Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik



Download 335,49 Kb.
bet52/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

YAna ma’shuqluqqa loyiqsen.
Ayni ma’shuqluqda jilvai zot,
O‘zini ko‘rgali tilab mir’ot.
Husnunga har dam o‘zga surat o‘lub,
Ko‘zgu takrori ham zarurat o‘lub.
Necha husn ichra jilva zohir anga,
Ko‘zguluk aylabon mazohir anga...
Sensenu sendin o‘zga xud nima yo‘q,
Gar ko‘runsa sen o‘lg‘ung ul nima o‘q.
Dostonning 2-bobi munojot bo‘lib, bunda buyuk shoirning yaratuvchiga murojaati, najot umidi, tavba va iltijolari o‘z ifodasini topgan:
Qodiro, ul zaifu osiymen,
Ki boshimdin ayoq maosiymen.
Navoiy tashbeh san’ati vositasida o‘zini toat vaqtida xasta chumoliga, isyon vaqtida vahshiy sherga, nafsini bahaybat filga, ko‘nglini nimjon pashshaga o‘xshatadi:
Toat aylarda mo‘ri xasta barin,
Lek isyon mahalli sheri arin.
Nimjon pashsha ko‘nglum ayla gumon,
Zo‘ri nafsim nechukki pili damon.
SHuningdek, munojotda yaratilayotgan asarning shuhratini olamga yoyishni so‘rab qilingan iltijo ham mavjudligini ko‘ramiz:
SHuhratin olam ichra paydo qil,
Olam ahlin alarga shaydo qil.
Navbatdagi bob Muhammad (s.a.v.) madhiga bag‘ishlanadi. Payg‘ambarning asli qurayshiy, eri abtahi, mazhabi hoshimiy, manzili YAsrib ekanligi aytilgach, uning nuri “Lot” bilan “Uzzo”ni shikastlagani, ismining harflari echilganda ikkita “mim” harfining etaklari osilib, kufr eli motamining zulmatiga, din elining esa ulug‘vorligiga aylanishi aytiladi.
4-bob Me’roj tuni ta’rifiga bag‘ishlanadi. Bunda payg‘ambarimiz huzuriga elchi (Jabroil) kelib, Haqning salomini etkazganligi va oshiq o‘z mahbubining visoliga erishmoq niyatida ekanligini xabar qilgani, payg‘ambarimiz yaratuvchining huzuriga borganlarida ummatlarining gunohini kechirishni iltimos qilganlari va barcha istaklari birma-bir qabul qilinganligi haqida so‘z boradi.
5-bob so‘z ta’rifida. Navoiy bu bobda so‘zga yuksak baho berar ekan, shunday yozadi:
So‘z kelib avvalu, jahon so‘ngra,
Ne jahon, kavn ila makon so‘ngra...
Alloh, alloh, ne so‘zdurur bu so‘z
Mundin ortuq yana bo‘lurmu so‘z
Jism bo‘stonig‘a shajar so‘zdur,
Ruh ashjorig‘a samar so‘zdur.
6-bob ulug‘ salaflar Nizomiy va Dehlaviy madhiga bag‘ishlangan. SHoir dastlab badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, ya’ni nazm va nasr ta’rifiga to‘xtalib, ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she’riy asarlarda chiroyli, ta’sirli ibora va badiiy san’atlarni ko‘plab qo‘llash va injuni ipga tergandek misralar tizish mumkin, nasr esa sochib yuborilgan javohirdek go‘zallikdan mahrum deb yozadi. SHuningdek, nazm shakllari orasida masnaviyga alohida to‘xtalib, uni “vasi’ maydon” (keng maydon) deb ataydi:
Masnaviykim, burun dedim oni,
So‘zda keldi vasi’ maydoni.
Nizomiy haqida so‘z yuritar ekan, u bu maydondan to‘pni olib chiqib ketdi, ya’ni go‘y va chavgon o‘yinida yutdi: masnaviy yaratishda birinchi bo‘ldi deydi:
Qoyili xush kalomi zebogo‘y
Kim, bu maydon elidin elitti go‘y...
Ahli nazm afsahul kalomi ul,
“Xamsa”ning nozimi Nizomiy ul.
Xusrav Dehlaviyni Nizomiy beshligiga javob yozgan ijodkor sifatida ta’riflar ekan, uni “hind sehrgari, qaro balo, ofati Xudo” kabi tashbehlar bilan madh qiladi. SHuningdek, Navoiy bu ikki xamsanavisni shatranj o‘yinidagi oq otu (Nizomiy) qora filga (Dehlaviy), o‘zini oddiy piyodaga nisbat beradi:
CHeksa shatranj iki saf oqu qaro,
Xas ne qilg‘ay, chu tushsa arsa aro.
O‘zni topqay bisot aro payvast,
Ot ila pil ayog‘i ostida past.
Dostonning 7-bobi “hazrat shayxulislom mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy” madhiga bag‘ishlangan. Navoiy uni fazl koniyu ilm daryosi deb atar ekan, ustozini arab tilidagi bilimdonligi jihatidan “Kofiya” asarining muallifi Ibn Hojibga, tafsir ilmida yuzta Ibn Hojarga, fiqh ilmida Imomi A’zamga o‘xshatadi. Jomiyning bu sohalarda yaratgan asarlari, devonlari va dostonlarining nomlarini keltiradi.
8-bob salaflarning nuqsonlari haqida bo‘lib, shoir bob sarlavhasida ustozlar asarlariga mulohaza bildirayotgani uchun uzr so‘raydi. Navoiy bu bobda doston yaratishdan oldin tush ko‘rganini, tushida 7 gumbaz, 7 gumbaz ichida 7 xil rangdagi mutasaddiyni ko‘rganini, shu erda 7 kun yurib, 7 afsona tinglaganini, bir mo‘ysafid unga avvalgi dostonlardagi qusurlarni tuzatishni so‘raganini, uyqudan uyg‘ongach muabbir (tush ta’birchisi) aytgan dalillardan so‘ng doston yozishga kirishganini aytadi. SHundan so‘ng o‘zigacha yozilgan Bahrom haqidagi dostonlarni sinchiklab o‘qib chiqqanini ta’kidlab, ustozlarning hurmatini o‘z o‘rniga qo‘ygan holda ularga uchta e’tiroz bildiradi:
Biri bukim yo‘q anda moyayi dard,
Qildilar ishq so‘zidin ani fard.
SHoir fikricha, oldingi xamsanavislarning birinchi aybi dardu g‘amga etarlicha ahamiyat bermasdan, uni ishqdan xoli tasvirlaganliklaridadir.

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish