Muxandislik tizimlari fakulteti “IShlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi muxandislik dasturlari fani


- Ma’ruza Muhandislik dasturlarining siniflanishi, ishlatilish sohalari



Download 10,77 Mb.
bet24/92
Sana17.08.2022
Hajmi10,77 Mb.
#847178
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
LOTUN eski

3- Ma’ruza
Muhandislik dasturlarining siniflanishi, ishlatilish sohalari.
Ma’ruza rejasi:
1. Zamonaviy EHMlarning dasturiy ta'minoti.
2. Amaliy dasturlar paketi.
3. Avtomatlashtirishda qo'llaniladigan paketlarning sinflanishi.
1. Zamonaviy EHMlarning dasturiy ta'minoti.
Ma'lumki, zamonaviy EHMlari boshqa hisoblash qurilmalaridan farq qilib, kiritilgan ma'lumotlar ustida turli xil amallarni bajarish mumkin. Buning uchun shu texnologiyalarning asosi bo'lmish kompyuter tushunadigan tilgda kerakli ko'rsatmalar(dasturlar) tuzib, uning xotirasiga kiritish kerak. Bunday dasturlarning majmui EHMlarning dasturiy ta'minotini tashkil qiladi va ularning imkoniyatlarini aks ettiruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Dasturiy ta’minot(DT)ni vazifasiga ko‘ra, tizimli(System), instrumental (Tools) va amaliy(Application Software) dasturiy ta’minotga ajratiladi. Tarqatish va foydalanish usuliga ko‘ra, tijorat(Commercial Software, Shareware), erkin (Freeware, Free Software) va ochiq(Open Source Software) dasturiy ta’minotlarga ajratiladi.4
Ko‘pgina davlatlarning zamonaviy qonunchiligiga ko‘ra, dasturiy mahsulot va uning manba kodi avtorlik huquqi bilan himoya qilinadi. Mualliflar o‘z dasturlarini erkin foydalanish, o‘zgartirish va tarqatish huquqini foydalanuvchiga berishi mumkin. Bu yaratilgan dastur kodini erkin litsenziya sharti bilan chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Erkin dasturiy ta’minotlarni ofisdagi, uydagi, ta’lim muassasalaridagi, davlat korxonalaridagi kompyuterlarga o‘rnatib, cheklanmagan holda foydalanish mumkin. Ochiq dasturiy ta’minot – bu ochiq manbali dastur. Ochiq manbali dastur kodini ochib, hech qanday to‘siqsiz, unga o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Ochiq litsenziyali dasturiy ta’minot albatta bepul bo‘lishi shart emas.
Tizimli dasturiy ta'minot(TDT) – foydalanuvchi bilan EHM o'rtasidagi muloqotni o'rnatishga, kompyuterning samarali ishlashini ta'minlashga, kompyuterning asosiy va qo'shimcha qurilmalari faoliyatini nazorat qilish hamda boshqarishga xizmat qiluvchi tizimli dasturlar(TD)dir.
Tizimli dasturlarga operatsion sistemalar va qobiqlar, bazaviy qurilgan dasturlar (BIOS va hk.), fayl-menenjerlar, drayverlar va servis dasturlar(utilitlar: arxivlash va formatlash vositalari, antiviruslar, xotirani boshqaruvchi, diagnostika va optimallash vositalari) kiradi.
Instrumental dasturlarga yuqori tartibdagi dasturlash tillari yordamoda foydalanuvchi tomonidan tuzilgan amaliy dasturlarni kompyuter tushuna oladigan quyi tartibli mashina kodlariga tarjima qilib, ularni ishchi dasturlarga aylantiruvchi dasturiy vosita(translyatorlar: translyator-assembler, translyator-interpretator, translyator-kompilyator)lar kiradi.
Amaliy dasturiy ta'minot(ADT)ga foydalanuvchilar uchun yozilgan yoki foydalanuvchilar tomonidan kompyuterda aniq masalani yechish uchun yozilgan amaliy dastur(AD)lar kiradi.
ADlarni quyidagi sinflarga bo'lish mumkin:

  • universal(umumiy maqsadli) dasturlar;

  • maxsuslashtirilgan(muammoga yo'naltirilgan yoki mutaxassislikka ixtisoslashgan) dasturlar.

Universal(umumiy maqsadli) dasturlarga quyidagi amaliy dasturlarni misol keltirish mumkin:

  • matn muharrirlari;

  • elektron jadvallar protsessorlari;

  • taqdimot dasturlari;

  • ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari(MBBT);

  • grafik muharrirlar;

  • multimedia, audio, video va animatsiya dasturlari;

  • axborot qidiruv sistemalari;

  • elektron hujjat almashish dasturlari;

  • dasturlash tillari ;

  • sun'iy intellekt va expert tizimlari;

  • kompyuter o‘yinlari;

  • web-sahifalar yaratish dasturlari;

  • lokal va global tarmoqda ishlash dasturlari va hk.

Maxsuslashtirilgan(muammoga yo'naltirilgan yoki mutaxassislikka ixtisoslashgan) dasturlarga amaliy dasturlarni misol keltirish mumkin:

  • ilmiy dasturlar(matematika, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot va boshqa soha masalalarini yechishga mo'ljallangan dasturiy vositalar: masalan kompyuter algebrasi tizimlari va hk.)

  • loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlari;

  • nashriyot tizimlari va tarjimon dasturlari;

  • iqtisodiy boshqarish va bank axborot tizimlari;

  • murakkab tizimlar va jarayonlarini boshqarishga mo'ljallangan dasturlar va hk.


Download 10,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish