Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik



Download 335,49 Kb.
bet21/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

To‘rtinchi bayt:
Osmon yulduzlar bilan to‘ldi, quyosh ham o‘z otidan tushdi, ya’ni botdi, lekin mening quyoshim, ya’ni yorim Raxsh otidan tushib, huzurimga kelmaydimi?
Baytda Alisher Navoiy badiiy mahorati va so‘z boyligining yana bir namoyishiga guvoh bo‘lamiz: oftob tushunchasi 3 xil so‘z vositasida: quyosh, xurshid, raxshon va ot tushunchasi ashhab va markab so‘zlari vositasida ifodalab berilyapti.
Beshinchi bayt:
Zulmat jahonni quduqqa aylantirdi, endi bu zulmat ichida o‘lmog‘im tayindir. Qaniydi mening obi hayvon (tiriklik suvi)dek yorim etib kelib, Xizr kabi yo‘lboshchi bo‘lib, meni qutqarsa.
Ma’lumki, mumtoz adabiyotda Xizr obi hayotni ichgan timsol sifatida kelib, baytda bu nomning qo‘llanilishi talmeh san’atini vujudga keltiryapti.
Oltinchi bayt:
Osmondan quyosh ketdi, atrof qorong‘ilikka cho‘mdi deb o‘ylama. Aslida bu mening oydek yorim hajridan chekkan fig‘onlarim tutunidir.
Baytda istiora va mubolag‘a san’atlarining betakror namunalariga guvoh bo‘lamiz.
Ettinchi bayt:
YOrim g‘amida mening bu pinhon yonishimdan quyosh qochib, yuzini yashirdi; shafaq otashga tushib kuydi, osmonning yuziga esa dog‘lar tushdi.
Baytda husni ta’lil san’ati va tanosub san’atlari qo‘llanilgan.
G‘azal yor visoliga ilinj va umidvorlik tuyg‘ulari bilan yakunlanadi:
Ayriliq iztiroblari ichida Navoiy kabi bu oqshom fig‘on chekib o‘lmoqdaman, lekin menga jon qayg‘usi begona, faqat jononim etib kelsa bo‘lgani.
Baytda “jon” va “jonon” so‘zlari vositasida vujudga keltirilgan ishtiqoq san’ati baytning lisoniy jozibasini oshirgan.
G‘azal aruz tizimining sokin va hazin ohangga ega vaznlaridan biri bo‘lgan hazaji musammani solim (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V – – –/ V – – – / V – – – V – – –) vaznida yaratilgan. Bu bejiz emas, chunki musajja’ g‘azal shartlari (baytlarning o‘zaro teng to‘rt bo‘lakka bo‘linishi) shuni taqozo etadi.
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga g‘azaldan keyin tartib bo‘yicha mustazod janri kiritilgan bo‘lib, kulliyotda mustazodlar soni to‘rtta, ya’ni har bir devonga teng tarzda joylashtirilgan. Mustazod arabcha “orttirilgan”, “ziyoda qilingan” ma’nolarini bildirib, har misrasi 1,5 qatordan iborat she’r shaklidir. Mustazod uchun g‘azal asos – zamin vazifasini o‘taydi. Ikkala janrning qofiyalanish tizimi, baytlar soni, matla’ va maqta’, taxallusning mavjudligi bu fikrni isbotlaydi. Lekin g‘azal aruz tizimining barcha bahrlarida yaratilgani holda mustazod faqat hazaj bahrining hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod (ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoiylu mafoiylu fauvlun maf’ulu fauvlun – – V / V – – V / V – – V / V – – / – – V / V – –) vaznida yoziladi.
Turkiy adabiyotda Alisher Navoiygacha mustazod janri Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi. Uning devonida har biri 7 baytdan iborat ikkita mustazod mavjud.
Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida mustazod janriga alohida ta’rif berib, uning ohangi surud nag‘amoti (kuy ohangi)ga mos kelishini aytadi: “...xalq orasida bir surud bor ekandurkim, hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt boshlab bitib, aning misraidin so‘ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag‘amotig‘a rost keltururlar ermish va ani “mustazod” derlar ermish...
“Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan to‘rtta mustazod ham mavzu jihatdan rang-barang. SHoir devonlardagi janrlarni qo‘llashda muayyan tartibga rioya qilganidek, she’rlarni mazmun-mavzusi asosida taqdim etishda ham muayyan izchillikni saqlab qoladi. SHu bois birinchi devon “G‘aroyib us-sig‘ar”ga hamd mazmunidagi mustazod, keyingi devonlarga rindona, oshiqona va to‘rtinchi devonga orifona mazmunidagi mustazodni kiritadi. Birinchi devondagi mustazodda Haq va dunyoni tajalliy nazariyasiga asosan idrok etish, olamdagi barcha narsalar uning husni – go‘zalligi uchun mazhar ekanligi, dunyoda u zot mavlo – sohib bo‘lsa, olam unga qul, – mazmuni mujassamlashgan:
Ey husnunga zarroti jahon ichra tajalliy,
mazhar sanga ashyo,
Sen lutf bila kavnu makon ichida mavliy,
olam sanga mavlo.
“Navodir ush-shabob”dan o‘rin olgan mustazodda esa oshiq rindning his-hayajonga to‘la, ko‘tarinki kayfiyati ifodalangan. Unda ta’rifi keltirilgan “mug‘bacha” oshiqni komil pir bilan bog‘laydigan, Allohdan mujda keltiradigan farishta timsolidir:
Din ofati bir mug‘bachai mohyuliqodur,
mayxoravu bebok,
Kim ishqidin oning vatanim dayri fanodur
sarmastu yaqom chok.
Ham turrasining dudu vara’ beliga zunnor,
men kofiri ishqi
Ham yuzi majus o‘ti kibi shu’lafizodur,
men o‘rtanibon pok...
“Dayr” — komil inson huzuri, ma’naviyat olami. “Sog‘ar” esa komil inson qalbi, ishq manbai. Oshiq rind muhabbat mayidan mast, ishqda o‘zidan bexabar, uning xumorini yozish uchun falakdek kattalikdagi sog‘ar kerak...
Alisher Navoiyning zamondoshi tarixchi Zayniddin Vosifiyning “Bado’e ul-vaqoe’” asarida keltirilishicha, bu mustazodga o‘z davrining mashhur bastakori Xoja Abdullo Marvorid kuy bastalagan. Qo‘shiq shunchalik shuhrat qozonganki, Hirotda bu qo‘shiqni tinglamaydigan xonadon bo‘lmagan. Hatto bir bazmda mustazodning “sarmastu yaqom chok” satri kuylanayotganda, majlis ahli o‘z yoqalarini yirtganlar va bu holni bir tasodif tufayli tuynukdan qarayotgan hazrat Navoiyning o‘zi ham ko‘rgan. Alisher Navoiy keyinchalik “Hayrat ul-abror”da bu hodisani shunday tasvirlaydi:
Bazmda ul lahza aloloni ko‘r,
Ko‘yi xarobot aro g‘avg‘oni ko‘r.
Ko‘rki, nechukdur yaqo chok aylamak,
O‘zni fig‘on birla halok aylamak.
“Badoe’ ul-vasat”dan o‘rin olgan mustazod ishqiy yo‘nalishda bo‘lib, unda ma’shuqaning husni betakror tashbehlar vositasida tavsiflanadi, uning vasliga etishish mashaqqati bayon etiladi. Dastlabki baytda “g‘amza joduli” yorning zulfi, qoshi vasf etilgan va uning bezovchisi “zoli falak” – taqdirning o‘zi ekani, quyosh esa ul oy yuzli uchun ko‘zgu ekanligi aytilib, keyingi baytlarda bu go‘zallik ta’rifi chuqurlashtirib boriladi va maqta’da Navoiy yor uni bir qarash bilan qatl etmoqchi bo‘lgani, lekin nazar solmagani va shu holatning o‘zi oshiq uchun qatl bilan barobar ekanligini aytadi. Mustazodda majozan tariqat yo‘liga kirgan solikning his-hayajonlari va tuyg‘ulari bayon qilingan deb ham aytish mumkin. Mustazod quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Ne vo‘smavu ne kesmadur ul zulfi sumansoy,
ne g‘amzai jodu,
Mashshota sanga zoli falakdur magar, ey oy,
xurshid anga ko‘zgu.
So‘nggi devondan o‘rin olgan mustazod irfoniy yo‘nalishda bo‘lib, kulliyotga yakun yasaydi. Unda keltirilgan xulosaga ko‘ra, ishq yo‘liga kirgan oshiq uchun eng maqbul joy Iloh muhabbati, irfoniy suhbatlardan dil orom topadigan komil inson huzuri. Faqat shu joy unga taskin beradi, o‘z panohiga oladi, shu sababli mustazodning lirik qahramoni “dayri fano” (pir maskani)ni ko‘zlab, yo‘lga tushadi:
Bordim bu sahar dayri fano sori urub gom,
maxmuri shabona,
Tortar edi har lahza sabuh ahli ichib jom,
noqusi mug‘ona.
Kulliyotdagi uchinchi janr muxammas bo‘lib, “Xazoyin ul-maoniy”da muxammaslarning soni 10 ta. Muxammas arabcha “beshlik” ma’nosini bildirib, har bandi 5 misradan iborat she’r hisoblanadi va a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, s-s-s-s-a tarzida qofiyalanadi. Muxammas musammat (bandli she’r)ning bir turi bo‘lib, yaratilish xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) tab’i xud (mustaqil);
2) taxmis (g‘azalni beshlantirish asosida yaratilgan).
Tab’i xud muxammasda shoir o‘zga shoir she’rini asos qilib olmasdan, o‘zi mustaqil ravishda beshlik yaratadi. Taxmisda esa muallif o‘zga shoir yoki ba’zida (juda kam hollarda) o‘z g‘azalini asos – zamin qilib olib, shu mavzuni davom ettirgani holda, vazn, qofiya va radifni saqlab qolib beshlik yaratadi. Bunda asos qilib olingan g‘azaldagi har baytning yuqori qismiga uch misra qo‘shiladi. Masalan, Navoiyning Lutfiy g‘azaliga bog‘lagan taxmisining birinchi bandini ko‘rib o‘tsak (bunda yuqoridagi dastlabki uch misra Navoiy qalamiga, qoraytirilgan misralar esa Lutfiy qalamiga mansub):
SHarbati yuhyil izom erni mayi nobindadur,
Surai “vashshams” tafsiri yuzi bobindadur,
SHarhi mozog‘ulbasar nargislari xobindadur,

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish