Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


) Fauvlun – bir vatadi majmu’ va bir sababi xafifdan iborat bo‘ladi; 2) Foilun



Download 335,49 Kb.
bet75/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

1) Fauvlun – bir vatadi majmu’ va bir sababi xafifdan iborat bo‘ladi;
2) Foilun – bir sababi xafif va bir vatadi majmu’dan tarkib topadi;
3) Mafoiylun – bir vatadi majmu’ va ikki sababi xafifdan tashkil topadi;
4) Mustaf’ilun – ikki sababi xafif va bir vatadi majmu’dan tashkil topadi;
5) Foilotun – bir sababi xafif, bir vatadi majmu’ va yana bir sababi xafifdan iborat bo‘ladi;
6) Mafoilatun – bir vatadi majmu’ va fosilai sug‘rodan tashkil topadi;
7) Mutafoilun – bir fosilai sug‘ro hamda bir vatadi majmu’dan iboratdir;
8) Maf’ulotu – ikki sababi xafif va bir vatadi mafruqdan tarkib topadi.
Navoiy ushbu asl ruknlardan beshtasi fors-tojik va turkiy she’riyatda qo‘llanilishini ta’kidlaydi va zihofot (asl ruknlarni turlicha o‘zgartirish) va furu’ (tarmoq ruknlar)ga bag‘ishlangan faslda shu besh aslni tahlil qiladi.
Asllar ta’rifidan keyin ulardan hosil bo‘luvchi zihof va furu’ (tarmoq ruknlar)ga to‘xtalib o‘tiladi. Bunda Alisher Navoiy mafoiylun aslidan 11 zihof va 11 furu’, foilotun aslidan 10 zihof va 15 furu’, mustaf’ilun aslidan 9 zihof va 14 furu’, maf’ulotu aslidan 9 zihof va 14 furu’, fauvlun aslidan 6 zihof va 6 furu’ – jami 45 zihof va 60 furu’ni keltiradi. Keyinroq doiralar – tuzilish jihatidan o‘xshash bo‘lgan bahrlar guruhi ta’rifiga o‘tilib, jami 7 ta doira keltirilgan. Ulardan to‘rttasi Navoiygacha yaratilgan fors-tojik risolalarida mavjud edi: “Doirai mo‘‘talifa” (ramal, hazaj va rajaz bahrlaridan tuzilgan), “Doirai muxtalifa” (muqtazab, mujtass, munsarih va muzore’ bahrlaridan tuzilgan), Doirai muntazia” (mushokil, sari’, jadid, qarib va xafif bahrlaridan tuzilgan), Doirai muttafiqa” (mutaqorib va mutadorik bahrlaridan tuzilgan).
Navoiy ushbu doiralarga qo‘shimcha tarzda yana uchta doira haqida ma’lumot beradi. Asardagi 5-doirani bevosita Alisher Navoiyning o‘zi tartib bergan bo‘lib, bunda Navoiy “Doirai muxtalifa”dagi 4 bahr va “Doirai muntazia”dagi 5 bahr – jami 9 bahrning solim (ya’ni zihof kirmagan, o‘zgarishga uchramagan) ruknlarini jamlab, ularni bir doiraga kiritadi va bu doirani “Doirai mujtamia” deb ataydi. 6-doira “Doirai muxtalita” deb atalib, bu doiraga Navoiy komil va vofir bahrlarini kiritadi va mazkur bahrlarning matbu’ (yoqimli) bahrlar ekanligini, lekin negadir ularda kam she’r yozilganligini ta’kidlab o‘tadi. 7-doira “Doirai mushtabiha” esa uch – tavil, madid va basit bahrlaridan tuzilgan. Navoiyning yozishicha, bu bahrlar arab ad-tiga xos bo‘lib, ajam she’riyatida deyarli qo‘llanilmagan va maxsus doiraga kiritilmagan.
Asarning she’r taqti’iga bag‘ishlangan fasli turkiy aruzning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy bunda bevosita turkiy til xususiyatlaridan kelib chiqqan holda taqti’ qoidalarini bayon qiladi hamda bahr va vaznlarni aniqlash usullarini tushuntiradi.
Risolaning keyingi faslida bahrlar va ulardan hosil bo‘luvchi vaznlar bayoniga o‘tiladi. Bunda Navoiy bahrlar tartibini yuqorida keltirilgan doiralar asosida berib boradi. SHu ma’noda Navoiy dastavval “Doirai mu’talifa” tarkibiga kiruvchi hazaj bahri vaznlarini keltirib o‘tadi. Asarda hazaj bahrining 11 ta musamman ruknli, 10 ta musaddas ruknli va bitta murabba’ ruknli vaznlari, agar unga 24 ta ruboiy vaznlari ham qo‘shiladigan bo‘lsa, jami 46 vazni keltirilgan.
“Mezon ul-avzon”ning turkiy aruzni shakllantirish va rivojlantirishdagi yana bir muhim ahamiyati unda ruboiy vaznlarining ishlab chiqilganligidir. Navoiy turkiy adabiyotga endigina kirib kelayotgan ruboiy janrining o‘ziga xos qonuniyatlariga to‘xtalib o‘tib, risolada hazaj bahrining axrab va axram shajaralariga mansub jami 24 vaznning ruknlari va furu’larini keltiradi, har bir vaznga bir misradan she’r keltiradi, shu tariqa 24 vaznni 6 ruboiyda aks ettiradi.
Bobur “Boburnoma”da, shuningdek “Risolai aruz” asarida Navoiyning “Mezon ul-avzon”da ruboiy vaznlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘ygan xatolari haqida fikr yuritib, “yigirma to‘rt ruboiy vaznida to‘rt vaznda g‘alat qilibdur”, deb yozadi. Bunda Bobur Navoiyning axrab shajarasidan ikkita va axram shajarasidan ikkita vaznni takror berib, to‘rt vaznning nomini keltirmaganligini ta’kidlaydi. Adabiyotshunoslikda bu masala U.To‘ychiev va A.Hojiahmedov tomonidan maxsus o‘rganilgan bo‘lib, xatolikka asarni ko‘chirgan kotib yo‘l qo‘yganligi aniqlandi. Kotib misralardagi ba’zi so‘zlarning o‘rnini almashtirib (masalan, “urdi ko‘p”ning o‘rniga “ko‘p urdi”), ba’zi so‘zlardagi harflarni tushirib qoldirib (“rahmekim”ning o‘rniga “rahmkim”) va qofiyalardagi ayrim so‘zlarni harakat (qisqa unli) vositasida yozganligi (“nazor”, “sharor”, “osor”ning o‘rniga “nazar”, “sharar”, “asar”) orqali ushbu xatoliklar kelib chiqqan.
“Mezon ul-avzon”da jami 19 bahr, 160 vazn keltirilgan bo‘lib, vaznlar uchun tanlangan misollar asosan muallifning o‘z ijodi mahsulidir. Asar tarkibida Xoja Ismat Buxoriy va Husayn Boyqaro ijodidan ham baytlar uchraydi.
Asarda keltirilgan bahrlar va ularning vaznlarini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:




Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish