110
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar
kiradi:
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali xorijiy
valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
• xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan
xorijiy davlatlar, banklar
va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro
huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni
qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat
qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki
bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy
majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining
daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
• qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy
davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va
shartnomalari;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga
oshirilgan davlat zayomlari;
• mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi
shartnomalar;
• o’tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish
va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu
jumladan, xalqaro)
bitimlar va shartnomalar;
• va boshqalar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli
(bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli
(besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq
111
ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining
miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi
mumkin:
• hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal
summasi;
• hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha
asosiy qarzning hajmi;
• mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi;
• va boshqalar.
O’z
navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy
tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari
bo’yicha
majburiyatlar hajmi;
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy
tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat
bo’ladi.
Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati
sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon
boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g’aznachilik
tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Respublikamizda chuqur tarkibiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq
keng ko’lamli islhotlar olib borilishiga qarmasdan, davlat tashqi qarzlarining
YaIMga nisbatan xajmi 13 foizdan ortmaydi. Bu ham amalga oshirilayotgan
oqilona qarz siyosatining natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: