farzandi qatorida sanalmish Sulton Husayn Boyqaroni ogohlantirishini iltimos qiladi va unga quyidagi so‘zlarni etkazishni aytadi:
Ki jahon kimsaga vafo qilmas,
SHohlig‘ tarkiga kiro qilmas.
SHahki, ming yil oning hayotidur,
G‘araz – o‘lganda yaxshi otidur.
“Sab’ayi sayyor”da Navoiy dahosining qudrati shoirning o‘z tilidan aytilgan o‘rinlarda ham namoyon bo‘ladi. Jumladan, doston yakuniga yaqinlashganda shoir asarning yozilish muddatiga to‘xtalib deydi:
Bo‘ldi chun bu raqam ishi tayyor,
Qo‘ydum otini “Sab’ai sayyor”.
Tortqonda bu turfa savti maddin,
Bayti besh mingga tortti addin.
Manga ayyomi garchi yod ermas,
Lek to‘rt oydin ziyod ermas.
Bo‘lsam o‘zga umurdin emin,
Bor edi to‘rt hafta ham mumkin...
Garchi tarixi erdi sekkiz yuz,
Sekson o‘tmish edi yana to‘qquz.
Oyi uning jumodiussoniy,
Panjshanba yozildi unvoni.
Doston xafif bahrining xafifi musaddasi solimi maxbuni mahzuf (ruknlari va taqti’i: foilotun mafoilun failun) vaznida yozilgan. Aslida mazkur vazn 8 ta ritmik variatsiyaga ega bo‘lib, bu ritmik variatsiyalar doston misralarida o‘zaro almashinib qo‘llanaveradi va doston matni bilan munosabatga kirishadi. Ritmik variatsiyalar tarkibidagi o‘zgarishlar, asosan, birinchi va uchinchi rukndagi bo‘g‘inlar sifatini o‘zgartirish hisobiga ro‘y berib, ikkinchi rukn o‘zgarishsiz qolaveradi. Bunda birinchi rukn foilotun yoki failotun, uchinchi rukn esa failun, failon, fa’lun, fa’lon tarzida o‘zaro almashinib ham qo‘llanaverishi mumkin.
Bu hodisani quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |