Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik



Download 335,49 Kb.
bet49/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Alloh-alloh, bu ne so‘z o‘lg‘ay,
Ul qavmg‘a tengri uzr qo‘lg‘ay.
“Tasavvuf” kitobida keltirilishicha, Ka’ba ziyorati lavhasi, tasavvuf ahlining har qanday suratlar, timsollarga sig‘inishni inkor etishlariga ishoradir. YA’ni, Ilohning o‘ziga oshiq bo‘lgan, faqat Uni deb yongan kishiga bu ishlar ortiqchadir.
Majnunning otasi o‘g‘lini uyga qaytarib olib keladi va u yana sahroga chiqib ketadi. Sahroda u ovga chiqqan lashkarboshi Navfalni ko‘rib qoladi. Navfal ham bir vaqtlar ishq dardiga uchragani uchun Majnunning qalbini tushunadi, unga rahmi keladi:
Navfal dag‘i ishq ko‘rgan edi,
G‘am dashti aro yugurgan erdi.
Navfal ishq dardidan xabardor bo‘lsa-da, lekin Majnun darajasiga ko‘tarila olmagan, uning sulukdagi maqomi ma’lum bir bosqichga etgandan keyin to‘xtab qolganligini ko‘ramiz. SHu sababli u Majnunni Layliga uylantirish bilan uning dardiga malham topish mumkin deb o‘ylayli va Layliga sovchi yuboradi. Lekin Laylining otasi rozi bo‘lmagach, urush ochadi. Laylining otasi urushda engilishini sezib, qizini o‘ldirishga qasd qiladi. Bu holat Majnunga tush orqali ayon bo‘lgach, Navfaldan urushni to‘xtashini so‘raydi. Navfal Majnun uchun yana bir chora vositasi sifatida o‘z qizini Majnunga berishga qaror qiladi. Laylini esa Bani Asad qabilasining boshlig‘i Ibn Salomga unashtiradilar. Navfalning qizi boshqa insonni sevishini aytib, Majnunga aka-singil bo‘lishni taklif qiladi. Ibn Salomning esa quyanchiq (tutqanoq) kasali qo‘zg‘ab, behush yiqiladi.
Layli va Majnun ishq dashtida uchrashadilar. Navoiy bu uchrashuvni chuqur hayajon bilan tasvirlaydi. Ular bir-birining vasliga etishgan damlarda butun borliq ularga madad ko‘rsatadi, osmon jismlari ham, erdagi barcha tirik mavjudot sukutga cho‘madi, oshiq-ma’shuqlarga xayrixohlik qiladi. Layli va Majnun ruhan birlashadilar, ikkilik o‘rnini birlik – tavhid egallaydi. Navoiy ularning vasli poklikdan ayri bo‘lmaganligini aytadi. SHoirning fikricha, ishq ahli ulardek pok bo‘lar ekan, ularga abadiy vasl muyassar bo‘lsa, ne ajab, zero nafs maqsadida oshiq bo‘lganlar uchun oshiqlik haromdir:
Ishq ahli bu nav’ bo‘lsalar pok,
Gar vasl muabbad o‘lsa ne bok?
Oshiqki murodi kom bo‘lg‘ay,
Oshiqlik anga harom bo‘lg‘ay (31-bob).
Dostondagi eng ta’sirchan boblardan yana biri bu Majnun ota-onasining o‘limi haqidagi bobdir (33-bob). Majnunning dardiga chora topa olmagan ota-ona farzandining g‘amu alamida kuyib, birin-ketin dunyodan ko‘z yumadilar. Majnun bu holdan tush orqali xabar topadi: tushida bolalarini inlariga qaytarmoqchi bo‘lgan ikki kaptar burgutga em bo‘ladilar. Bobda ota-onasidan ajralgan Majnunning iztiroblari, g‘am-alamlari chuqur hissiyot bilan tasvirlangan. Ayniqsa, uning onasi qabri ustida tortgan afg‘onlari yuksak pafos bilan yo‘g‘rilganligini ko‘rish mumkin:
Sen Ka’ba mangavu men tilab dayr,
Tavfing sori hech qilmayin sayr.
Solib sanga iztirob har dam,
Ka’bamni qilib xarob hardam.
Ka’bam bo‘lmish mening xarobim,
Tengriga ne bo‘lg‘usi javobim?!
Majnunning ota-onasi vafot etganini eshitgan Layli yorining ham firoq alamidan, ham ota-ona motamidan iztirobga tushayotganini o‘ylab, chuqur g‘amga botadi. Majnun ota-onasining g‘amidan azobda bo‘lsa, menga ham bu g‘am, ham uning g‘ami ikki hissa azobliroqdir, deydi:
Anga ato-anoning g‘amidur,
Ham bu manga, ham aning g‘amidur.
Laylining ruhiy ahvoli o‘zgara boshlaydi, uning tanasida kuchli harorat paydo bo‘ladi. Tabiblar bu hol oldida ojiz qoladilar. Layli bu dunyodan ketish fursati yaqinlashganini sezib, onasiga Majnun kelsa, uni huzuriga kiritishlarini vasiyat qiladi. Majnun Laylining bu dunyodan ketayotganini ilohiy bir kuch b-n sezib, uning qabilasi tomon keladi. SHu tariqa umr bo‘yi bir-birining ishqida kuygan, visoliga intilganlar Ruhi mutlaq tomon ravona bo‘ladilar.
Doston Xotimasi uch bob (36-38)ni o‘z ichiga oladi. 36-bob "Ishq ta’rifi”ga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda Navoiy ishqni kimyoga va olamni ko‘rsatuvchi ko‘zguga o‘xshatadi:
Ey, ishq, g‘arib kimiyosen,
Bal oyinayi jahonnamosen.
Rivoyatlarga ko‘ra, qadimda kimyogarlar mis va boshqa ma’danlarni yuqori harorat ta’sirida oltinga aylantirish mumkin deb hisoblaganlar. Navoiy bu o‘rinda shu afsonaga ishora qilib, odam aslida tuproqdan yaralgan, ammo ishq olovining “kimyo”ligi uni oltinga aylantiradi, ya’ni ishq inson vujudini turli xil chiqindilar: jismoniy talablar va nafsoniy istaklardan poklaydigan otashdir degan fikrni keltiradi:
CHun xolisu poku beg‘ash o‘ldi,
Oltin neki kimiyovash o‘ldi.
Poklanish, ya’ni “kimyo”lanish ishqi majoziy bo‘lib, undan “oltin”ga aylanib chiqqan oshiq endi o‘zligidan qutuladi va qayoqqa qarasa, haqiqiy YOr(Haq)ni ko‘radi:
CHun boqqali ixtiyor topti,
Har soriki boqti yor topti.
Ham naqshi vujudin etti foni
Ham topti baqoyi jovidoni.
Bu esa qalbning ko‘zguga, ya’ni “oyinai jahonnamo”ga aylanishi, boshqacha aytganda ishqi haqiqiyga molik bo‘lishdir.
Dostonning 37-bobi Sulton Husayn Boyqaro akasining o‘g‘li shahzoda Sulton Uvays bahodir madhiga bag‘ishlangan. Navoiy shahzodani ta’rifu tavsif qilish asnosida g‘oyat ustalik bilan unga shariat, adlu himmat bobida nasihatlar ham qiladi va zamona sultoni Husayn Boyqaroni unga ibrat qilib ko‘rsatadi.
Dostonning so‘nggi bobi “dard navhasi” (yig‘isi)ning yakuni haqida bo‘lib, shoir bunda dostonni tugallagani uchun Allohga shukrona keltiradi. Navoiyning doston mohiyati haqida aytgan eng muhim fikrlari aynan shu bobda tajassum topgan:
So‘gin nechakim uzottim oxir,
Yig‘lay-yig‘lay tugattim oxir...
YOzmoqta bu ishqi jovidona,
Maqsudum emas edi fasona.
Mazmunig‘a bo‘ldi ruh mayli,
Afsona edi aning tufayli...
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim, shuhrati chun jahong‘a to‘lg‘ay,
Turk eliga dog‘i bahra bo‘lg‘ay...
“Layli va Majnun” dostonidan kelib chiqadigan xulosa shuki, bu dunyoda yashovchi har bir inson oshiqlik yo‘lini tutib, o‘zini o‘limga emas, balki vasl mayini ichishga tayyorlashi kerak, zero bu dunyoning birdan-bir mazmuni ham shu. Ruhi mutlaqni tasavvur qilishda inson aqli va ongi ojizlik qiladi, shu sababli Navoiy uni mazhar – Layli timsolida yaratadi.
Dostonda har bir timsol yuksak mahorat bilan ishlangan bo‘lib, Navoiy har bir obrazga, har bir detalga muayyan badiiy ijtimoiy “vazifa” yuklaganligini ko‘rish mumkin. Dostonning 14-bobida tasvirlangan it obrazi bu jihatdan alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, it sadoqat, vafodorlik ramzi sanaladi. Dostonda Majnun o‘z sadoqati, vafosidan ko‘ra itning sadoqatini ustun qo‘yadi, chunki it Majnunga qaraganda Layliga ancha yaqin turadi. U ham Majnun kabi oshiq, yorining oyog‘i ostida yotib o‘z vafodorligini, sadoqatini namoyon qiladi. Buning fahmiga etgan Majnun o‘z dardini to‘kib soladi:
Sen mendin o‘lub vafoda afzun,
Ham sidqda, ham safoda afzun.
Bu o‘rinda Navoiy Majnunning o‘zini oshiq sanab, it darajasiga ham ko‘tarila olmaganidan qattiq iztirobda ekanligini bayon qiladi. It Laylini ko‘rganda Majnun singari hushini yo‘qotmaydi, uning oyoqlariga suykalib, erkalanadi — itning bardoshi kuchli, bu esa Majnunning eta olmas armoni.
Doston kompozitsiyasida bosh qahramonlar – Layli va Majnunning bir-birlariga yozgan maktublari ham muhim o‘rin tutadi. Maktub ko‘ngillarni bog‘laydigan vosita bo‘lib, u vasldan xabar beradi, oshiq-ma’shuqlarni umidlantiradi. SHoir Laylining maktubida nido san’atidan foydalanib, yorning o‘z oshig‘iga murojaati orqali ma’shuqaning qalb izhorlarini, his-tuyg‘ularini ifodalasa, Majnunning Layliga yozgan maktubida vafo va sadoqatdan so‘zlovchi oshiq kechinmalari qalamga olinadi. Ushbu maktublar dostonning umumiy poetik qonun-qoidalari (vazn, qofiyalanish tizimi)ga moslashtirilgan noma janrining betakror namunalaridir.
Dostonning badiiy jihatdan yuksak chiqishini ta’minlagan vositalardan yana biri unda tabiat tasvirining alohida o‘rin egallashidir. Navoiy tabiat fasllaridan umumiy ramziy fon sifatida foydalanib, ulardagi o‘zgarishlarni qahramonlar kayfiyati va ruhiyatiga hamohang tarzda tasvirlaydi. Qahramonlar shodlangan paytda, ularni o‘rab turgan tabiat ham yashnab turadi, ular qayg‘uga tushganda go‘yo borliqham xo‘rsinib nafas olayotgandek bo‘ladi. Masalan, Majnun gulshanda hushsiz yotgan paytda butun tabiat uning boshiga tushgan og‘ir savdoga “hamdarlik bildiradi”: gul o‘z yoqasini chok etadi, lola ko‘ksiga qora dog‘ soladi, sunbul o‘z qiyofasini qora rangga bo‘yaydi va boshqalar. Doston voqealarining bahor faslida boshlanib, kuz faslida yakunlanishida ham muayyan ramziy ifoda bor.
Doston hazaj bahrining hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoilun fauvlun) vaznida yozilgan. Dostonda mazkur vazn bilan birga qo‘shimcha tarzda hazaji musaddasi axrami ashtari mahzuf (ruknlari va taqti’i: maf’ulun foilun fauvlun) vaznining ham qo‘llanilganligini kuzatish mumkin. Bu holat tasodifiy bo‘lmay, doston mazmuni va g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq. Dostondagi 3623 baytdan 240 misra aynan mana shu o‘lchovda yaratilgan bo‘lib, dostondagi ziddiyatli voqealar, asar qahramonlarining chuqur ruhiy iztiroblari tasviri, qahramonlar ruhiyatining tabiat tasviri bilan bog‘liq bayoni, qahramonlar hayrati aks etgan misralar – lirik chekinish paytida mazkur vaznga murojaat qilinganligini ko‘rish mumkin.

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish