Muxammadjonova Zebinisoning Maktabgacha tarbiya yoshida bilish faolligini oshirishda xayolning o’rni mavzusidagi kursi sh I



Download 42,45 Kb.
bet3/5
Sana16.01.2023
Hajmi42,45 Kb.
#899900
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi Zebi

Tadqiqod maqsadi: Maktabgacha tarbiya yoshida bilish faolligini oshirishda xayolning o’rnini o’rganish
Tadqiqod predmeti: xayolning o’rnini
Tadqiqod obyekti: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
Tadqiqodning ilmiy farazi: Maktabgacha tarbiya yoshida bilish faolligini oshirishda xayolning yangi obrazni yaratishidagi roli.
Tadqiqod vazifalari:
-ushbu mavzu bo'yicha psixologik, uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish;
-kerakli adabiyotlarni o'rganish orqali o'z bilim darajangizni oshirish;

-bilish faolligini oshirishda xayolni rivojlantirish jarayonini o'rganish;


-bilish jarayonida bolalarning ijodiy tasavvurlarini rivojlantirishning mumkin bo'lgan usullarini aniqlash;
-xayoliy tasavvurni aniqlash uchun metodlar o’tkazish;
-bolalarning xayoliy tasavvurlarini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Maktabgacha tarbiya yoshida bilish faolligini oshirishda xayolning xususiyatlari bo’yicha yakuniy xulosa berish.
Tadqiqot usullari: Bola xayolini baholashda turli xil ijodiy ishlar; rasm chizish, hikoya tuzish , buyumlarni yasash bilan bog’liq jarayonlarda fantaziyaning namoyon bo’lishiga e’tibor beriladi. - kuzatish , praektiv metodikasi , “nutqiy fantaziya”metodikasi

I bob. Mavzuning adabiyotlardagi tahlili.
Maktabgacha tarbiya yoshida bilish faolligini oshirishda xayolning o’rni muammosini pedagogik – psixalogik o’rganilganligi



    1. Xayol mavzusing o’rganligining psixalogik yondashuvlarda yoritilishi

Insonning Er sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – yangilik yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil etadi.
Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira taassurotlari namoyon bo‘ladi.  Tafakkur kabi xayol ham o‘tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan.
SHunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni.Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o‘zida sodir bo‘lishi kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu darajada bog‘langan bo‘ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning individual taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. Xayol obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga oshishi mumkin Odam o‘z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalami tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalami ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qayerda uchratmagan yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi. Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblami o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlami ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining borishi uchun xotira tasavvurlarining bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog’liq. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’Igan vaqtli aloqalaming (assotsiatsiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi. Xayol - obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya’ni ilgari idrok qilinmagan narsalaming obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan borsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’maydi. Masalan, biror narsa yasash biror o‘simlikni o'stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya’ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi. Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emotsional irodaviy holatlari bilan uzviy bog'liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog‘liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi.
Xayol jarayonlarining nerv-fiziologik asoslari. Xayol qilish jarayoni juda ham murakkab aks ettirish jarayoni bo'lishiga qaramay, uning asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni akademik. I.P.Pavlovning oliy nerv-faoliyati haqidagi ta’limoti asosida ma’lum darajada tushuntirib o‘tish mumkin. Xayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po‘stida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan yangicha qo‘shilish jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerak-ki, bosh miya yarim sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ulaming qo‘shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po’stida inson o ‘z shaxsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo’ladi. Bu obrazlaming ko’pi voqelikka mutlaqo to’g’ri kelmaydi va natijada tormozlanib qoladilar. Boshqa birlari esa voqelikka to‘g‘ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadilar. Xayol qilish jarayoni hamisha nutq orqali amalga oshirilishi tufayli nutqning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signallar tizimining faoliyati ham faol qatnashadi. Bundan tashqari xayol qilish jarayonida diqqat, xotira, tafakkur va iroda jarayonlari ham ishtirok qiladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda, xayolning (xususan ijodiy xayolning) nerv fiziologik mexanizmlarni to’la tushuntirib berish uchun yetarli ilmiy ma’lumotlar yo’q. Hozirgi kunda fan va texnikaning juda tez temp bilan rivojlanishi ijodiy xayol jarayonining oldiga katta vazifalar qo’ymoqda. Masalan, kosmik fazoni zabt etish, insonning oyga chiqishi, murakkab aqlli mashinalaming yaratilishi va shu kabilar inson tafakkuri hamda ijodiy xayolning yuksak taraqqiyoti natijasida qo’lga kiritilmoqda. Odamning uyg’oq paytida yuzaga keladigan xayol jarayoni ma’lum darajada tartibot va ixtiyoriy xarakterga ega bo'ladi. Shuning uchun odam o’zining xayol qilish jarayonini oldidagi maqsad va vazifalarga bo'ysindira oladi. Odam o'zining bilimlari, tushunchalariga asoslangan holda xayoliy obrazlaming paydo borishini idora qila oladi. Bosh miya katta yarim sharlarining barcha tomonlari tormozlanib, odam uxlagan paytida ham xayol tush ko‘rish shaklida yuzaga keladi. Odatda odam uxlay boshlagan paytida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog‘liq bo’lgan nerv hujayralari hammadan oldin tormozlanadi. Uyqu bilan bog’liq bo‘Igan tormozlanish jarayoni miyaning hamma joviga baravar ravishda tarqalmaydi. Natijada ayrim joylar tormozlanmasdan qoladi va kutilmagan darajada ajoyib munosabatlarga kirisha boshlaydi. Ana shuning uchun tush ko’rish ikkinchi signallar tizimining nazoratisiz juda betartib, pala-partish ravishda yuzaga keladigan assotsiatsiyalardan iborat bo’ladi. Xayol jarayonlari Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, o'tmish tajribalari bilan belgilanadi. Shuningdek, xayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko'rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida quyida jadval ko'rinishida aks ettirildi.

Download 42,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish