Budjet tashkilotlari budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobiga o‘z moliyaviy xarajatlarini maqsadli yo‘naltirishi lozim. Bu jarayonda albatti meyoriy-huquqiy hujjatlar talablari doirasida ish yuritib, tasdiqlangan smeta ijrosini ta’minlashi lozim. Budjet tashkilotlari kunlik va davriy majburiyatlari doirasida naqd (plastik kartochka) yoki naqd pulsiz shaklda xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishni ko‘rishimiz mumkin. Naqd pul-ko‘rinishdagi xarajatlar uchun to‘lovlar tashkilotni ichida faoliyat ko‘rsatuvchi g‘azna orqali amalga oshiriladi. Budjet tashkilotida tasdiqlangan smeta yoki ko‘zda tutilgan tashkiliy ishlari uchun, shuningdek, mazkur tashkilot ishchi-xodimlarining mehnat sarfi, qobiliyatlari, intilishlari va yutuqlari kabilarni inobatga olib, direktor buyrug‘i hamda buxgalteriya bo‘limidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari (uchunchi bobga qaralsin) amalga oshiriladi: avans; oylik ; pensiya; xizmat safari; mukofot va shu kabilardir. Naqd pulisiz - ko‘rinishda xarajatlar uchun to‘lovlar tashkilotning bankdagi hisobvarag‘idagi mavjud mablag‘lar hisobidan smeta xarajatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z hisobvarag‘idan boshqa tashkilotning hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazib berishi tushuniladi. Albatta, bu jarayon ham tomonlar o‘rtasida tasdiqlangan shartnoma, direktor buyruqlari, farmoyishlari hamda shu kabi buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirilgandan so‘ng xarajatga to‘lovlar amalga oshiriladi. kommunal to‘lovlar; soliq to‘lovlari; shartnoma bo‘yicha to‘lovlar; jarimalar; ma’muriy-boshqaruv xarajatlari shular jumlasidandir. Budjet tashkilotlari xarajatlari: tashkilotlarining xarajatlari g‘az- na xarajatlari va haqiqiy xarajatlarga bo‘linadi. G‘azna xarajatlari- budjet tashkilotining shaxsiy hisobvarag‘i orqali g‘aznachilik organi tomonidan naqd pul va pulsiz hisob-ki- toblar yo‘li bilan to‘langan xarajatlardir. budjet tashkilotning g‘azna- sidan to‘langan mablag‘lar g‘azna xarajatlariga kirmaydi, chunki bu mablag‘lar budjet tashkilotning budjetdan tashqari bo‘lgan hisob- varag‘i orqali olinganida ular g‘azna xarajatlariga qo‘shiladi. Haqiqiy xarajatlar- budjet tashkilotni saqlashga budjet mablag‘- lari hisobidan qilingan xarajatlardir, ya’ni budjet mablag‘lari hisobi- dan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni tashkil qiluvchi mab- lag‘lardir. «G‘azna» hisobvarag‘i 120 «Milliy valutadagi naqd pul mab- lag‘lari» va 121 «Xorijiy valutadagi naqd pul mablag‘lari» analitik hisobvaraqlaridan iborat bo‘lib, mazkur analitik hisobvaraqlarda tashkilot g‘aznasidagi naqd pul mablag‘larining (milliy va xorijiy valutada) mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi. G‘azna muomalalari hisobini yuritish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilotlar g‘aznasiga naqd pul mablag‘larini qabul qilish bosh hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO- son shakldagi kirim g‘azna orderi (2-jadval) bo‘yicha amalga oshiriladi. Tashkilotlar g‘aznasidan naqd pul mablag‘larini berilishi KO- son shakldagi chiqim g‘azna orderi yoki tegishlicha rasmiy- lashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov qaydnomalari, pul berish bo‘yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo‘yicha, ushbu hujjatlarga chiqim g‘azna orderining rekvizitlari bo‘lgan shtamp qo‘yilgan holda amalga oshiriladi. Pul mablag‘larini berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.