Korxonalarning moliyaviy faoliyati kompleks jarayon bo‘lib, u ko‘rsatkichlar tizimi yordamida ifodalanadi. Korxonalarning moliyaviy faoliyati tahlili korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish darajasi hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, korxonalarni moliyaviy faoliyatini tahlil qilishning birinchi bosqichi moliyaviy holatni umumiy baholash hisoblanadi. Bu bosqichda korxonalar faoliyatini hajmi, umumiy samaradorligi, korxonalarning o‘zoq muddatli va aylanma aktivlari, korxonalarning majburiyatlari tahlil etiladi. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
Korxonalar faoliyatining umumiy mutlaq ko‘rsatkichlari.
Korxonalar faoliyatining umumiy nisbiy ko‘rsatkichlari.
3. Korxonalar mablag‘larining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.
4. Korxonalar majburiyatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.
5. Korxonalar zaxiralari va xarajatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.
Tahlil qilinayotgan korxonalar har xil bo‘lishi mumkin jumladan:
- xajmi bo‘yicha — mayda, o‘rta va yirik korxonalar, bu holat moliyaviy tahlilning yo‘nalishlari va chuqurligiga ta’sir ko‘rsatadi;
- har xil texnologiyaga ega bo‘lib, turli tarmoqlarga tegishli bo‘ladi. Bu holat korxonalarni asosiy va aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanishiga tasir ko‘rsatadi;
- korxonalar o‘zining mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini o‘zi va majburiyatlar hisobidan har xil darajada qoplashi mumkin.
Ular hammasi korxonalarning umumiy, iqtisodiy, moliyaviy faoliyatiga, albatta, ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli moliyaviy holatni tahlil qilishda umumiy baholash o‘tkaziladi.
Har bir tahlilchi, auditor korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishdan oldin uning umumiy faoliyatini ko‘rib chiqadi. Buning uchun umumiy mutlaq ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
2-jadval.
Korxona faoliyatining umumiy mutlaq ko‘rsatkichlari (mingso‘m)
№
|
|
Joriy davr
|
O‘tgan davr
|
Dinamika
|
|
|
|
|
(foiz)
|
1.
|
Korxonaning mol-mulki qiymati
|
27868
|
30550
|
109,6
|
|
Shu jumladan;
|
|
|
|
|
Asosiy fondlar
|
15833
|
17687
|
111,7
|
|
Aylanma fondlar
|
12035
|
12863
|
106,9
|
2.
|
Ishlab chiqarish fondlar
|
3819
|
4034
|
105,6
|
3.
|
Yalpi mahsulot
|
678968
|
611071
|
90,0
|
4.
|
Sotilgan mahsulot
|
428441
|
400431
|
93,5
|
5.
|
Soliq to‘lanmasdan oldingi foyda
|
10953
|
10405
|
95,0
|
3
Jadval ma’lumotlarini tahlili quyidagi xulosalarga olib keladi:
- tahlil qilinayotgan korxona respublika korxonalarining yirik jamoalaridan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega;
- bozor munosabatlarining og‘irligiga qaramasdan korxonaning moddiy resurslari o‘sib bormoqda;
- lekin korxonada ishlab chiqarilgan, sotilgan mahsulotning hajmi kamaydi, olinadigan foyda qisqardi, Demak, korxonada umuman moliyaviy holat og‘irlashdi;
- tahlil qilinayotgan korxona yirik korxonalardan ekan, uning moliyaviy holati boshqa korxonalarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va shu sababli bu
korxonaning moliyaviy holati har tomonlama tahlil etilishi lozim.
Moliyaviy tahlilda umumiy nisbiy ko‘rsatkichlar korxonalar faoliyatining moliyaviy holatini umuman ifodalashga yordam beradi. Umumiy nisbiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
1. Korxonalar mol-mulki qiymatining har bir so‘miga nisbatan ishlab chiqarish yalpi mahsulot va yalpi foyda, ya’ni soliqlar to‘lanmasdan oldingi foyda.
2. Korxonalar ishlab chiqarish fondlarining, ya’ni asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarining har bir so‘miga nisbatan ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot va yalpi foyda.
Korxona mol-mulkining asosiy qismini ishlab chiqarish fondlari tashkil etadi va ulardan foydalanish darajasi korxonalarning moliyaviy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar korxonalar mol-mulki, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini ifodalaydi.
3-jadval
Korxonalar faoliyatining umumiy nisbiy ko‘rsatkichlari
(ming so‘m)
№
|
|
Joriy davr
|
O‘tgan davr
|
Dinamika
(faiz)
|
1.
|
Korxona mol-mulkining o‘rtacha qiymati
|
27868
|
30550
|
109,6
|
2.
|
Ishlab chiqarish fondlarning o‘rtacha qiymati
|
25867
|
28041
|
108,4
|
3.
|
Yalpi mahsulot
|
678968
|
611071
|
90,0
|
4.
|
Yalpi foyda
|
10953
|
10405
|
95,0
|
5.
|
Mol-mulk qiymatining har bir so‘miga:
|
|
|
|
|
- ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot;
|
24,3
|
20,0
|
82,3
|
|
- olingan yalpi foyda.
|
39,0
|
34,0
|
87,2
|
6.
|
Ishlab chiqarish fondlarining har bir so‘miga:
|
|
|
|
|
- ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot;
|
26,2
|
21,8
|
83,2
|
|
- olingan yalpi foyda.
|
42,0
|
37,0
|
88,1
|
4
Joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan korxona faoliyatining umumiy samaradorligi pasaygan. Korxona mol-mulkining har bir so‘miga nisbatan ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 17,7 foizga, olingan yalpi foyda 12,8 foizga kamaygan. Shu davrda korxona ishlab chiqarish fondlarining har bir so‘miga nisbatan ishlab chiqarilgan: yalpi mahsulot 16,8 foizga, olingan yalpi foyda 11,9 foizga kamaygan, demak, korxonada mol-mulkdan, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi pasaygan, lekin ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi pasayishi mol-mulkka nisbatan kamroq.
Korxonalar moliyaviy holatini umumiy baholashda ularning mablag‘lari dinamikasini va tarkibi o‘zgarishini tahlil etish katta ahamiyatga ega, chunki, mablag‘larning dinamik va tarkibiy o‘zgarishi moliyaviy holatni aniqlovchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shu ko‘rinishda korxona mablag‘lari manbalarining dinamik va tarkibiy o‘zgarishlar ko‘rsatkichlari, moddiy aylanish mablag‘larning dinamik va tarkibiy hamda tahlil natijalariga binoan tegishli xulosalar qilinadi va tavsiyalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |