Muxammad Al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universititeti Kosmik tezliklar. Sun’iy yoldoshlar
Tayyorladi: Ozodov Shahzod
Qabul qildi: Atajanova Gulzor
REJA: - Ko’smik tezliklar nima?
- 1- ko’smik tezlik
- 2- ko’smik tezlik
- 3- ko’smik tezlik
- Sun’iy yo’ldoshlar
Ko’smik tezliklar nima ? - Kosmik tezlik - jism Yer sunʼiy yoʻldoshi, sunʼiy sayyora boʻlishi uchun yoki u Quyosh sistemasini butunlay tark etishi uchun unga beriladigan uchta eng kichik tezlik. Birinchi Kosmik tezlik (~ 7,91 km/s) jismning Yer sirtidan nolinchi balandlikda doiraviy orbita boʻylab harakatlanishi uchun kerak boʻladigan energiyani ifodalaydi. Tezlik osha borgan sari jism elliptik orbita boʻylab harakatlana boshlaydi. Jism ikkinchi Kosmik tezlik (-11,2 km/s) da Yerga nisbatan parabolik trayektoriya boʻyicha harakatlanadi. Ikkinchi Kosmik tezlik dan yuqori tezlikda jism giperbolik trayektoriya boʻyicha harakatlanadi va u Yerning tortish kuchini yengib, Quyoshning sunʼiy yoʻldoshiga aylanadi. Jism Yer sirtida uchinchi Kosmik tezlik (-16,7 km/s)ni olib, Quyoshga nisbatan parabola boʻylab harakatlanadi (Yer orbitasi yaqinida bu tezlik 42,1 km/s ga teng) va Quyosh sistemasining tortish kuchi doirasidan chiqib ketadi. Kosmik tezlik kattaliklari Yer atmosferasi qarshiligi, Yer siqilishi va boshqa ni hisobga olmagan holda keltirilgan. Kosmik tezlikni barcha osmon jismlariga nisbatan qoʻllash mumkin. Mas, Oy uchun birinchi Kosmik tezlik-1,7 km/s, ikkinchi Kosmik tezlik~2,4 km/s.
1- ko’smik tezlik. 2- ko’smik tezlik - Ikkinchi kosmik tezlik (parabolik tezlik, qochish tezligi) — osmon jismining gravitatsion tortishishini yengish uchun yetarli eng kichik tezlik.
- Ikkinchi kosmik tezlik osmon jismining radiusi va massasi bilan aniqlanib, har xil jismlar uchun turli bo`ladi. Yer uchun, masalan, ikkinchi kosmi tezlik taxminan 11,2 km/s ga teng.
3- ko’smik tezlik - Jism quyosh sistemasidan chiqib ketishi uchun zarur bo’ladigan eng kichik tezlik 3 ko’smik tezlik deb ataladi.
Bunda jism orbitasi dastlab parboladan giperbolaga o’zgaradi. sun’iy yo’ldoshlar - Yer sunʼiy yoʻddoshlari (YESY) — Yer atrofidagi (geotsentrik) orbitaga ilmiy yoki amaliy (hayotiy) muammolarni hal qilish uchun chiqarilgan kosmik apparatlar (KA). Birinchi sunʼiy yoʻldosh sobiq Ittifoq hududidan 1957 y. 4 okt.da uchirilgan. YESY ga oʻrnatilgan apparatlar yordamida atmosferaning yuqori qatlamlarida uning zichligi, ionosferada radiosignallarning tarqalishi oʻrganildi. 1958 y. 1 fevralda AQSH "Eksplorer-1" sunʼiy yoʻldoshini uchirdi. 1965 y. 26 okt.da Fransiya, 1970 y. 11 fevralda Yaponiya, 1970 y. 24 aprelda XXR, 1980 y. 18 iyulda Hindiston birinchi YESY ni uchirishdi.
Vazifasiga koʻra, YESY ilmiy tadqiqot yoki amaliy xillarga boʻlinadi. I. t. YESY Yerni, boshqa osmon jismlarini, kosmik fazoni tadqiq etish yoki biologik eksperimentlar oʻtkazish uchun xizmat qiladi. Ularga geofizik, geodezik tadqiqot YESY va b. kiradi. Amaliy YESY ga esa aloqa, meteorologik YESY, Yer tabiiy resurslarini oʻrganishga moʻljallangan YESY, navigatsiya YESY, texnik vazifalarni bajarishga moʻljallangan va harbiy maqsadlar uchun uchirilgan YESY kiradi. Ayrim YESY ham ilmiy, ham amaliy masqadlarni koʻzlab uchiriladi.
Orbital kosmik kemalar (KK) va orbital st-yalar (OS) YESY ning alohida turiga kiradi. Milliy kosmik dasturlar boʻyicha uchirilgan YESY turkumi koʻpincha maxsus nomlar bilan ["Kosmos" (Rossiya), "Eksplorer" (AQSH), "Diadem" (Fransiya)] yuritiladi. Koʻpchilik YESY bort apparatlari Quyosh batareyalari (QB) orqali energiya bilan taʼminlanadi. YESY ning issikdik rejimi termorostlash tizimi orqali amalga oshiriladi
- . YESY dan Yerga ilmiy va b. axborotlar radiotelemetriya tizimi yordamida uzatiladi. YESY orbitaga eltuvchi raketalar (ER) yordamida chikariladi. YESY ni orbitaga eltuvchi bu yoʻl ER harakatining faol (aktiv) yoʻli deyilib, bir necha yuz km dan 2—3 ming km gacha boradi. ER dvigatellari faol yoʻl soʻnggida oldindan hisoblangan tezlikka erishgach, uchiriladi va bu nuqta YESYning orbitaga chiqish nuqtasi deyiladi. Bu nuktada ERning oxirgi bosqichi sunʼiy yoʻldoshdan ajraladi va yoʻldosh orbita boʻylab erkin harakatlana boshlaydi. YESY ning harakati Yerdagi maxsus kuzatish st-yalaridan amalga oshiriladi. Bu kuzatishlar YESY ning orbita elementlarini aniqlab, kelgusi kuzatishlar uchun uning efemeridalari hisoblanadi. I. t. yoʻldoshlariga sobiq Ittifoqning "Elektron", "Proton", "Kosmos", AQSH ning "Avangard", "Eksplorer", "OGO", "OSO", "OAO", Angliyaning "Ariyel", Fransiyaning "Diadem" sunʼiy yoʻldoshlari kiradi. Amaliy sunʼiy yoʻldoshlar jumlasiga sobiq Ittifoqning "Ekran", "Kosmos", "Meteor", "Molniya", AQShning "Tiros", "Essa", "Nimbus", "Lendstat", "Sinkom", "Intelsat" va "AEM" sunʼiy yoʻldoshlari kiradi.[1]
Foydalanilgan manbaalar - Google.com Wikipediadan olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |