Ritmik variatsiyalar
|
Ruknlari va taqti’i
|
1.
|
Xafifi musaddasi solimi maxbuni mahzuf
|
Foilotun mafoilun failun
– V – – V – V – V V –
|
2.
|
Xafifi musaddasi solimi maxbuni
maqsur
|
Foilotun mafoilun failon
– V – – V – V – V V ~
|
3.
|
Xafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’
|
Foilotun mafoilun fa’lun
– V – – V – V – – –
|
4.
|
Xafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’i musabbag‘
|
Foilotun mafoilun fa’lon
– V – – V – V – – ~
|
5.
|
Xafifi musaddasi maxbuni mahzuf
|
Failotun mafoilun failun
V V – – V – V – V V –
|
6.
|
Xafifi musaddasi maxbuni maqsur
|
Failotun mafoilun failon
V V – – V – V – V V ~
|
7.
|
Xafifi musaddasi maxbuni maqtu’
|
Failotun mafoilun fa’lun
V V – – V – V – – –
|
8.
|
Xafifi musaddasi maxbuni maqtu’i musabbag‘
|
Failotun mafoilun fa’lon
V V – – V – V – – ~
|
Mazkur ritmik variatsiyalarning doston tarkibida o‘zaro almashinib qo‘llanilishi tasodifiy bo‘lmay, dostondagi voqealar, qahramonlarning ruhiy holati, bir hikoyatdan boshqasiga o‘tish paytlari, syujet chiziqlarining o‘zgarishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Masalan, SHanba kuni Bahromning qora libosda hijron o‘tidan qora bo‘lgan kunda 1-musofirning hikoyatini tinglash arafasidagi holati aks etgan quyidagi parchaga diqqat qaratsak:
Subhi shanbaki, shomi dayjuriy, (3)
YUziga hulla yopti kofuriy. (3)
Qasri mushkinga qo‘ydi yuz Bahrom, (4)
Ichgali mushkbo‘ g‘azol ila jom. (2)
Lu’bati hindzodu chiniyvash, (3)
La’li jonbaxshu sunbuli dilkash. (3)
Hullasin oydek aylabon shabgun, (3)
Durlar ul hulla uzra kavkabgun. (3)
Taxtu raxtini aylabon mushkin, (3)
Mushk uza er tutub g‘azolai CHin. (1)
SHah dag‘i hulla mushkfom aylab, (3)
Kirdi mahvash sari xirom aylab. (3)
Agar e’tibor qaratilsa, keltirilgan 5 bayt (10 misra)dan 8 misra yuqoridagi jadvalda aks etgan 3 va 4-ritmik variatsiyalarda yaratilganligini ko‘rish mumkin. Ushbu variatsiyalarning taqti’ida cho‘ziq bo‘g‘inlarning etakchilik qilishini (qisqa bo‘g‘inlar soni 3 ta) ko‘ramiz. Aslida boshqa bahrlarga nisbatan engil ohangga ega bo‘lgan xafif bahrining ushbu ritmik variatsiyalari cho‘ziq bo‘g‘inlar sonining etakchilik qilishi hisobiga vazminroq ohang kasb etyapti va bu jihat Bahromning “hijron o‘tining dudi qaro qilg‘on kun”dagi holatiga mos kelyapti.
Endi Bahromning hikoyatlar oxirida – Diloromning xabarini eshitgan paytdagi holati ifodalangan parchani ko‘rib chiqsak:
CHunki ul kecha shohi shohnishon, (2)
G‘oyibidin bu nav’ topti nishon. (2)
To sahar beqaroru bedil edi, (1)
O‘ylakim saydi nimbismil edi. (1)
SHavq o‘tig‘a kuyub nechukki xase, (1)
Betahammulluq aylar erdi base. (1)
Topsa erdi buzuq mizoji qaror, (2)
Buyurur erdi qissag‘a takror. (8)
Ishi chun qilg‘anini bilmak anga, (1)
Goh o‘lmak, gahi tirilmak anga, (1)
Mazkur parchada jadvaldagi 1- va 2-ritmik variatsiyalarning etakchilik qilishini kuzatishimiz mumkin. Endi birinchi parchadagidan farqli ravishda taqti’da qisqa bo‘g‘inlar soni ortyapti, bu o‘zgarish esa ohangga o‘ynoqilik hamda engillik baxsh etyapti va bu hol “o‘luk tanig‘a ruh kirgon” Bahromning ruhiy holati bilan mutanosiblik kasb etyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |