Barcha yallig’lanish kasalliklarda tozalik va shaxsiy gigiena
muhim ahamiyatga ega. Iflos qo`l bilan ko`zga patogen infek
irishga qulay omil yaratadi. Og`ir travmalardan keyin singan
burun suyaklari ham ko`z yoshi xalta va burunga tushadigan
osistit keltirib chiqaradi. Tug`ma dakriosistitlarda esa
tug`ruqxonalarda bolalarning burun bo`shlig’i tozalanishlari va chaqaloq
tug`ilishi bi lan darrov ko`zga dezinfeksiyalovchi dorilar tomi
bo`lgandagi sosna bargisimon kristallar
kasalliklardagi kristallogrammalaridan namunalar
lanish kasalliklarda tozalik va shaxsiy gigiena
bilan ko`zga patogen infeksiyalar tushishi
y omil yaratadi. Og`ir travmalardan keyin singan
burun suyaklari ham ko`z yoshi xalta va burunga tushadigan kanallarni
osistitlarda esa
hlari va chaqaloq
tug`ilishi bi lan darrov ko`zga dezinfeksiyalovchi dorilar tomizilishi shart.
158
8-BOB.
KONYUNKTIVANING KASALLIKLARI
Etiologik sabablarga ko`ra konyunktiva kasalliklari quyidagicha
klassifikatsiyalanadi
1. Infeksion –( bakterial, virusli, xlamidiyali, zamburug`li,)
2.Allergik (bahor katari, pollinoz, dorivor konyunktivit, konyunktiva
pufakchasi va boshqalar).
3.Destruktiv ( ko`z yosh muammolari sababli, pingvekula, pterigium)
4.O`smalar
Patogenezi - patogen mikrob yoki virus konyunktiva bo`shlig`da toksin
chiqarib , kapillar tomirlar nerv tugmachalarini qitiqlay boshlaydi. Oqibatda
tomirlar kengayib konyunktivada giperemiya chaqiradi. Tomirlarning
devoridan qonning plazmasi to`qima orasiga chiqib ketib, shish paydo bo`ladi.
Organizmning himoya kuchi reaksiyasi natijasida fagositoz jarayoni boshlanib,
ya`ni leykotsitlar migratsiyasi oqibatida kapillyardan tashqariga chiqqan
leykotsitlar nobud bo’ladi va mikroblar bilan qo`shilib yiring hosil qiladi.
Ba`zida juda kuchli – virulentli mikroblar to`qimadagi oqsillarrni koagulyatsiya
qilib plyonkalar hosil qiladi.
Konyunktiva kasalliklari orasida konyunktivit katta ahamiyatga ega.
Yallig’lanish kasalliklari
Konyunktivit - bu konyunktivaning yallig'lanishi. Konyunktivit barcha
kasalliklarning 1/3 qismini tashkil qiladi.
Klinik ko'rinish. Bemorlar ko'zning qichishi va achishishi, lakrimatsiya,
fotofobiya, begona jism sezgisi va konyunktiva bo'shlig'idan yiring va shilliq
ajralma chiqishidan shikoyat qiladilar. Tekshiruvda shish (8.1-rasm) va
konyunktiva shaffofligi buzilganligi, ko'z olmasi konyunktival in'eksiyasi,
shuningdek konyunktival bo'shliqdan oqma mavjudligi aniqlanadi.
Davolash tamoyillari. Odatda, davolanish ambulatoriya sharoitida amalga
oshiriladi. Infeksiya tarqalishining oldini olish uchun shaxsiy gigiena qoidalariga
159
rioya qilish kerak. Ko`zga bog’lam qo’yish taqiqlanadi, chunki bog’lam ostida
keratit rivojlanishi ehtimoli oshadi. Konyunktiva bo'shlig'idan ajralmalarni
mexanik ravishda olib tashlash uchun kuniga 2-3 marta antiseptik eritmalar
bilan yuviladi (masalan, 0,5% levomitsetin eritmasi). Davolashning asosida
etiologik prinsip yotadi: bakterial konyunktivitda kuniga 3-6 marta konyunktiva
bo'shlig'iga antibakterial ko'z tomchilari tomiziladi,allergik turida –
deksametazon va boshqa antiallergik eritmalari .
Bakterial konyunktivitlar
O'tkir nospetsifik konyunktivit
Kasallikni ko'pincha turli xil stafilokokklar yoki streptokokklar
keltirib chiqaradi. U ikkala ko'zning o'tkir yallig’lanishi bilan paydo bo’ladi:
yaqqol konyunktival ineksiya, konyunktiva bo'shlig'idan ko’p miqdordagi shilliq-
yiringli ajralma bo`lib chiqib turadi. Barcha bakterial konyunktivitlarda jarayon
shox pardaga o’tib yuzaki marginal keratit rivojlanishi mumk Davolash: 1. Terini
sovun bilan tozalab yuvish. 2. Ko'z qovoqlarining qirralarini 1% brilliant
yashilning eritmasi yoki, 70 ° etil spirti aralashmasi surtiladi. 3.Keyin
qovoqlarning qirralari ixtiol malhami bilan yog'lanadi
in .Mahalliy davolash: antibakterial tomchilar (20% sulfatsetamid, turli xil aseptik
eritmalar) va malham (1% eritromitsin yoki tetratsiklin).
Surunkali nospetsifik konyunktivit
Kasallik konyunktiva bo'shlig'ida saprofitlarning faollashishi, ko’z yosh
organlari va ko'z qovoqlarining patologiyasi, o'tkir konyunktivitni noto'g'ri
davolash bilan bog'liq. Bemorlar qichishish, achishish va begona jism hissi,
kechqurun kuchayadigan ko'rish charchoqlari, shuningdek ertalab paydo
160
bo’ladigan oz miqdordagi shilliq ajralmalardan shikoyat qiladilar.
rasm. 8.1. Konyunktival shish. O'tkir nospetsifik konyunktivit
Tekshiruvda yengil konyunktival ineksiya va konyunktivaning ozgina shishi
aniqlanadi. Davolash mahalliy va umumiy etiologik omillarni yo'q qilishga
asoslangan.
Pnevmokokkli konyunktivit
Kasallik qo'zg'atuvchisi - pnevmokokk, infeksiya maishiy-kontakt yo'li
orqali yuqadi. Inkubatsion davri 2-3 kun. Kasallik o’tkir boshlanib ikkala ko'z
ham zararlanadi : konyunktival ineksiya va o'tish burmalarining shishishi
rivojlanadi, ko'z qovoqlari va konyunktivasida yupqa oq-kulrang plyonkalar paydo
bo'ladi.. Davolash o'tkir nospetsifik konyunktivitni davolashga o'xshaydi. Bemor
bilan aloqada bo'lgan barcha odamlarga 2-3 kun ichida 20% sulfatsetamid eritmasi
tomiziladi.
Difteriyali konyunktivit
Kasallik qo'zg'atuvchisi Klebs-Leffler difteriya tayoqchasi. Difteriyali
konyunktivit uchun yaqqol rivojlangan shish, giperemiya va ko'z qovoqlarining
siqilishi xarakterli . Ko'z qovoqlarini ochib bo'lmaydi, faqat palpebral yoriqni biroz
ochish mumkin, bunda xiralashgan suyuqlik chiqadi. Ko'z qovoqlari,ko’z olmasi
161
kulrang plyonkalar bilan qoplangan va u zich yopishgan bo’ladi (8.2-rasm). Ularni
olib tashlashga harakat qilinsa, konyunktivadan qon ketishi mumkin. 7-10 kundan
keyin plyonkalar ajrala boshlaydi,konyunktivaning nekrotik joylarini ochib
beradigan yiringlar tusha boshlaydi. Shundan so'ng, jarayon asta-sekin
konyunktivada chandiqlar qolishi bilan tuzala boshlaydi. Sistemali terapiya
difteriyaga qarshi zardob va zamonaviy antibiotiklar bilan davolashni o'z ichiga
oladi (parenteral yoki enteral) .
rasm. 8.2. Difteriyali konyunktivit
Yaqqol rivojlangan intoksikatsiya belgilarini kamaytirish maqsadida
dezintoksikatsion terapiya qo'llaniladi. Mahalliy terapiya konyunktiva bo'shlig'ini
antiseptik eritmalar bilan yuvish va har 2-3 soatda 1 ml levomitsetin eritmasini
(10 000- 20 000 ED 1ml) tomizishni o'z ichiga oladi.
Gonokokkli konyunktivit (gonoblenoreya)
Qo'zg'atuvchisi gonokokkdir. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar gonoblenoreyasi
(onaning tug'ruq yo’llaridan o'tganda infeksiya bilan zararlanish kuzatiladi,
yallig'lanish jarayoni tug'ilgandan 2-3 kun o'tgach rivojlanadi), bolalar (kattalar
tomonidan infeksiyaning kontakt-maishiy yo'l orqali yuqishi ) va kattalar (jinsiy
a'zolar orqali infeksiya yuqtirib olishi) ajratiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda
jarayon ikkala ko'zda kechadi. Kasallikning rivojlanishida 3 davr ajratiladi:
162
1. Infiltratsiya davri 2-4 kun davom etadi. Yaqqol rivojlangan shish
,giperemiya va ko'z qovoqlarining zichlashishi kuzatiladi. Konyunktiva shishgan,
bo’shashgan, osonlikcha qon ketadi; konyunktiva bo'shlig'idan go’sht yuvindisiga
o’xshash qonli suyuqlik ajralib chiqadi.
2. Yiringli davri: ko'z qovoqlarining shishishi kamayadi, ko'z qovoqlariga
teginilganda yumshoq, xamirli konsistensiyaga ega bo'ladi. Konyunktiva
bo'shlig'idan ko'pikli , yiringli ajralma ajraladi (8.3-rasm). Sekin-asta yallig'lanish
jarayoni yo'qoladi.
3. Giperpapillyar infiltratsiya davri konyunktivaning giperemiyasi va
so’rgichli gipertrofiyasi bilan tavsiflanadi.
Konyunktiva bo'shlig'i antiseptik eritmalar bilan yuviladi . Levomitsetin
yoki ftorxinolon eritmasi (0,3% siprofloksatsin eritmasi) konyunktiva bo'shlig'iga
kiritiladi. Kattalar uchun sistemali antibibakterial terapiyasi ( sefalosporinlar yoki
ftorxinolonlar) amalga oshiriladi. Barcha yangi tug’ilgan chaqaloqlarda
gonoblenoreya profilaktikasi o’tkaziladi: 1% sulfatsil nitrat eritmasidan 2 tomchi
konyunktiva bo'shlig'iga har bir ko'zda bir marta yoki 10 minut oralig'ida uch
marta, 20% sulfatsetamid eritmasi tomizilishi shart.
rasm 8.3. Gonokokkli konyunktivit (pyoreya - yiringli davri)
163
O'tkir epidemik konyunktivit
Kasallik qo'zg'atuvchisi Kox-Uiks gemofil tayoqchasi. Zararlanish- kontakt
yo’l orqali , tashuvchisi - chivinlar. Inkubatsiya muddati 1-2 kun. Kasallik
ko'zning pastki qismidagi konyunktivaning kuchli giperemiyasi bilan boshlanadi
va unda petexial qon ketish paydo bo'ladi. Kasallikning birinchi kunida bemorda
yopishqoq shilliq ajralma ajralishi natijasida kipriklar bir biriga yopishib
qolib,ko’zni ochish qiyinlashadi. Keyinchalik oqma yiringli bo’lib, umumiy
intoksikatsiya belgilari qo'shiladi. Davolash mahalliy: turli xil antibakterial
tomchilar (20% sulfatsetamid eritmasi) va malhamlar (1% eritromitsin yoki
tetratsiklin) qo'llaniladi.
Xlamidial konyunktivit
Bu hujayralar ichida joylashgan parazitlar bilan chaqiriladi. Jinsiy aloqa
orqali yuqtirilib, xuddi follikular konyunktivit klinikasi kabi ko`rininishi mumkin.
To`g`ridan- to`g`ri , ko`zdan- ko`zga kam yuqadi. Ayollar 3 marta ko`proq
kasallanadi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda inkubatsiya davri 5-14 kundan keyin
xlamidial konyunktivit rivojlanadi. Qovoqlar shishishi, giperemiya va ko`z
qovoqlarining qisilishi xarakterlidir. Konyunktiva o`tish chegarasida judayam
qizargan, yuqori limb diffuz infiltratlashgan va vaskulyarlashganligi kuzatiladi.
164
Rasm 8.4 Xlamidiyali konyunktivit
Limbdan shox pardaga o`tish chegarasida kichik mikroskopik infiltratlar bo`lib
davolanmasa kichik nozik chandiqlar qoladi. Davolash tetratsiklin malxami +
nistastin+ deksametazon tomchilari bilan 7-10 kun davomida olib boriladi.
Traxoma
Qo’zg’atuvchisi– Chlamydia trachomatis A,B,C - serotiplari.Kasallanish
traxomaning birinchi 3 stadiyasida bo’lgan bemor bilan maishiy-kontaktda bo’lish
orqali yuqadi. Inkubatsion davri -7-14 kun.Kasallik qaytalanish va remissiya
davrlari bilan surunkali kechishi orqali xarakterlanadi.
Traxomaning to'rt bosqichi bor.
1. Progressiv yallig'lanish bosqichi (boshlang'ich). Konyunktivaning yaqqol
rivojlangan to’q olcha rangli giperemiyasi ,so’rg’ichlari gipertrofiyasi va
follikulalarning shakllanishi bilan xarakterlanadi (8.5-rasm). Jarayon yuqori
qovoqqa o'tish joyidan boshlanadi, so'ngra yuqori ko'z qovog’i
konyunktivasigacha boradi. Birinchi bosqichida yuqori limb soxasida
follikulalarning rivojlanishi va yallig'lanish jarayoni shox pardaga o'tishi mumkin.
2. Rivojlangan jarayon bosqichi (faol traxoma). Katta jelatinsimon
follikulalar paydo bo'ladi, yuqori ko'z qovoqlari konyunktivasining infiltratsiyasi
va papillyar giperplaziyasi kuchayadi (8.6-rasm). Bazi follikulalar nekrozga
uchrab,chandiqlar hosil bo’ladi. Ushbu bosqich uchun
165
rasm 8.5. Traxoma (I bosqich
)
rasml 8.6. Traxoma (II bosqich)
166
rasm 8.7. Traxomatoz pannus
rasm 8.8. Traxoma (III bosqich)
167
rasm 8.9. Traxoma (IV bosqich)
traxomatoz pannusning paydo bo'lishi xarakterlidir – shox pardada tomirlarning
ko'payishi bilan yuzaki keratit paydo bo’ladi(8.7-rasm).
3. Chandiqli traxoma. Yallig’lanish belgilari kamayib , ayrim follikulalar
saqlanib qolishi mumkin (8.8-rasm). Bu og’ir asoratlarning rivojlanishiga olib
keladi.
4. Klinik tuzalgan traxoma ( chandiqli traxoma).
Konyunktiva oqimtir rangda, bir nechta chandiqlar bilan qoplangan; yallig'lanish
belgilari yo'q (8.9-rasm).
Mahalliy davolanish uchun kuniga 4-5 marta turli xil antibakterial
malhamlar qo'llaniladi: 1% eritromitsin yoki tetratsiklin. Follikulalar ekspressiyasi
o’tkaziladi. Kasallikning II-III bosqichlarida konyunktiva bo'shlig'I antiseptik
eritmalar bilan yuviladi . Simblefaron rivojlanishining oldini olish uchun
konyunktiva shisha tayoqcha bilan massaj qilinadi. Sistemali terapiya
tetratsiklinlar yoki ftorxinolonlar, shuningdek interferon ham qo’llanadi.
Chandiqli jarayonlar natijasida traxoma asoratlari paydo bo'ladi:
trixiaz,madaroz, ko'z qovog'ining qayrilib qolishi ,simblefaron (ko'z olmasi va
konyunktivasi birlashib qo'shilishi), parenximatoz kseroz (shox pardaning qurishi,
uning xiralashishi bemorning ko'r bo'lishiga olib keladi). Ushbu o'zgarishlarning
barchasi qo'shimcha davolanishni talab qiladi.
Virusli konyunktivit
Gerpetik konyunktivit
168
Kasallik qo'zg'atuvchisi - bu herpes simplex virusi. Kasallik ko'pincha
bolalarda uchraydi, uzoq davom etishi va bir tomonlama lokalizatsiyasi bilan
xarakterlanadi. Gerpetik konyunktivit barcha formalarida ko'z qovoqlari , lab va
burun qanotlarining terisida toshmalar bo’lishi xarakterli.
• Kataral shakli konyunktiva giperemiyasi va shishi, konyunktiva
bo'shlig'idan oz miqdordagi shilliq yoki yiring oqishi bilan namoyon bo'ladi.
• Follikulyar gerpetik konyunktivit follikulalar paydo bo'lishi ,konyunktiva
giperemiyasi va shishi bilan tavsiflanadi.
•Kasallikning vezikulyar- yarali shakli nozik plyonka bilan qoplangan
konyunktiva va ko'z qovoqlarida yaralar yoki eroziya paydo bo'lishi bilan kechadi.
Davolash mahalliy : kuniga 6-8 marta konyunktiva bo'shlig'iga
idoksuridinning 0,1% eritmasi tomiziladi. Kuniga 2-3 marta 3% asiklovir
malhami. Shu bilan birga, har 2 soatda oftalmoferon yoki interferon tomchilari
tomiziladi.
Adenovirusli konyunktivit
Qo'zg'atuvchisi adenovirus 3, 5 va 7 serotiplari bo'lib, infektsiya havo
tomchi yoki kontakt orqali yuqadi. Inkubasiya davri 7-8 kun. Kasallik
nazofaringit va tana haroratining ko’tarilishi bilan boshlanadi. Isitmaning ikkinchi
to'lqinida birinchi ko'zda konyunktivit belgilari paydo bo'ladi, so'ngra 2-3 kundan
keyin (kasallik ilgari faringokonyunktival isitma deb atalgan), regionar limfa
tugunlari kattalashishi kuzatiladi. Kasallik o'rtacha 5-7 kun davom etadi.:
169
rasm 8.10. Adenovirusli konyunktivit
Kasallikning quyidagi shakllari ajratiladi
•
Kataral shakli giperemiya, ko'z qovoqlari o'tuvchi burmalarning
konyunktiva shishi, konyunktiva bo'shlig'idan oz miqdorda shilliq ajralish bilan
tavsiflanadi.• Follikulyar shakli follikulalar paydo bo'lishi bilan birga kechadi, •
Membranali shakli konyunktivada paxta shimgichi bilan osongina chiqariladigan
nozik kulrang-oq plyonkalar hosil bo'lishi bilan davom etadi. Mahalliy davolanish:
oftalmoferon yoki interferonogen preparatlari konyunktiva bo'shlig'iga tomiziladi.
Ikkilamchi infeksiya qo'shilishning oldini olish antiseptik eritmalar tomiziladi
(masalan, 0,05% pikloksidin eritmasi).
Epidemik keratokonyunktivit
Qo’zg’atuvchisi - adenovirus 8 serotipi, kontakt yo’l orqali yuqadi.
Inkubatsion davri 4-8 kun. Kasallik o'tkir boshlanadi, konyunktivit belgilari avval
bir ko'zda, so'ngra ikkinchi ko'zda namoyon bo'ladi. Regionar limfa tugunlarining
kattalashishi va og'rig'i qayd etiladi. Tekshiruvda giperemiya va konyunktival shish
paydo bo'ladi , ko'z qovoqlariga o'tish joylari, konyunktiva bo'shlig'idan oz
miqdordagi shilliq ajralish, shuningdek pastki o'tish burmalarining konyunktiva
ustida mayda shaffof follikulalar ko`rinadi. Shox parda sezgirligi pasayadi va bir
hafta o'tgach, uning ustida bir nechta nuqtali subepitelial infiltratlar paydo
170
bo'ladi. Keratokonyunktivit 2 haftadan 2 oygacha davom etadi. Davolash
adenovirusli konyunktivitnikiga o’xshash.
ALLERGIK VA AUTOIMMUN KONYUNKTIVITLAR
Bahor katari
Kasallikning etiologiyasi hali to'liq aniqlanmagan. Patogenezi sekin
kechuvchi turdagi allergik reaksiyaga asoslangan. Kasallik ultrabinafsha nurlariga
yuqori sezuvchanlik bilan bog'liq . Kasallik erta bolalikda (4-5 yoshda), ko'pincha
o'g'il bolalarda boshlanadi va bahor-yoz davrida qaytalanib , bir necha yil davom
etadi. Jinsiy kamolotga yetilish boshlanishi bilan kasallik belgilari to'liq tugaydi.
• Konyunktival shakli. Yuqori ko'z qovog'i konyunktivasida quyuqlashgan
sut rangida papillyar o'simtalari paydo bo'ladi, bu esa "toshli tosh yo'lakka"
o'xshaydi
rasm.8.11. Bahor katari (konyunktiv shakl)
• Limbal shakli –limb atrofida sarg'ish-kulrang yoki pushti-kulrang notekis yuzali
valik hosil qiluvchi prelimbal to'qima ko'payishi bilan namoyon bo'ladi.
• Aralash shakli tarzal konyunktiva va limbal zonasining bir vaqtda shikastlanishi
bilan tavsiflanadi.
171
Ultrabinafsha nurlari ta'sirini kamaytirish uchun quyoshdan saqlaydigan
ko'zoynaklardan foydalanish tavsiya etiladi. Kuniga 3-4 marta konyunktival
qopchaga deksametazon, kalsiy xlor va boshqa antiallergik tomchilar tomiziladi
,glyukokortikoidli malhamlar kechasi surtiladi.
Dorilar chaqiradigan konyunktivit
Ko'pincha allergik reaksiyalar mahalliy antibakterial dorilar va
anesteziyadan foydalanish bilan yuzaga keladi. Dori-darmon konyunktiviti yuqori
sezuvchanlikning tez yoki sekin kechadigan turi sifatida paydo bo'lishi mumkin.
Dorilar chaqiradigan konyunktivitining quyidagi shakllari ajralib turadi:
O'tkir allergik konyunktivit, papillyar konyunktival gipertrofik konyunktivit,
ko'z qovoqlarining konyunktival giperemiyasi, follikulyar konyunktivit. Barcha
holatlarda allergik reaksiyaga sabab bo'lgan preparatni bekor qilish
kerak.Glyukokortikoidlarni mahalliy qo'llash samarali hisoblanadi, bunga
qo'shimcha ravishda antigistaminlar va vazokonstriktorlar buyuriladi.
Profilaktikasi- O`tkir yuqumli konyunktivitlarning oldini olish uchun
maktablarda, bolalar bog`chalarida va barcha jamoat joylarda barcha sanitar-
epidemik va gigienik talab – qoidalarga rioya qilish zarur. Basseynlarni, suv
havzalarini xlorlash, ginekologik va boshqa barcha tibbiy muassalarda ,
profilaktik antibakterial tomchilar ko`zga tomizilishi shart. Shaxsiy gigienaga
qat`iyan rioya qilib, sochiq, idishlar, qoshiqlar alohida bo`lishi kasallik
tarqalishining oldini oladi. Bemor alohida izolyatsiya qilinib davolanishi shart.
Pingvekula va pterigium.
Pingvekula-bu oq sariq o`sma bo`lib, limbga yaqin ko`z olmasi
ichki tomonidan taxminan 2-3mm kattalikda konyunktiva tagidagi o`sgan beozor
to`qimadir. Issiq va chang muhitli mamlakatlarda ko`p uchraydi. Ko`zni vaqti –
vaqti bilan qizartib qichitib turadi. Davosi 1% li deksametazon va antiseptik va
antibiotik eritmalar bo`lib 1 kunda 3-4 marta tomiziladi
172
rasm- 7.12. pingvekula
Pterigium – bu ko`z konyunktivasi shilliq qatlami quyosh radiyatsiyasi va
changli ta`sirida 99% ko`z ichki tomonidan muskulli o`sib chiquvchi o`simta.
Issiq va chang mintaqali mamlakatlarda uchraydi.
Burun tomondan ko`z shox pardasi va qorachiqqa qarab o`sadigan go`shtli
to`qima. Kattaligi va qorachiqqa qarab o’sishiga qarab 5 - darajaga bo`linadi
1 daraja endi go`sht shox parda bilan limbgacha yetgan.
r
asm 7.13 . A.B.C.D/ – Pterigium 2-5darajalari
173
II- daraja go`shtli o`sma limbdan 1-2 mm shox pardaga o`sib kirgan
III- daraga go`shtli o`sma limbdan 2-4 mm shox pardaga o`sib kirgan
IV - daraja go`shtli o`sma limbdan 4-5 mm shox pardaga o`sib qorachiqqa yetgan
V- daraja go`shtli o`sma limbdan 6-mm dan ortiq o`sib qorachiqdan ham
boshqa tomonga o`tib ketib, ko`rish o`tkirligini butunlay kamaytirib yuborgan.
Pingvekula va pterigiumning patogeneiz kuchli doimiy quyosh nurlari
radiyatsiyasi pingvekula gialinlangan nugmachasin i atrofida ko`plab qon
tomirlar paydo bo`lishiga olib keladi. Bu holat ko`z olmasida doimiy
yallig`lanish jarayonini shakllantiradi. Bu esa ko`z yoshi tarkibida nospesifik sut
kislotasining ko`payishiga olib keladi. Oqibatda ko`z olmasi yuzasida doimiy
qitiqlovchi vositaga aylanib, surunkali yallig`lanish reaksiyasini chaqiradi va
konyunktiva qalinlasha boshlab duplikat paydo bo`ladi, keyinchalik silliq
go`shtsimon yaxshi sifatli o`simtaga aylanadi. Davolash usuli asosan jarrohlikdir.
Lekin yosh bemorlarda jarrohlikdan keyin retsidiv qaytalanishi mumkin.
174
rasm.7.14 Pterigiumni ksenotransplantat bilan jarroxlik olish usuli
Profilaktikasi- Quyoshli o`lkalarda qora ko`z oynak taqsa quyosh
nurlaridan asraydi, changdan saqlansa ko`z olmasi doimiy qitiqlovchi
vositadan holi bo`ladi.
9-BOB.
SHOX PARDA KASALLIKLARI.
Shox parda kasalliklarining klassifikatsiyasi kelib chiqishi va etiologiyasiga
qarab quyidagilarga bo`linadi
A.
Tug`ma – megalokornea – katta shox parda, mikrokornea- kichik shox
parda
Tug`ma keratoglobus va keratokous
B.
Yallig`lanish kasalliklari- Keratitlar-
1.Ekzogen- shox parda erroziyasi- shilinishlar
-travmatik keratitlar , kimyoviy va termik kuyishlar
-. Yuqumli keratitlar- bakteriyali, virusli, zamburug`li,
2. Endogen keratitlar
- Umumiy yuqumli kasalliklar- tuberkulyoz, sifilis,gripp
-gematogen (diffuz, chegaralangan, sklerotik) keratitlar
-allergik ( fliktenalik,pannoz) keratitlar
175
-. Neyroparalitik keratitlar
-avitaminoz keratitlar
3. Akantameb keratitlar- kontakt linzalar asoratidan kelib chiqadigan keratitlar
4. Qovoq va kipriklar kasalliklari ta`siridan keyin kelib chiqadigan ( trixiaz,
qovoqning ichkariga qaytishi ) keratitlar
C. Yuqori darajali miopiya ta`sirida paydo bo`ladigan - keratoglobus va
keratokonuslar.
C. Kasalliklar kechish jarayoniga qaraab
-o`tkir
-surunkali
-qaytalanuvchi- retsidiv- larga bo`linadi
Shox parda ko'z tashqi qobig'ining old qismi bo'lib, u shaffoflik, yaltiroq,
yuqori sezuvchanlik, sferik shakl kabi xususiyatlarga va ma'lum o'lchamlarga ega.
Shox parda kasalliklari barcha ko'z patologiyasining kamida 25% ni tashkil qiladi;
shox parda kasalliklarining oqibatlari ko'rish va ko'rlikning 50% gacha
pasayishiga olib keladi.
Yallig’lanish kasalliklari
Keratit haqida umumiy ma'lumot.
Keratit infeksiyaning shox pardaga ekzogen yo'l bilan kirib borishi (shikastlanish
yoki ko’z yoshi organlari patologiyasi tufayli), shuningdek endogen sabablari
(allergik jarayonlar va boshqa o'choqlardan infeksiyalarning o’tishi va
boshqalar) natijasida yuzaga keladi.
Keratit klassifikatsiyasi etiologik va anatomik.
Ko'pincha keratit bilan korneal sindrom kuzatiladi: fotofobiya-yorug‘likka
qaray olmaslik , lakrimatsiya -ko`z yoshi kelishi , blefarospazm, ko'zda begona
jism sezgisi. Ko'zdagi og'riqli shikoyatlar shox pardaning yarasi bilan namoyon
bo'ladi. Tekshiruvda shox parda shaffofligi, yaltiroqligi va sezgirligi, shuningdek,
ko'z olmasida perikorneal ineksiya aniqlanadi. Shox pardaning markaziy qismi
shaffofligining buzilishi, ko'rishning pasayishiga olib keladi.
Patogenezi- Keratitlar patogenetik shakliga ko`ra
176
-yuqumli, yuqumli- allergik keratitlar
-allergik, yuqumli bo`lmagan-allergik keratitlar
- umumiy sistemali kasalliklarda uchraydigan keratitlar
-travmadan keying keratitlar
Keratitlar patogenezi inson autoimmun tizimiga bog`liq bo`lib,
organizmga tushgan infeksiya antigeniga qarshi sensibilizatsiya reaksiyasiga
uchraydi. Qonda aylanib yurgan antigen shox parda gemotooftalmik
himoyasining buzilishiga olib keladi. Bu jarayon antigen- antitelo ko`z olmasi
to`qimalarida sitoliz, fermentlar o`zaro mutanosibligining buzilishiga olib
keladi.Oqibatda shox parda immun tizimini ishdan chiqib (limfokain,
komplement, gistamin, serotonin, adrenalin, atsetilxolin, prostaglandin) antigenga
qarshi ishlaydigan bioximik mexanizmi buziladi va yallig’ lanish jarayoni
rivojlanadi va shox pardaning barcha qatlamlarida shaffoflik paydo bo`lishi
kuzatiladi.Ekzogen keratitlarda esa shox parda doimiy tashqi muxit bilan aloqada
bo`lganligi uchun, koyunktiva mikroflorasi infeksiyasi ta`sirida yalliglanish
jarayoni kuzatiladi.
Keratitning rivojlanishida to'rt bosqich ajralib turadi: infiltratsiya, shox
parda yarasi , yarani tozalanishi, chandiq.
Keratitni davolash kasalxonada amalga oshiriladi. Bog’lash ta‘qiqlanadi,
chunki u gipoksiyaga va shox pardaning to'yib oziqlanmasligiga olib keladi.
Mahalliy va tizimli etiologik terapiyani o'tkazish lozim. Yallig'lanishni
kamaytirish uchun diklofenak natriyning 0,1%- eritmasi kuniga 3-4 marta
konyunktiva bo'shlig'iga tomiziladi. Ba'zi hollarda yaraning chetlari va tubini krio-
termokoagulyatsiya qilish amalga oshiriladi. Shox pardaning teshilishi yuzaga
kelganda, terapevtik keratoplastika amalga oshiriladi. Yarani tozalash bosqichida
korneal regeneratsiyasini yaxshilaydigan dorilar qo'llaniladi (masalan, 20%
solkoseril gel). Keyinchalik yengil chandiqlar uchun mahalliy glyukokortikoidlar
qo'llaniladi.
i
177
.
73
rasm.9.1. A. Shox parda yiringli yarasi. B. C.Ksenoqoplama.D. Tuzalgan shox parda.
Ko'pincha keratit asoratlar bilan birga keladi. Shox parda qoniqarsiz
oziqlanishi tufayli atrofdagi to'qimalardan tomirlar o'sib chiqadi (9.3-rasm), chuqur
(9.4-rasm) yoki aralash qon tomirlanish . Keratitning og’ir asoratlari shox
pardaning teshilishi va endoftalmitning rivojlanishi bilan yakunlanadi. Shox parda
teshilgandan so'ng, chandiq va sinexiya qoladi (rangdor pardaning shox parda
bilan qo'shilishi). Sinexiya ko'z ichi suyuqligining old kamera burchagiga oqib
chiqishiga to’sqinlik qiladi , bu esa ikkilamchi glaukoma rivojlanishiga olib keladi.
Rangdor parda qisiladi , teshilgan teshikdan old kamera suyiqligi tashqariga oqib
chiqadi.
178
А
В
C.
rasm 9. 2. A. Shox pardaning yiringli teshilishi.B. Ksenoqoplama.C. Sog’lomlashgan shox parda
Keratit natijasida shox parda xiralashadi va bu turli darajaga ega bo'lishi
mumkin:
• Bulut - yupqa yarim shaffof, chegaralangan, kulrang rang, ko'zga ko'rinmas.
Optik zonada joylashganida ko'rish qobiliyatini keskin pasaytiradi.
• Belmo - cheklangan oqlik. Optik zonada joylashganida ko'rishni juda sezilarli
darajada kamaytiradi.
179
rasm 9.3. Shox pardaning yuzaki tomirlanishi. Shox pardaning nuqtali belmosi
rasm 9.4.Shox pardani chuqur vaskulyarizatsiya qilish. Metagerpetikkeratit.
180
rasm 9.5. Shox pardaning aralash tomirlari. Chuqur diffuz tuberkulyozli keratit
.
rasm 9.6. Belmokornea
• Belmo – doimiy och kul rang yoki oq rangli belmo shox pardaning barcha
qismini egallaydi. (9.4-rasm). Ko'rishning sezilarli , yoki to'liq yo'qolishiga olib
keladi.
181
Ekzogen Keratit
Korneal yara( o’rmalovchi yarali keratit)
Kasallikning qo'zg'atuvchisi kokklar va Pseudomonas aeruginosa ( ko’k yashil
tayoqcha) .
Shox pardaning markaziy qismlarida tez tarqaladigan infiltrat paydo bo'ladi.
U o'ziga xos xususiyatlarga ega: infiltratning bir qirrasi buzilgan, ko'tarilgan,
o'roqsimon shaklda, keskin infiltratsiyalangan. Yaraning qarama-qarshi qirrasi
asta-sekin epiteliyalashib tozalanadi va unga qon tomirlari o'sib kiradi.
Kasallikning boshidan allaqachon iridotsiklit boshlanadi (9.5-rasm).
Davolash yuqorida ko'rsatilgan prinsiplarga muvofiq amalga oshiriladi.
Shox pardaning kataral yarasi (marginal keratit)
Yuqumli konyunktivit yoki blefarit bilan shox parda atrofidagi nuqta
infiltratlarining paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Infiltratlar birlashib yaralar
kattalashishi mumkin. Kasallik tez kechish bilan tavsiflanadi. Davolash
konyunktivit yoki blefarit va shox pardaning yarasini yo'q qilishga qaratilgan
bo’lishi kerak.
Endogen keratit
rasm 9.7. Korneal yara
Gerpetik keratit
182
Kasallik herpes simplex yoki herpes zoster viruslari tufayli yuzaga
keladi. Shox pardaning gerpetik shikastlanishi keratitning eng keng tarqalgan
turlari hisoblanadi. Birlamchi (virus bilan birlamchi infeksiya paytida yuzaga
keladi) va birlamchidan keyingi (latent virus infeksiyaga qarshi) gerpetik
keratit mavjud.
Birlamchi keratit terining, konyunktiva va tananing boshqa
joylarini, shilliq qavatini shikastlanishi bilan bog’liq. Shox parda
sezgirligining pasayishi kuzatiladi. Shox pardaning erta qon tomirlanishi
xarakterlidir.
Birlamchidan keyingi-keratit qattiq sovuq qotish, og'ir umumiy
kasalliklar va immunitetning pasayishidan keyin rivojlanadi. Odatda
bitta ko'zda uchraydi. Shilliq qavat va ko'z qovoqlari terisining
jarohati, shox pardadagi qon tomirlar paydo bo`lishi xarakterli emas.
Birinchi hujum odatda shox pardaning yuzaki qismi boshlang’ich davrda
jarohat chuqurlashadi.
Yuzaki shaklida subepitelial nuqtali infiltratlar va pufakchalar bilan
xarakterlanadi va eroziya shaklida ochilib daraxt novdasiga o`xshash ko’rinishda
paydo bo'ladi–daraxtsimon keratit (9.6-rasm).
• Chuqur keratitlar iridotsiklit bilan uchraydi va ikki xil ko'rinishda
bo'lishi mumkin.
Metagerpetik keratit g’adir – budur chuqur yarani chaqiradi.
Disksimon shaklidagi keratit esa shox pardaning chuqur qatlamlarida aniq
konturlari bo'lgan kulrang-oqish infiltratning paydo bo'lishi bilan
namoyon bo’ladi. Etiotropik terapiya antivirusli dorilarni mahalliy va tizimli
qo'llashni o'z ichiga oladi: antimetaboliklar (3% asiklovir malhami), interferon
va interferonogenlar qo`llaniladi.
183
rasm9.6. Gerpetik keratit
Sifilitik (parenximali) keratit
Kasallik tug'ma yoki orttirilgan sifilis tufayli yuzaga keladi. Tug'ma sifilisda
ikkala ko'z ham kasallanadi, orttirilgan sifilisda, odatda, bir ko'zda yallig'lanish
kuzatiladi va yengilroq kechadi. Odatda, keratitning siklik kursi xarakterlidir:
infiltratsiya, qon tomirlanish, so’rilish. Infiltratsiya davri shox pardaning periferik
qismidagi parenximasida nuqtali o'choqlari paydo bo'lishi bilan boshlanadi. Asta-
sekin, infiltratlar butun parenximani egallaydi, chuqur vaskulyarizatsiya paydo
bo'ladi va iridotsiklitga xos belgilar rivojlanadi. Kasallik 2-3 oy ichida taraqqiy
etadi, so'ngra rezobsiya davri boshlanadi, bu 1-2 yil davom etadi.
Davolash venerolog bilan birgalikda belgilangan sxemalarga muvofiq
amalga oshiriladi. Mahalliy davolash infiltratlarni bartaraf etishga va
iridosiklitning ta'sirini kamaytirishga qaratilgan. Ko'rish o'tkirligi past bo'lsa,
keratoplastika orqali davolanadi.
184
Sil kasalligi
Ular tuberkulyoz mikobakteriyasining gematogen metastazlari yoki ularga
allergik reaksiyasi tufayli rivojlanadi.
Metastatik tuberkulyozli keratit sust kechadi va qayta qo’zish davri remissiya
davri bilan almashadi. Bir ko'zda uchraydi. Haqiqiy tuberkulyozli keratit
natijasida doimiy tomirli belmo paydo bo'ladi.
• Diffuz keratit shox pardaning o'rta va chuqur qatlamlariga diffuz
infiltratsiya bilan tavsiflanadi.
• Chuqur chegaralangan keratitda infiltratlar shox pardaning orqa
qatlamlarida dessemet qavatiga yaqin qismida joylashadi.
Sklerozlovchi keratit chuqur sklerit bilan rivojlanadi. Sariq-oq infiltratlar limbdan
asta-sekinlik bilan shox pardaning markaziy qismiga tarqaladi.
Silli-allergik keratit o'tkir boshlanadi, so'ngra retsidivlar bilan uzoq muddatli
davolanadi. Kasallik 3-15 yosh orasida ko'proq uchraydi. Bu shox pardadagi
mayda ko'p sonli (milliar) yoki kattaroq yolg’iz (yakka uchraydi) fliktenaning
toshishi bilan tavsiflanadi. Bu yaqqol ifodalangan perikorneal inyeksiya va yuzaki
vaskulyarizatsiya( tomirlanish) bilan xarakterlanadi.
Sil kasalligi uchun umumiy davolanishni tanlash ftiziatr tomonidan belgilanadi.
Mahalliy davolash ko'zdagi yallig'lanish jarayonini , infiltratlarni bartaraf etishga,
iridotsiklit belgilarini kamaytirishga qaratilgan.
Shox parda shakli va hajmining o`zgarishi
Megalokornea
Shox parda diametrining kattalashishi genetik xususiyatga ega. Nasl turi autosom-
retsessivdir. Kasallik shox pardaning katta diametri (11 mm dan oshiq), chuqur old
kamerasi, rangdor parda gipoplaziyasi, iridodonez, gavharning sublyuksatsiyasi
bilan tavsiflanadi. Ko'pincha epikant va aqliy rivojlanish, mikrosefaliya, kalta
bo'yli, mushaklarning gipotoniyasi bilan birga kelishi kuzatiladi.
Mikrokornea
185
Shox parda diametrining tug'ma kichikligi ko'pincha mikroftalm fonida
uchraydi, ammo ba`zan ko'z olmasining normal kattaligida ham shox parda
diametri kichrayishi mumkin. Tug'ma kichkina shox parda (shox pardaning
diametri 9 mm dan kam) bitta yoki , ikki tomonlama patologiya bo'lib, ko'pincha
astigmatizm va katarakta bilan birga bo`lishi mumkin.
Sharsimon shox parda (keratoglobus)
Sharsimon shox parda - tug'ma sferik protruziya va mezoderma to'qimalari
rivojlanishining buzilishi tufayli shox pardaning yupqalanishi (9.7-rasm). Kasallik
bolalikdan boshlanadi, miopiya va astigmatizm bilan birga keladi. Shox parda
qabariq konveks shaklga ega, ko'pincha uning diametrida o'sish kuzatiladi.
Konussimon shox parda (keratokonus)
Kasallik mezodermal to'qimalarni rivojlanmaganligi bilan bog'liq, autosom-
retsessiv turga mansubdir. Shox parda shaklini ikki tomonlama o’zgartirish
xususiyatiga ega. U 10-18 yoshdan boshlanadi va odatda 5 yil ichida rivojlanadi.
Bemorlar ko'rishning asta-sekin pasayishi, obyektlar shaklining buzilishi,
ko'zoynakning tez-tez o'zgarishi va ularni tanlash qiyinligidan shikoyat qiladilar.
Tekshiruv natijasi shox parda sindirish kuchining o'sishi, tartibsiz astigmatizm va
shox parda shakli o'zgarishi aniqlanadi. Shox pardaning markazi chegaralangan
qismda konussimon chiqib turadi. Biomikroskopiya paytida oldingi kameraning
chuqurlashishi, shox pardaning yupqalashishi va orqa yuzasida ingichka vertikal
chiziqlar paydo bo'lishi (pastki qavatdagi yoriqlar) diqqatga sazovordir. Katta
yoriqlar paydo bo'lganda, keratokonusning asoratlari rivojlanadi - shox pardaning
keskin shishishi, uning xiralashishi va ko'rishning sezilarli darajada pasayishi bilan
o'tkir keratokonus paydo bo`ladi. O'tkir keratokonus natijasida shox pardada
doimiy xiralashish saqlanib qoladi.
Davolash. Shox parda hajmining o'zgarishi maxsus davolanishni talab qilmaydi.
Yaqqol nomoyon bo’lgan keratoglobus va keratokonusda keratoplastika qilinadi.
Keratoglobusda va keratokonusda vaqtincha ko`z oynak yoki kontakt korreksiya
yordamida rivojlanayotgan ametropiyaga barham berish mumkin.
186
rasm 9.7. Keratoglobus
Shox parda kasalliklarni jarrohlik yo'li bilan davolash
Keratektomiya – shox parda markaziy qismidagi yuzaki hiralashgan
soxasini olib tashlash. Jarrohlik yo'li bilan yoki eksimer lazer yordamida
amalga oshiriladi. Operatsiyadan so’ng paydo bo'lgan nuqson
operatsiyadan keyin o’z-o'zidan yo`qoladi. Operatsiyadan keyingi davrda
reparativ dorilar, antibakterial va steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi
dorilar qo'llaniladi.
Keratoplastika (korneal transplantatsiya). Transplantatsiya qilish uchun
insonning donor shox pardasi turli usullar bilan saqlanadi (muzlatish,
quritish, maxsus muhitda saqlash). Keratoplastika yordamida donor shox
pardasiga qo'yiladigan talablar yanada qattiqroq. Ular donor vafot
etganidan keyin 1 kun davomida saqlanib qoladigan shox pardasidan
foydalanishga harakat qilinadi. Operatsiyadan keyingi davrda
transplantatsiyani rad etish xavfini uchun glyukokortikoidlar va ba'zan
sitostatiklar keng qo'llaniladi.
187
Amaliyotning maqsadiga qarab, keratoplastikaning quyidagi turlari
ajratiladi.
- optik keratoplastika- shox pardaning shaffofligini tiklashga qaratilgan.
- Ko'zni himoya qilish uchun shox pardaning o'tkir kasalliklari bo'lgan
bemorlarda (keratit, o'tkir keratokonus, shikastlanishlar bilan) davolovchi
keratoplastika amalga oshiriladi. Bunday paytda ko’pincha trasplantatni
shaffof holatda kamdan –kam bo’lganligi sababli ikkinchi etapda optik
keratoplastikaga o’tiladi.
Meliorativ keratoplastika shox pardani mustahkamlashga va keyingi optik
keratoplastika uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan;
- refraksiyali keratoplastika shox pardaning optik kuchini o'zgartirish orqali
ametropiyani tuzatishga yordam beradi.
Keratoplastikaning ikkita usuli bor - qavatli va total
- qavatli keratoplastika shox pardaning yuzaki qismi xiralashganda amalga
oshiriladi. Foydalanish texnikasi: shox pardaning sirt qismi kesilib, o'xshash shakl,
o'lcham va qalinlikdagi transplantat bilan almashtiriladi;
- total keratoplastika orqali shox parda barcha qavatlarini kesish va
almashtirishdan iborat (9.8-rasm). Kesim kesish maydoniga qarab, qisman
(diametri 2-4 mm bo'lgan maydonni ), subtotal (5 mm dan oshiq) va total
keratoplastikalar (jami shox parda o'rnini) ajralib turadi.
Keratoplastika.
Biologik va funksional natijalarga ajratiladi
Biologik natija transplantatsiya qilingan shox pardaning shaffofligi bilan
belgilanadi.
• Funksional natija - ko'rish funksiyalarini tiklash darajasi. Bu nafaqat
trasnsplantatni shaffofligiga, balki ko'zning to'r pardasi va ko’ruv nervi
funksiyalarini saqlashga ham bog'liq.
Keratoprotezlash- xira shox pardani biologik inert plastik material bilan
almashtirish. Keratoprostezlar kesishgan yoki kesishmagan bo’lishi mumkin (9.9-
188
rasm). Ushbu usul transplantatni bitmasligi, davolanish xavfi yuqori bo'lgan
hollarda (distrofiya, kuyishdan keyingi qon tomirlar o`sgan belmo) qo'llaniladi.
rasm. 9.8. Keratoplastikadan keying holat
Rasm.9.9. Keratoprotezdan keyin shox pardaning biomikroskopik ko'rinishi
Profilaktika- o`rnida ko`z travmalaridan asrash kerak. Bolalarni doimiy
nazoratda saqlash lozim. Yuqumli keratitlar uchun tozalik va sanitariya – gigiena
qoidalari doimiy hayot tarziga aylanishi shart. Adenovirusli keratitlarning oldini
olish uchun bemor kishidan kamida 4 – 6 metr masofada turish tavsiya etiladi.
Akantameb keratitlarda kontakt linza tavsiya etilmaydi, ko`z oynak taqish kerak
bo`ladi.
10-BOB.
SKLERA KASALLIKLARI
Sklera himoya va yordamchi funksiyalarni bajaradi. U tomirlarsiz
zich biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'ladi,
189
Sklera kasalliklari etiologik jihatdan quyidagicha klassigikasiyalanadi
-yallig`lanish kasalliklari ( sinusitlar va streeptokok, stafilakok, revmatizm
infeksiyalari)
- autoimmun kasalliklar ( granulamatoz, tuberkulioz, sifilis, pnevmoniya)
-travmatik
-umumiy kasalliklarda modda almashish buzilganda kelib chiqadigan kasalliklar (
diabet, podagra)
- shox parda yiringli yaralaridan keyin kelib chiqadigan kasalliklar
Anatomik joylashishiga qarab
- Oldingi skleritlar bu 85% uchraydi
- Orqa skleritlar 15 % uchraydi
Yallig’lanish kasalliklari patogenezi
- asosan infeksiyaning tokssinlari koniynktiva va tomir qavat kapilliyarlari
orqali ta`sir qilib, yoki autoimmun reaksiya oqibatida sclera to Patogenezi
`qimasida yallig`lanish shishi chaqiradi. Bu holat chegaralangan yoki total
bo`lishi mumkin. Agarda yallig`lanish prossesi total bo`lsa kasallik nihoyatda
og`ir kechadi va bemor ko` r bo`lish xavfi ko`payadi.
Skleraning yallig'lanish kasalliklari orasida episklerit va sklerit
ajralib turadi, ular kasallikning chuqurligi bilan tavsiflanadi.
Yallig'lanish jarayonlarining sabablari kollagenozlar, keng tarqalgan
yuqumli kasalliklar (gripp, difteriya), yuqumli allergik jarayonlar va mahalliy
infeksiyalar bo'lishi mumkin.
Episklerit
Episklerit - bu skleraning tashqi qatlamlarining yallig'lanishi. Bemorlar
episkleritni konyunktivitdan ajratib turadigan ko'zning qizarishi, ko'zning yengil
og'rig'i, ko`zdan yosh oqishi va yorug'likka qaray olmaslikka shikoyat
qiladilar.Quyidagi turlari farqlanadi: Tugunli ,ko'chib yuruvchi, migratsiyalangan
va rosasea episklerit bilan ajratiladi.
• Tugunli episklerit episkleraning cheklangan shishishi, limb yaqinida
ko`kimtir rang bilan ajralib turadi (10.1-rasm). Ushbu sohani paypaslaganda
190
og'riqli. Jarayon ko'pincha ikkala ko'zda kuzatiladi.Yallig'lanish surunkali bo'lib,
remissiya va qaytalanish davrlariga ega.
rasm10.1. Nuqtali episklerit
• Ko'chib yuruvchi episklerit menstruatsiya paytida yosh ayollarda
uchraydi. Birinchidan, ko'z qovoqlarining angioedemasi paydo bo'ladi,
so'ngra unga skleraning yallig'lanish jarayoni qo`shiladi, bu bir necha
soat yoki kun davom etishi mumkin.
Rosasea-episklerit rosasea (rosacea) fonida rivojlanadi va keratit bilan birlashadi.
Davolash glyukokortikoidlar,antigistaminlar, qon- tomirlarni toraytiruvchi va
mikroblarga qarshi vositalar bilan birgalikda qo'llashdan boshlanadi. Ko'chib
yuruvchi episkleritni davolash uchun tizimli desensibilizatsiya terapiyasi
o'tkaziladi.
Sklerit
Sklerit - sklera chuqur qatlamlarining yallig'lanishi. Old va orqa skleritlarga
ajratiladi.Oldingi sklerit o'tkir boshlanadi. Skleraning oldingi qismida
chegaralangan shish va giperemiyalangan ko'kimtir soya hosil bo'ladi . Palpatsiya
qilish juda og'riqli. Ko'pincha jarayon sklerozli keratit va iridotsiklit bilan birga
191
keladi. Og'ir holatlarda, perikorneal zonaning butun qismi zararlanadi. (
halqasimon sklerit).
• Orqa skleritda bemorlar og'riqdan shikoyat qiladilar
ko'zning harakatlanishi cheklanadi.
Ko'z qovoqlari va konyunktiva shishadi.
Yallig'lanish jarayoni nerv, xorioidea, to'r pardato'qimalarga o'tishi mumkin.
Skleritda ko'rish tez-tez sezilarli darajada yomonlashadi, ba'zida umuman
yo'qoladi. Old sklerit ikkilamchi glaukomaga olib kelishi mumkin.
Davolash steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilarni yoki
glyukokortikoidlarni (kuchli yallig'lanish bilan) mahalliy va tizimli foydalanishga
asoslangan. Ba'zi hollarda mahalliy mikroblarga qarshi vositalar qo'llaniladi
Rasm 10.2. Sklerit
Profilaktika- Sklera yallig`lanish kasalliklari aksariyat hollarda ko`z olmasining
shox pardasi, tomir qavati va boshqa umumiy organizm kasalliklari autoimmun
reaksiyasi oqibatida paydo bo`lgani uchun barcha umumiy kasalliklarni o`z
vaqtida davolashga qaratilgan
192
11-BOB.
TOMIR QAVAT KASALLIKLARI
Uveitlarning klassifikatsiyasi.
Joylashishiga qarab:
• oldingi uveit (iridotsiklit) – rangdor parda va kipiksimon tana yallig`lanishi
• periferik uveit - – rangdor parda, kipriksimon tana, tomir qavat, shishasimon
tana, va to'r parda ishtirok etadi;
• orqa uveit (xorioidit) - xoroid, to'r pardasi va ko`ruv nerviga ta'sir qiladi;
• panuveit - ko'zning barcha tomir qatlamlari yallig'lanadi.
Etilologiyasi bo`yicha
I. Yuqumli va yuqumli allergik uveit:
1) virusli; 2) bakterial 3) parazitar; 4) zamburug’li .
II. Allergik yuqumli boo’lmagan uveit:
1) tashqi va ichki muhit omillariga irsiy allergiya bilan (atopik) bog`liq uveit;
2) dori allergiyalari bilan;
3) oziq-ovqat allergiyalari bilan;
4) turli xil vaksinalar, zardoblardan keyingi uveit;
111. Organizmning umumiy kasalliklari oqibatida kelib chiqadigan (
tuberkulyoz, brusellyoz, sifilis, OITS, revmatizm va h.k.z) uveitlar. Tomirli qavat
uchta
bo'limdan iborat: rangdor parda, kipriksimon tana va xoriodeya.
Qon tomirli qavatda qon oqimining sekinlashishi bir nechta omillarga bog'liq:
arteriyalarning umumiy soni kapillyar tarmoqning umumiy hajmidan kam;
kapillyarlarning venaga o`tish qismida torayish bo’lsa qon oqimi sekinlashadi.
Qon oqimining tezligi pasayishi turli bakterial va toksik moddalarning
sekinlashishi oqibatida osmotik bosim pasayib turli kasalliklar paydo bo`ladi.
Tomirli qavat kasalliklariga yallig'lanish (uveit) va distrofik (uveopatiya)
jarayonlari, o'smalar rivojlanishi anormalliklari kiradi. Ichki va ko’z olmasidan
tashqari kasalliklarida ko`pincha qorachiqning hajmi o`zgaradi.
Uveit
193
Etiologiyasi.
Uveit rivojlanishining ekzogen va endogen omillari
mavjud. 30% hollarda uveitning etiologiyasi noaniq bo'lib qolmoqda.
Uveit etiologiyasida endogen omillar katta rol o'ynaydi. Ular orasida metastatik
infeksiyalar (sifilis, sil kasalligi, toksoplazmoz va boshqalar), tizimli allergik va
autoimmun kasalliklar (revmatizm, revmatoidli artrit, Bexterev kasalligi va
boshqalar), endokrin kasalliklar va boshqalar.
• Uveit rivojlanishida ekzogen omillar (shikastlanishlar, ko'z ichi operatsiyalari,
keratitlar, skleritlar) tomirli qavatning atrof-muhit bilan aloqasi yo'qligi sababli
,uveitni rivojlanishida kamroq ahamiyatga ega.
Faoliyat bo'yicha uveit faol, subaktiv va nofaollarga bo'linadi.
O'tkir va surunkali uveit.
Old uveit (iridotsiklit)
Uveitlar patogenezi – asosan infeksiya va infektsiyasiz antigenlarning qon
orqali yoki jarohatlar va o`tkazilgan operatsiylar tasirida organizmda
sensebilizatsiya chaqirib, gemotooftalmik himoyaning buzilishi oqibatida immun
tizimning normal mexanizmi nomutanosibligiga olib keladi. Natijada tomirlarda
o`tkazuvchanlik buzilib, antigen- antitelo reasiyasi xorioidea tomirlarini
kengaytirib uning atrofida sitoliz va disfermentoz holatini vujudga keltiradi.
Kengaygan xorioid tomirlardan qon yurishi sekinlashadi va patogen
mikroblarning va ular chiqaradigan toksinlarning tomir qavat xavzasida cho`kib
uzoq qolishiga imkoniyat yaratadi..
Bemorlar ko'rishning pasayishi, fotofobiya, lakrimatsiya, ko'zning qizarishi va
ko'zning og'rig'idan shikoyat qiladilar (ya'ni, korneal sindrom rivojlanadi). Og'riq
194
yorug'lik darajasining o'zgarishi bilan kuchayadi
rasm11.1. Shox pardaning orqa qismida cho’kindilarni to’planishi(presipitatlar)
rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |