3-Topshiriq Toshkent shaxar, Shayxontoxur tumani 234 maktabning 2016 yilda xodimlar bilan ish xaqi bo’yicha hisob-kitoblar yuzasidan quyidagi muomalalar sodir bo’lgan:
N
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos
bo’luvchi
xujjat
Summa
1
Xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda
2
Xodimlarga hisoblangan ish haqidan ushlanmalar amalga oshirilganda: a) daromad solig’i
b) 7 % Pensiya jamg’armasiga badal
v)Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya hisobvarag’i badallari
g) Kasaba uyushmasi badali
3
Ish xaqi kassadan tarqatilganda
4
Ish haqi plastik kartochkalarga o’tkazib berilganda
Talab etiladi.
Xodimlar bilan ish xaqi bo’yicha hisob-kitoblar yuzasidan muomalalarni summalarini mustaqil belgilang.
Xodimlar bilan ish xaqi bo’yicha hisob-kitoblar yuzasidan muomalalarga asos bo’luvchi xujjatlarni ko’rsating, xamda hujjatlar blanklarini olib to’ldiring, tegishli memorial orderga o’tkazing.
Xodimlar bilan ish xaqi bo’yicha hisob-kitoblar yuzasidan muomalalarni buxgalteriya provodkalarini ko’rsating.
4-Topshiriq Maktab bosh hisobchisi 201 6 yil 5 avgustdan 24 ish kunidan iborat mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu xodimning oylik ish haqi miqdori shtatlar jadvali bo’yicha 350000 so’mga teng bo’lgan. Bir yil davomidagi mukofot ko’rinishida olingan ish haqisi 2 500 000 so’mga teng bo’lganligi aniqlandi.
Talab etiladi:
Xodimni mehnat ta’tili uchun ish xaqisini aniqlang;
Buxgalteriya xujj atlarida aks ettiring;
Buxgalteriya yozuvida aks ettiring va tegishli memorial orderga tushiring.
5-Topshiriq Maktab bosh hisobchisi 2016 yil iyul oyida 26 ish kunidan 5 ish kuni kasalligi tufayli ishga chiqmagan 21 ish kuni haqiqatda ishlagan. Ish staji 9 yilni tashkil etadi. Shu vaqtda oylik ish haqi tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq 350000 so’mni tashkil etgan. Bir yil davomidagi mukofot ko’rinishida olingan ish haqisi 2 500 000 so’mga teng bo’lganligi aniqlandi.
Talab etiladi:
Xodimni mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toping;
Buxgalteriya xujjatlarida aks ettiring;
Buxgalteriya yozuvida aks ettiring va tegishli memorial orderga tushiring
MAVZU BO’YICHA TESTLAR 1. Vaqtida olinmagan xodimlarni ish xaqi deponentga o’tkazilganda
A) Dt 173 Kt 177
B) Dt 120 Kt 177
C) Dt177 Kt 120
D) Dt 206 Kt 173
2.Hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasiga tashkilotining buxgalteriyasida qanday buxgalteriya yozuvi beriladi
A) Dt206 Kt 175
B)Dt 175 Kt 206
C)Dt 231 Kt 160
D)Dt 231 Kt 161
3.O’zR VM 2004 yil 21 dekabrdagi “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti
to’g’risida” gi qaroriga asosan ish xaqidan shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya
xisob varag’iga ajratma xisoblanganda
A)Dt173 Kt 162
B)Dt160 Kt 162
QDt 180 Kt 190
D)Dt 160 Kt 163
4. Hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi soliq idorasiga o’tkazib berilganida
qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
A) Dt090 Kt175
b) Dt 175 Kt 232
C) Dt 161 Kt 232
D) Dt170 Kt237
5.Kassadan xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi uchun hisoblangan
nafaqa berilganda qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
A) Dt173 Kt120
B) Dt171 Kt 120
QDt 170 Kt120
D)Dt 174 Kt120
6.Ish xaqidan ijro varaqalariga asosan ushlanmalar amalga oshirilganda.
A) Dt173 Kt176
B) Dt173 Kt162
C) Dt173 Kt161
D) Dt173 Kt163
7. Da’vo muddati o’tgan deponentlashtirilgan ish haqi hisobdan chiqarildi
A) Dt177 Kt 230, 240, 250, 260
B) Dt177 Kt 100
C) Dt 090 Kt 177
D) Dt 177 Kt 232,272, 262
8.Vaqtinchalik mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari xisobiga belgilansa.
A)Dt 231 Kt 171
B)Dt171 Kt 261
C)Dt 261 Kt171
D)To’g’ri javob yo’q
9. “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi
to’g’risida nizom” ga asosan bola tug’ilganda beriladigan nafaqalar tayinlanganda.
A) Dt231,241.251.261,271 Kt 171
b) Dt231 Kt171
C) Dt163 Kt171
D)Dt171 Kt163
10.“Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida
nizom” ga asosan vaqtinchalik mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi ijtimoiy ahamiyatga
ega bo’lgan kasalliklar yoki maxsus imtiyozga ega bo’lmagan xodimlarga qanday
miqdorda to’lanadi.
A)Umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lsa 100%
b) 8 yilgacha 80%
C)Umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lsa 80%
D)8 yilgacha 60%