Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


 Iqtisodiy o’sishning R.Solou modeli



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/156
Sana15.07.2021
Hajmi2,84 Mb.
#119883
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156
Bog'liq
makroiqtisodiyot (2)

 
15.2. Iqtisodiy o’sishning R.Solou modeli 
Klassik  iqtisodiy  o’sish  modellarining  keynscha  modellardan  asosiy  farqi 
mehnatning  kapital  bilan  qurollanganlik  koeffitsientini  tabiatidadir.  uzluksiz  yoki 


 
153 
 
nouzluksiz  variantlarda  yozilishi  mumkin.  Kapital  bilan  qurollanganlik 
koeffitsienti  ishlab  chiqarishda  band  bo’lgan  bir  ishlovchiga  to’g’ri  keladigan 
asosiy kapital qiymatini ko’rsatadi. 
Agar  iqtisodiy  o’sishning  keynscha  modellarida  bu  koeffitsient  o’zgarmas 
miqdor  bo’lsa,  klassik  modellarda  u  iqtisodiy  holatga  qarab  o’zgarib  turadi. 
R.Solou  modelida  Kobb-Duglasning  ishlab  chiqarish  funktsiyasida  mehnat  va 
kapital  o’zaro  almashishi  mumkin,  omillar  bo’yicha  elastiklik  koeffitsientlari 
yig’indisi 1 ga teng. 
Birinchi holatdagi Y= f (K , L , W) o’zgaruvchi modellari vaqtning uzluksiz 
funktsiyasi hisoblanadi. 
Ikkinchi holatda bu miqdorlar vaqtning kstma-ketligi sifatida qaraladi. Agarda 
model  real  statistik  ma’lumotlardan  tashkil  topsa  va  amaliy  hisob-kitoblarda 
foydalanilsa, u holda uni nouzluksiz qilish oson, chunki, statistik ma’lumotlar har 
doim  uzluksiz  emas,  balki  ularda  vaqti-vaqti  bilan  uzilishlar  bo’ladi.  Iqtisodiy 
o’sish modellarining umumlashtirilgan holatini quyidagicha yozish, undagi har bir 
aniq  modelni  tuzayotganda  ayrim  qo’shimcha  o’zgaruvchilar,  cheklashlar, 
iqtisodiy sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanish mumkin: 
Y
t
 = G’ ( K
t
, L
t
, t) ; (1) 
Y

= C
t
 + I
t
; (2 ) 
K
t
 = K
t-1
 + I
t
 - W
t
; (3 ) 
I
t
 = a
t
Y
t
; (4 ) 
W
t
 = pK
t
. (5 ) 
Ushbu modellarning mazmuni quyidagilardan iborat: 
(1)  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  formulasi:  bu  erda  t  ga  bog’liq  holda  modelga 
texnik taraqqiyotni tasvirlashni kiritish mumkin; 
(2  )  daromadlarni  iste’mol  va  investitsiyaga  taqsimlashni  ko’rsatuvchi  asosiy 
makroiqtisodiy ayniyat; 
(3)  vaqtinchalik  investitsiya  bo’lmagan  vaziyatda  investitsiya  va  uning  chiqib 
ketishini hisobga olgan xolda kapital hajmi dinamikasini hisoblash formulasi; 


 
154 
 
(4) jamg’arish normasi (a
t
) orqali daromadlar va investitsiyalarni bog’lab turuvchi 
ayniyat; 
(5)  chiqib  ketishning  doimiy  normasi  (K
t
)  sharoitida  kapitalning  chiqib  ketishi 
hajmini hisoblash formulasi. 
Ushbu  tizimdagi  eng  asosiy  formula  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  (1) 
hisoblanadi. 
(1)  -  (5)  modeli birinchi  marta 1956  yili  R.  Solou tomonidan  taklif  qilingan 
edi.  Uning turli ko’rinishlari va usullaridan hozirgi  kunda  ham  keng  foydalanilib 
kelinmoqda.  Solou  modelida  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  (1)  ishlab  chiqarish 
omillarining  eng  so’nggi  natijasini  bildiradi  va  unda  kapitalni  jamg’arishda 
investitsiyalarga  qilingan  qo’shimcha  xarajatlar  kapitaldan  foydalanishdagi 
qo’shimcha  samaralarni  qoplamay  qolgan  vaziyatda  to’xtatiladi.  Solou  modeli 
paydo  bo’lguncha  iqtisodiy  o’sishni  ko’rsatadigan  model  Xarrod  va  Domar 
modellari  (1939,1946)  hisoblangan.  Ularning  modelida  o’sishni  ta’minlaydigan 
asosiy  omil  doimiy  kapital  qaytimi  o’sishi  hisoblangan.  Solou  modeli  Xarrod-
Domar  modeliga  nisbatan  iqtisodiy  o’sishni  izohlashda  qo’shimcha 
ko’rsatkichlarga ega. 
Demak,  Xarrod  va  Domar  modellarida  o’sishini  ta’minlaydigan  asosiy  omil 
investitsiyalar,  ya’ni  kapital  jamg’arish  deb  hisoblanadi.  Bu  modellar  1920-50 
yillardagi  iqtisodiy  o’sishlarni  izohlashga  qo’l  kelgan,  ammo  keyingi  yillardagi 
kuzatishlarga to’g’ri kelmay qolgan. Uning asosiy mohiyati: 
1. Kapital unumdorligining doimiyligini, α = dy/dk; 
2. Doimiy jamg’arish normasi, s = I/Y; 
3. Kapital chiqib ketishi mumkin emasligi, W = O; 
4. Investitsion uzilish ham nolga teng, d
k
 (l) / d
t
 = I (T ) ; 
5. Model texnik taraqqiyotni hisobga olmaydi; 
6.  Ishlab  chiqarish  mehnat  xarajatlariga  bog’liq  emas,  chunki,  mehnat  resurslari 
kamyob hisoblanmaydi. 


 
155 
 
Kapital  unumdorligining  doimiy  xususiyati,  agarda  mehnat  kamyob  resurs 
hisoblanmasa, Leontevning ishlab chiqarish funktsiyasidan iborat bo’ladi. 
Y(t) = min ( (α L (t); dK (t)); 
Daromadlarni qo’shimcha o’sishi dy/yd
t
 vaqt bilan doimiydir va αs ga teng. U 
jamg’arish  normasiga  va  kapital  unumdorligiga  mutanosib,  Xarrod  va  Domar 
modellarida  investitsiya  (I)  va  iste’mol  (S)  ham  shunday  darajada  o’sadi.  Bunda 
iste’mol  bilan  investitsiya  o’rtasidagi  qarama-qarshiliklar  shundan  iboratki, 
jamg’arish normasi (s ) qanchalik yuqori bo’lsa, iste’molning o’sish normasi xam 
shunchalik  yuqori  va  uning  boshlang’ich  darajasi  shunchalik  kam  bo’ladi.  Bu 
qarama-qarshilikni  xal  qilish  uchun  iste’mol  to’g’risida  doimiy  ravishda 
qo’shimcha  ma’lumotlarga  ega  bo’lish  kerak.  Agarda,  ishlab  chiqarishning  talab 
qilinayotgan  o’sish  darajasi  aholi  soni  va  bandlikning  o’sish  darajasidan  yuqori 
bo’lsa,  mehnat  kamyob  omil  hisoblanmaydi.  Bunda  mehnatni  kapital  bilan 
almashtirib  bo’lmasa  va  shuningdek,  texnik  taraqqiyot  ham  bo’lmasa,  ushbu 
modelda  mehnat  limitlovchi  omil  hisoblanishi  mumkin.  Umumiy  o’sish  darajasi 
mehnatga  qilingan  xarajatlarning  o’sish  darajasiga  tsnglashadi,  jon  boshiga 
iste’mol va jamg’arish darajalari esa o’sishdan to’xtaydi. Hozirgi davrda iqtisodiy 
o’sishni  ta’minlashda  texnik  taraqqiyot,  mehnat  va  kapitalning  sifati,  bir-birini 
almashtirishi va birgalikda faoliyat ko’rsatishlar asosiy resurs va omil hisoblanadi. 
Shuning  uchun  ham  ushbu  omillarni  hisobga  olmaydigan  o’sish  nazariyasida, 
ya’ni, o’sishning asosiy manbai kapitalni fizik jamg’arish o’sishni doimiy ravishda 
tartibga solib turuvchi omil hisoblanadi. Jamg’arish normasi esa asta-sekinlik bilan 
ikkinchi  planga  tushib  qoladi.  Iqtisodiy  o’sishni  ta’riflaydigan  boshqa  bir  model 
R.Solou  modeli  hisoblanadi.  Xarrod  va  Domar  modeliga  nisbatan  Solou  modeli 
makroiqtisodiy jarayonlarning ayrim tomonlarini to’liqroq ochib beradi.  
Birinchidan, bu modelda ishlab chiqarish funktsiyasi to’g’ri chiziqdan iborat 
emas va unumdorlikning kamayib borishi kabi xususiyatlarga ega.  
Ikkinchidan, model asosiy kapitalning chiqib ketishini hisobga oladi. 


 
156 
 
Uchinchidan, Solou modeli mehnat resurslari va texnik taraqqiyot dinamikasi 
va ularning iqtisodiy o’sishga ta’sirini hisobga oladi. 
To’rtinchidan, 
bu 
erda 
ko’pgina 
hollarda 
iste’mol 
darajasini 
maksimallashtirish vazifasi qo’yiladi va hal qilinadi. 
Biz  Solou  modelini  to’liq  izohlab  bermoqchi  emasmiz,  balki  uning  asosiy 
yo’nalishilari, xususiyatlari va xulosalarini keltirib o’tmoqchimiz. 
Solou  modelida  doimiy  muvozanat  sharoitida  asosiy  o’zgaruvchilarni 
quyidagi jadvalda keltirilgancha tavsiflash mumkin. 
5-jadval 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish