“Nasoyim ul-muhabbat” asarining ilmiy jihatdan ahamiyati qaysi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi?
Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarining bosh manbasi sifatida qaysi manbalarni ko‘rsata olasiz?
“Tarixi anbiyo va hukamo” tarkibidagi qissalardan shoir qanday falsafiy xulosalar chiqaradi?
“Tarixi anbiyo va hukamo” asarining ma’naviy-ma’rifiy jihatdan bugungi kundagi ahamiyati qaysi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
“Tarixi muluki Ajam” asari uchun asos bo‘lgan manbalarni sanab bering.
“Tarixi muluki Ajam” asarida keltirilgan sulolalar tarixiga oid ma’lumotlar Alisher Navoiyning yana qaysi asarida uchraydi?
“Tarixi muluki Ajam” asarini Alisher Navoiyning Sulton Husayn Boyqaro tarixini yoritishga bag‘ishlangan asarning bir qismi degan qarashga munosabat bildira olasizmi?
“Xamsatu-l-mutahayyirin” asari tarkibi, unda keltirilgan ma’lumotlar haqida to‘xtaling.
Alisher Navoiy “Xamsa”si dostonlari muqaddimalarida berilgan Abdurahmon Jomiy bilan bog‘liq ma’lumotlarni “Xamsatu-l-mutahayyirin”dagi ma’lumotlar bilan qiyoslab tahlil eting.
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarida Alisher Navoiy nima uchun Sayyid Hasan Ardasherni “komil inson” sifatida tasvirlagan?
“Holoti Pahlavon Muhammad” asari asosida Alisher Navoiyning Pahlavon Muhammad bilan bo‘lgan munosabatlari xususida to‘xtaling.
“Munshaot” asarining mazmun-mohiyati va Musulmon SHarqidagi insho san’ati xususida fikr bildiring.
“Mahbub ul-qulub” asarining inson ma’naviy dunyosi tarbiyasidagi ahamiyatini qay darajada deb baholaysiz?