Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik



Download 335,49 Kb.
bet73/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Qatra zi lab pok kunad mohi man
(Mazmuni: Mening oyim jom (qadah)ni dahan (og‘zi) tomon olib borsa,
Labidagi qatralarni toza qiladi)
Bunda “jom” so‘zi “dahan” (og‘iz) tomonga, ya’ni “d” tomonga olib boriladi va “jomid” so‘zi hosil bo‘ladi, ikkinchi misrada nazarda tutilgan labdagi qatra, ya’ni nuqta tozalansa (olib tashlansa), “Homid” ismi kelib chiqadi.
Asarda shu tarzda 3 amal, 15 qism va 48 ta uslub qoidalari va ular bilan bog‘liq holda 121 ta muammo va uni echish usullari ko‘rsatib beriladi. Risolada muammoning turli uslub qoidalari yuqorida ko‘ringanidek, ixcham va tushunarli tilda bayon qilib berilganligi uchun asar o‘z davri va undan keyin ham keng shuhrat qozondi.
Alisher Navoiyning adabiyotshunos olim sifatidagi faoliyatini ko‘rsatib beruvchi yana bir asar bu “Majolis un-nafois” tazkirasidir27. Navoiy tazkirani 1491-98-yillar davomida yaratadi. Tazkirada XV asrda yashab, faoliyat yuritgan 459 shoir haqida ma’lumot keltiriladi. Alisher Navoiy tazkiraning muqaddimasida asarning tarkibiy qismi va nomlanishi haqida shunday yozadi: “...chun bu maqsudg‘a etildi, oni sekkiz qism etildi har qismi bir majlisg‘a mavsum bo‘ldi va majmuig‘a “Majolis un-nafois” ot qo‘yildi”. Tazkiradagi shoirlar majlis, ya’ni qismlarga quyidagicha taqsimlangan: 1-majlisda 46 ta, 2-majlisda 91 ta, 3-majlisda 175 ta, 4-majlisda 72 ta, 5-majlisda 21 ta, 6-majlisda 31 ta, 7-majlisda 22 ta va 8-majlisda Husayn Boyqaro bilan bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan.
Tazkiraning birinchi majlisi “Jamoati maxodim va azizlar zikridakim, bu faqir alarning sharif zamonining oxirida erdim va mulozimatlari sharafiga musharraf bo‘lmadim” degan nom bilan tasnif etilgan bo‘lib, bunda hazrat Navoiy o‘z tazkirasini “tabarruk qilmoq uchun” shayxlardan Xoja Qosim Anvor zikri bilan boshlaganini ta’kidlaydi:
Ul jumladin soliki atvor va koshifi asror, ya’ni Hazrati Amir Qosim Anvor (quddisa sirruhu)dur. Har necha alarning rutbasi shoirliq poyasidin yuqoriroqdur va valoyat ahli zumrasida vasfdin toshqariroq, ammo chun haqoyiq va maorif adosida nazm libosi dilpazirroq uchun iltifot qilur ekandurlar, tayammun jihatidin bu muxtasarni alarning sharif ismlari bila ibtido qilildi
Qosim Anvordan keyin uning shogirdlari Mir Maxdum va Hofizi Sa’d haqida ma’lumotlar beriladi.
Tazkiraning 2-majlisida shoir bolaligi va yigitlik paytida suhbatlariga musharraf bo‘lgan shoirlar haqida hikoya qilinadi. Bu majlis mashhur tarixchi, “Zafarnoma” muallifi SHarafidddin Ali YAzdiy zikri bilan boshlanadi. Majlisda Alisher Navoiy o‘zining tarbiyasi va ijodiy kamolotiga alohida ta’sir ko‘rsatgan zotlar: Xoja Fazlulloh Abullaysiy, SHayx Sadriddin Ravosiy, SHayx Kamol Turbatiy, Darvesh Mansur, Hofiz Ali Jomiy, Xoja YUsuf Burhon; o‘z zamonining taniqli shoirlari: Mavlono Lutfiy, YAqiniy, Atoyi, Muqimiy, Sakkokiy, shoir tog‘alari Mir Said Kobuliy, Muhammad Ali G‘aribiy, farzand o‘rnida qadrlagani shoir Mirzobek, ustozi va do‘sti Sayyid Hasan Ardasher haqida ma’lumot beradi. Xususan, Alisher Navoiy Mirzobek haqida yozar ekan, uning juda erta vafot etganini, badiiyat jihatdan etuk baytlar bitsa-da, ularni yakuniga etkazmaganligini afsus bilan bayon etadi. Xususan, uning
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur,
Kim jonga qaro balo bo‘lubtur
deb boshlanuvchi matla’sini tugatib, o‘z devoniga kiritganligini aytadi.
Tazkiraning 3-majlisi o‘z davri she’riyatiga ulkan hissa qo‘shgan yuksak tab’li shoirlari haqida bo‘lib, buyuk shoir Abdurahmon Jomiy zikri bilan ochiladi. Majlisda, shuningdek, Amir SHayxim Suhayliy, Abdulloh Hotifiy, Osafiy Hiraviy, Zave Qozisi kabi “Xamsa” dostonlariga tatabbu’ bitgan ijodkorlar, Sayfiy Buxoriy kabi muammo va aruz ilmiga doir risola bitgan ijodkor, Kamoliddin Binoiy, Gadoiy kabi sohibi devon shoirlar haqida ma’lumotlar keltiriladi.
4-majlisda zamon fozillari – she’rda mashhur bo‘lmasalar-da, ammo ba’zan latif bayt aytuvchi ijodkorlar haqida so‘z boradi. Alisher Navoiy bu majlisni kamoloti “azharu min ash-shams” (quyoshdan porloq) shaxs – Pahlavon Muhammad Go‘shtigir zikri bilan boshlaydi. SHoir uning pahlavonligi u erishgan kamolotning eng quyi darajasi bo‘lib, musiqa ilmida o‘z davrining benaziri ekanligini ta’kidlaydi. SHuningdek, nazm aytishda ham yuksak iqtidorga egaligini aytib, Husayn Boyqaro Pahlavon Muhammadning quyidagi baytiga ming oltin tanga tuhfa qilganligini faxr bilan tilga oladi:

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish